8-bob. Kondensator qurilmalari
172. Ushbu Qoidalar iste’molchilar elektr qurilmalarining induktiv elementlariga parallel ulanadigan, 50 Gts
chastotali, 0,22 dan 10 kV va ungacha kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanishni rostlash va reaktiv quvvat
kompensatsiyasi darajasini oshirish uchun ishlatiladigan kondensator qurilmalariga taalluqlidir.
Qoidalar bo‘ylama kompensatsiyalash kondensator qurilmalariga, maxsus va filtrli qurilmalarga taalluqli
emas.
173. Kondensator qurilmalari, ularning himoyasi va joylashtirilishi EQTQ talablariga mos kelishi shart.
Avtomatik quvvat rostlagichiga ega bo‘lmagan kondensator batareyalarini ishga tushirish apparaturasini,
boshqa agregatlarni ishga tushirish apparaturasi bilan qo‘shib qo‘llashga, ya’ni quvvatni individual (guruhli)
kompensatsiyalashni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
174. Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga
7-ilova
talablariga muvofiq amalga
oshiriladi.
9-bob. Akkumulyator qurilmalari
175. Akkumulyator batareyalarini ko‘rikdan o‘tkazish korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs
tomonidan tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha ko‘riklarni quyidagi davriyligini hisobga olib o‘tkazilishi shart:
navbatchi xodimlar tomonidan 1 sutkada 1-marta;
podstansiya ustasi yoki boshlig‘i tomonidan 1 oyda 2-marta;
doimiy navbatchi xodimlari yo‘q podstansiyalarda ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar tomonidan
uskunalarning ko‘riklari bilan bir vaqtda, shuningdek, maxsus ajratilgan shaxs bilan korxonaning bosh energetiki
tasdiqlagan ish jadvali bo‘yicha;
elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan 1 oyda 1-marta.
176. Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga
8-ilovada
keltirilgan talablariga
mos ravishda amalga oshiriladi.
10-bob. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan TQlar
177. TQlari, ularda o‘rnatilgan asboblar va apparatlar bilan birgalikda amaldagi EQTQ talablariga mos kelishi
shart.
178. Korxonaning TQ xonalari kuchlanish ostidagi uskunalari mavjud boshqa tashkilot xonalariga tutash
bo‘lsa, ulardan izolatsiyalangan bo‘lishi va alohida qulflanadigan chiqishga ega bo‘lishi shart.
179. Ishga tushirish-rostlash apparatlari va himoya apparatlarining tok o‘tkazuvchi qismlari behosdan tegib
ketishdan to‘silgan bo‘lishi shart.
Maxsus xonalarda (elektr mashinalar, panellar, stansiya boshqaruvi xonalarida va boshqalar) apparatlarni
himoya qobiqlarisiz ochiq o‘rnatishga ruxsat beriladi.
180. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlovchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga
9-
ilova
talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |