13.5-rasm. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda elastik bo`lmagan talabdagi yo`qotishlar
Endi faraz qilaylik davlat tomonidan minimal narx o`rnatildi deylik ( - muvozanat narx), ya`ni davlat narxni muvozanat narxidan yuqori qilib belgilanadi (15.6-rasm).
Rasmdan ko`rish mumkinki ishlab chiqaruvchilar narx oshganda nisbatan ko`proq mahsulotni ishlab chiqarishga harakat qiladi. Iste`molchilar kamroq ( o`rniga miqdorda) mahsulot sotib olishga harakat qiladi.
13.6-rasm. Narx muvozanat narxidan yuqori belgilangandagi ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilarning yo`qotishlari
Agar biz ishlab chiqaruvchilar bozorda qancha mahsulot sotilsa shuncha mahsulot ishlab chiqaradi, deb faraz qilsak, bozorga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori ga teng bo`ladi va bu erda ham ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar ortiqchaligi yo`qotiladi. Bu erda A to`rtburchakning yuzi ishlab chiqaruvchilarning olgan qo`shimcha ortiqchaligini ifodalaydi. Lekin, minimal ( ) narxda mahsulotni hajmi miqdordan ga qisqargani uchun ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining bir qismi yo`qotiladi. Natijada ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining o`zgargan qismi quyidagiga teng:
. (4)
Iste`molchilar minimal ( ) narxda har bir mahsulot uchun muvozanat narxdan yuqori narx to`laydi va natijada ularning iste`mol ortiqchaligiga rasmdagi A to`rtburchak yuziga teng bo`lgan miqdorda kamayadi. Narx oshganligi munosabati bilan ba`zi bir iste`molchilar ushbu bozordan chiqib ketadi va tovarni sotib ololmaydilar va bunga mos bo`lgan ortiqchalikni yo`qotadi. Bu yo`qotish rasmda V uchburchak bilan ifodalangan. Demak, iste`molchilarning ortiqchaligining umumiy o`zgarishi quyidagini tashkil qiladi:
. (5)
Ko`rinib turibdiki, bunday siyosat iste`molchilarning turmush darajasini tushurib yuboradi.
(4)- va (5)- ifodalarni qo`shib umumiy ortiqchalikdagi o`zgarishni aniqlaymiz:
=i/ch.+ist.=A-S+(-A-V)=-S-V (6)
Demak, davlat tomonidan minimal narx o`rnatilganda umumiy to`liq yo`qotish vujudga keladi va u ikkita S va V uchburchaklar yuzalarining yig`indisi bilan ifodalanadi.
Endi biz ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligini ishlab chiqarish miqdordan miqdorga kengaytirilganda qarab chiqamiz. Haqiqatdan ham minimal narx muvozanat narxdan yuqori bo`lganda u ishlab chiqaruvchilarni miqdorga mahsulot ishlab chiqarishga undaydi. Lekin, ular bozorda faqat hajmdagi mahsulotni sotishi mumkin xolos. Ular miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni qoplaydigan daromadni olaolmaydi (15.7-rasm). Rasmda ushbu xarajatlar shtrixlangan D trapetsiya yuzi bilan ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |