Истеъмолчилар билан муносабатларни бошқариш


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1269779
  1   2
Bog'liq
3-ma\'ruza taqtimoti DVSTB 3kSF 6s 22



Ma’ruza: Statistik jarayonlarni 
boshqarish (SJB). Jarayon qobiliyati 
va takrorlanuvchanligi xususiyatlari. 


Reja: 
• 1.
Sifatni boshqarish uchun shart-sharoitlar
 
• 2.
Mahsulot sifatini boshqarish kategoriyasi
 
• 3.
Sifatni boshqarish funksiyalari
 
• 4.
Tizimli sifatni boshqarishning xususiyatlari
 
• 5.Yalpi sifatni boshqarish 


Boshqarish jarayonlari va tizimlari.
• Jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish tizimlarini o‘zgartirish tashkilot, 
firma faoliyatining takomillashuviga olib keladi. Ko‘plab tashkilotlar, 
firmalar, muassasalarda vertikal — funksional tamoyil bo‘yicha tashkiliy 
tuzilmalar yaratilgan bo‘lib, ular bir ixtisoslikdagi mutaxassislarni yagona 
bo‘linmaga jamlaydi. Natijada bir butunlik sifatida samarali faoliyat 
yurituvchi jamoa tashkil topadi. Afsuski, faoliyatning ko‘p turlari ishni 
vertikal emas, balki gorizontal tashkil qilishni talab qiladi. Vertikal tashkiliy 
tuzilmada bo‘linmalar bo'yicha yagona jarayonlaming elementlarini 
taqsimlash yanglishish va parallelizmga olib keladi, bu esa samaradorlik va 
sifatga salbiy ta’sir etadi. Eng yuqori samaraga erishishni ta’minlovchi, 
barcha faoliyat turlarini korxona uchun yakuniy maksimal samaraga 
yo'naltiruvchi strategiya jarayonlarni boshqarishni o‘z ichiga oladi. 


Jarayonni boshqarishning mohiyati.
• O‘tgan davrda asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayonini boshqarishga 
qaratilgan. Lekin samaradorlikka faqat faoliyatning barcha turlarini 
boshqarish hamda bir necha jarayonlardan tashkil topgan tashkilotning 
faoliyati hisobiga erishish mumkin. Barcha xizm atchilar va ishchilar 
faoliyatining boshqarilishi ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish bilan bir 
xilda amalga oshiriladigan jarayonlar sifatida ko'riladi. Xizmatchilarning 
loyihalash-konstruktorlik ishlari, mahsulotni sotish, xodimlar masalasi, m 
a’lumotlar va hujjatlarni qayta ishlash kabi ko'plab faoliyatlari murakkabligi 
va qo'shimcha qiymatiga ko‘ra ishlab chiqarish jarayoniaridan qolishmaydi. 
Jarayon ~ bu boshlang ‘ich m ateriallar (jarayonning kirishi) ustida 
bajariladigan, ularning qiym atini oshiradigan va muayyan natijaga olib 
keladigan (jarayonning chiqishlari) operatsiyalar majmui (faoliyat turlari). 
Boshlang‘ich m a ’lumotning qiymati malakali mehnat va bilimlarni qo llash 
hisobiga ortadi. 


«ta’minotchisi» va «iste’molchisi» o ‘rtasida aloqalarni mustahkamlash va ularning chegarasini 
o‘matish hisoblanadi. Masalan, ishga yollash jarayoni yangi xodimni ishga qabul qilishning 
zaruratini tushunishdan boshlanadi va ishga yangi kelgan xodimning boshlang‘ich tayyorgarlik, 
o ‘qitishdan o'tishi hamda ishga kirishidan so‘ng tugaydi. Jarayonning chegaralari 
aniqlangandan so‘ng jarayonni takom illashtirish bo‘yicha guruhni yig'ishni boshlash mumkin. 
Jarayonlarni 
boshqaruvchi. 
Jarayonlarni 
boshqaruvchining 
majburiyatlariga barcha tashkiliy bo‘linmalar bilan o ‘zaro aloqadorlikda 
butun jarayonning faoliyat yuritishini ta ’minlash, jarayonning 
samaradorligini oshirish kiradi. Tashkilotlardagi jarayonlam ing ko'pchiligi 
boshqaruvchilariga ega b o 'lm ay d i yoki bir n ech ta xodim lar tom 
onidan bajariladi. Bu esa jarayonlaming amalga oshirilayotganini 
anglatadi. Jarayonlarni boshqaruvch in in g asosiy vazifasi jaray o n uchun 
zarur b o ‘lgan resurslarning 


Jarayonni takomillashtirish bo‘yicha guruh. Jarayonni boshqaruvchi jarayonni 
takomillashtirish guruhining tarkibiga bu jarayon bilan bog'langan barcha 
bo‘linmalaming vakillarini kiritishi zarur. Guruhning har bir a’zosi jarayonni 
takomillashtirish harakatlarini aniqlash uchun yuborilgan vakil hisoblanadi va 
mos bo‘linma rahbari tomonidan tayinlanadi. Guruhning asosiy 
majburiyatlari: 
• 1. Jarayonning marshrut chizmasini ishlab chiqish.
• 2. Nazorat uchastkalarini va teskari aloqaning liniyalarini aniqlash.
• 3. Jarayonni attestatsiyalash.
• 4. Jarayonni takomillashtirish rejalarini ishlab chiqish va tatbiq qilish.
• 5. Jarayon natijalarining sifati, jarayonning samaradorligi va undagi 
o‘zgarishlar haqida hisobot tayyorlash.
• 6 . «Olz vaqtida» tamoyili asosida amal qilinadigan tizimni ishlab chiqish va 
tatbiq qilish.


Jarayonning marshrut chi/masini ishlab chiqish. Marshrut chizmasida 
ishning jarayon bilan hamma aloqalari ko'rsatilgan bo‘lishi kerak. Misol 
tariqasida ishga yollash jarayonining besh bosqichini keltirish mumkin:
• 1. Rahbar ishga qabul qilish haqidagi buyruqning xomaki variantini 
tayyorlaydi.
• 2. Kotiba buyruqni chop etadi.
• 3. Rahbar buyruqni tekshiradi va imzolaydi.
• 4. Kotiba yanada yuqori pog'onadagi boshliqqa imzolash uchun buyruqni 
yuboradi.
• 5. Yuqoriroq pog‘onadagi boshliq uni tayyorlashning to ‘g‘riligini 
tekshiradi, ishga qabul qilinayotgan xodimga ish haqini to‘lash uchun 
kerakli mablag'ning borligi haqida rahbarni xabardor qiladi, buyruqni 
imzolaydi. 


Jarayonning boshqa qismlarini ham shu tarzda bosqichlarga ajratish mumkin. Jarayonni 
takomillashtirish bo‘yicha guruhning navbatdagi vazifasi har b ir operatsiyani bajarish uchun zarur 
bo'lgan tartiblarni aniqlash hisoblanadi. Har bir operatsiyani bajaradigan xodimlarni tayyorlash va 
o'qitishga talablarni o‘rnatuvchi hujjatlar aniqlanadi. G uruh a’zolarining o‘tkazadigan jarayonning 
tajribaviy tekshiruvi marshrut chizmasining to‘g‘riligi va aniqligini kafolatlaydi. Guruhning a’zolari har bir 
uchastkada berishi mumkin bo‘lgan savollami keltirish mumkin:
1. Ishning bu turini nazorat qilish uchun qaysi hujjatdan foydalanilyapti?
2. Bu ishni bajarish uchun siz qanday tayyorgarlik va o'qitishdan o‘tdingiz?
3. Tayyorgarlik o ‘rnatilgan talablarga javob berdi deb hisoblaysizmi?
4. Ishning berilgan turi uchun boshlang'ich m a’lumot sizga qayerdan keladi?
5. Siz operatsiyaning to‘g‘ri bajarilayotganini qanday aniqlaysiz?
6. Boshlang‘ich ma’lumotlarda siz qanday xatolarga duch kelasiz?
7. Bu ishni bajarishda sizda muammolar yuzaga keladimi?
8. Ishingizni takomillashtirish bo'yicha o'zingizda takliflar bormi?
9. Ishni bajarishga nima to‘sqinlik qiladi?
Bunday tahlil guruhga ish joylarida aniqlangan muammolar ro'yxatini tuzish, jarayonni takomillashtirish bo'yicha 
takliflar ro'yxatini ishlab chiqish, o'qitish va kadrlar tayyorlash dasturining maqsadga muvofiqligini, jarayonning 
afzalliklari va kamchiliklarini aniqlashga imkon beradi.


Jarayonlarni statistik tartibga solish va tizimli 
yondashuv 
Teskari aloqaning o ‘Ichanish nuqtalari va liniyalarini aniqlash. Jarayonni takomillashtirish bo‘yicha guruh 
xatolaming ehtimolli manbalarini aniqlashi va shundan so‘ng operatsiyalar natijalarini o‘lchash 
nuqtalarini iloji boricha xatolarning manbalariga yaqinroq joylashtirishi kerak. So‘ng guruh teskari 
aloqaning zanjirini qurishi lozim, chunki bu zanjir ijrochilarga faoliyat sohasida yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklarni tuzatish imkonini beradi. Bunday tizim guruhni jihozlarni modernizatsiyalash, xodimlarni 
o‘qitish, xatolar takrorlanishining oldini olishga qaratilgan tartiblarni isloh qilish uchun mablag* kiritish 
haqida axborot bilan ta’minlaydi. Ushbu axborot rahbariyatning qaror qabul qilishiga asos bo'ladi.
Kam sonli o ‘lchash nuqtalari mavjud bo'lgan noishlab chiqarish sohalarida teskari aloqa sezilarsiz yoki 
um um an bo‘lmaydi. Lekin samaraliroq ish yurituvchi tashkilotlarda bunday emas. Masalan, ko‘plab 
havo yo‘llarida telefonlarda aviabiletlarga buyurtma berishga sarflangan vaqt aniqlanadi, ish jadvali 
bo'yicha 5 daqiqalik to'xtab qolish bilan jo‘natilgan va 15 daqiqalik kechikish bilan kelgan reyslar soni 
qayd qilinadi. Avialiniyalaming xodimlari y o ‘lovchilarning talablarini qondirish bilan bog‘liq boshqa 
ko'plab muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanadilar.


• Yo‘l qo‘yilgan xatolar bilan bog‘liq o‘lchashlar bo‘lmaganda miqdoriy 
o'lchashlami iste’molchilarga taqdim etish lozim.
• Bajarilayotgan ishdan yaqinroqqa o‘lchash nuqtasini joylashtirish muhim. 
Operatsiyaning qismi hisoblangan o‘lchash nuqtasi juda soz variant sifatida 
taqdim etiladi. Teskari aloqa vaqtining qisqarishi ikki xil samara beradi. 
Birinchidan, xodimlar xato qilishni to ‘xtatadilar, ikkinchidan, nuqsonli 
mahsulotlarning ishlab chiqarish bosqichlaridan o‘tishi tugaydi.
• Mustaqil tekshirish tizimi istalgan o‘lchashlar tizimlari va teskari aloqaning 
muhim elementi hisoblanadi. U mavjud tartiblarga rioya qilinishini 
kafolatlaydi. Xodimlarning ko‘pchiligi ma’lumotlarni buzib ko‘rsatishni 
xohlamaydilar, lekin rahbariyatga faqat yaxshi xabarlami yetkazishga intilish 
kuchli. Jarayonni takomillashtirish bo'yicha guruh mahsulot yoki 
mehnatning boshqa natijasi uchun tegishii hujjatiarning mavjudligiga 
ishonch hosil qilishi va iste’molchi bilan teskari aloqaning samaradorligini 
aniqlashi kerak. Chunki teskari aloqa iste’molchining talablari va qoniqish 
darajasini bilishga imkon beradi. 


Statistik tartibga solish.
• Ko‘rsatkichlarni aniqlash va o'lchash tizimi tuzilgach, jarayonni 
takomillashtirish bo‘yicha guruh statistik nazorat usullari yordamida butun 
jarayonni tahlil qilishi va tartibga solish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlarni 
aniqlashi kerak. Jarayonning statistik nazorati ko'plab tashkilotlarda xodim 
larning fikrlashini tubdan o'zgartirishni talab qilishi mumkin. Statistik 
nazoratning texnik jihatlari yetarlicha yaxshi ishlab chiqilgan, matematik 
asoslanilgan va kompyuterlar uchun dasturlar bilan ta’minlangan. 
Jarayonning ko‘rsatkichlari va chiqish ma’lumotlarini o‘lchash uchun 
qo'llaniladigan asboblar tobora aniq va tejamkor bo‘lib bormoqda. Bu, o‘z 
navbatida, texnologik jarayonga kiritilgan o ‘lchashlar va ma’lumotlarni 
tahlil qilishning avtomatlashgan vositalarining keng tarqalishiga imkon 
berdi. 


Tartibga solish tizimining shakllanishi.
• Faoliyatning dastlabki bosqichida jarayonni barqarorlashtirish, nazorat qilish, so‘ng uni 
takomillashtirish tadbirlarini o‘tkazish zarur. Bunday jarayon to‘rt bosqichda rivojlanadi: 1) 
jarayon nazorat qilinadigan holatda bo'Imaydi; 2) jarayon barqaror; 3) jarayonni bosqichm a-
bosqich takom illashtirish; 4) jarayonni doim iy takomillashtirish. Birinchi bosqichda jarayonni 
takomillashtirish guruhining vazifasi o ‘rnatilgan chegaralar bo‘yicha jarayonning har bir 
ishdan chiqish holatining sababini aniqlash va nosozliklarni yuzaga keltiradigan elementlarni 
aniqlashdan iborat. Bu elementlarni bilgan va nazorat qilgan holda guruh jarayonni yo‘lga 
qo‘yishni boshlaydi. So‘ng jarayon barqarorlashadi va ikkinchi bosqichga o'tiladi. Ikkinchi 
bosqich uchun jarayonning statistik barqaror xususiyati xos, ammo u hali iste’m olchining 
talablarini qoniqtiradigan natijalami bermaydi. Uchinchi bosqichda jarayon takomilJashtiriladi. 
Jarayon nazorat qilish holatida bo‘lganda uni takomillashtirishning muhim yo'nalishlarini 
diqqat bilan tahlil qilish va aniqlash zarur. Bunday tahlilda taklif qilinyotgan tadbirlami tatbiq 
qilish imkoniyatlari va xarajatlari, kutilayotgan samara hisobga olinishi kerak. Shundan so‘ng 
jarayonni takomillashtirish va baholash takliflarini bosqichma-bosqich tatbiq qilish rejasi 
ishlab chiqiladi.
• Har bir tadbirdan so‘ng jarayonni barqarorlashtirish uchun vaqt beriladi. Har bir tadbirning 
butun jarayonga ta’sirini baholash juda muhim. To‘rtinchi bosqich jarayonni doimiy 
takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. Hatto jarayon natijasining iste’molchi talablariga javob 
berishini mavjud m a’lum otlar tasdiqlaganda ham iste’molchining talablari doimiy oshib 
borayotganini va shunga mos ravishda jarayonni doimiy takomillashtirish zarurligini 
unutmaslik lozim. 



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling