Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilishda texnik
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE kitobi
Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilishda texnik
talablar 1. Barcha releli himoya, ikkilamchi zanjir, elektr avtomatika, elektr o‘lchash va telemexanika qurilmalari EQTQga muvofiq bo‘lishi shart. 2. Podstansiyalar yoki taqsimlovchi qurilmalarda o‘rnatilgan RHAvaT qurilmalarining ishlashini tahlil qilish va elektr uzatish havo tarmoqlarida shikastlangan joylarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan avariya rejimlarida avtomatik tezlanib yozadigan o‘ziyozar asboblar, avariyaviy yozuvlarning avtomatik ossillograflari, shu jumladan ularni ishga tushuruvchi qurilmalar, qayd qiluvchi asboblar (indikatorlar) va boshqa qurilmalar EQTQ talablariga muvofiq bo‘lishi shart. 3. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan iste’molchining aloqa tarmoqlaridagi, shuningdek, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot dispetcherining tezkor boshqaruvidagi yoki tezkor nazorati ostidagi iste’molchilar podstansiyalari transformatorlarining (avtotransformatorlarining) o‘rnatmalari qiymati energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning tegishli RHA xizmati bilan kelishilgan bo‘lishi shart. O‘rnatma qiymatini tanlashda, zaxirani avtomatik ulash va avtomatik qayta ulash qurilmalarining borligi hisobga olinib, harakatning selektivligi ta’minlanishi shart. Bundan tashqari, selektivlik bo‘yicha o‘rnatma qiymatini aniqlashda sexlardagi agregatlar va mexanizmlarning texnologik avtomatikasi hamda blokirovkasi qurilmalarining ishlashi hisobga olinishi shart. 4. Releli himoya qurilmalarining barcha o‘rnatma qiymatlari korxona va energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning minimal elektr yuklamasi sharoitlarida elektr ta’minotining amaldagi sxemasi uchun tekshirilishi shart. 5. Tezkor tok zanjirlarida himoya apparatlari (saqlagichlar va avtomatik o‘chirgichlar) harakatining selektivligi ta’minlanishi shart. 6. Ekspluatatsiya qilishda releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlarning normal ishlashi uchun sharoitlar (ruxsat etilgan harorat, namlik, titrash, ishchi parametrlarning nominaldan chetga chiqishi va boshqalar) ta’minlanishi shart. 7. Elektr tarmog‘ining ish rejimiga va selektivlik shartlariga, vazifalariga va ishlash prinsiplariga ko‘ra ishdan chiqarilgan bo‘lishi lozim bo‘lgan qurilmalardan tashqari ekspluatatsiya qilinayotgan RHAvaT qurilmalari doimo ulangan ishchi holatida bo‘lishi shart. RHAvaT qurilmalarini rejali ishlashdan chiqarish tegishli buyurtma bilan rasmiylashtirilishi va yuqori turuvchi navbatchi xodimning (mansubligi bo‘yicha) ruxsati bilan amalga oshirilishi shart. Noto‘g‘ri ishlash xavfi tug‘ilgan holda, RHAvaT qurilmalari yuqori turuvchi navbatchi xodimning ruxsatisiz, lekin keyinchalik unga xabar berib, mahalliy yo‘riqnomaga muvofiq va buyurtma rasmiylashtirilib, ishlashdan chiqarilishi kerak. Bunda ishda qolgan releli himoya qurilmalari elektr uskunalarni va elektr uzatish tarmoqlarini barcha turdagi shikastlanishlardan to‘liq himoyalashni ta’minlashi shart. Agar bunday shartga rioya qilinmasa, vaqtincha himoya qilinishi yoki ulanma o‘chirilishi shart. 8. Ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan sozlash ishlari bajarilganda, ularni qabul qilishni RHAvaT qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar amalga oshiradilar. Yangi montaj qilingan qurilmalarni ekspluatatsiya qilishga ruxsat releli himoya, avtomatika va telemexanika jurnaliga yozilib, ushbu korxona (yuqori turuvchi tashkilotlar) vakili va sozlash tashkilotining javobgar ijrochisi imzolari bilan rasmiylashtiriladi. Korxonada RHAvaT qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘lmasa, unda ularni yuqori turgan tashkilot xodimlari qabul qiladilar. 9. RHAvaT va signalizatsiya qurilmalari panellari va shkaflarining old va orqa tomonlarida, shuningdek, boshqaruv panellari va pultlarida dispetcherlik nomlariga mos ravishda ularning vazifalarini ko‘rsatuvchi yozuvlar, ularda o‘rnatilgan apparatlarda esa sxemalarga muvofiq yozuvlar yoki markirovka bo‘lishi shart. 10. Qisqich yig‘malariga (qatorlariga) ulangan simlar sxemalarga mos keluvchi markirovkaga ega bo‘lishi shart. Nazorat kabellarida markirovka ularning oxirlarida, tarmoqlanishida va kabel oqimlarini kesishish joylarida, devor, ship va shunga o‘xshashlar orqali o‘tish joylarida ikki tomonda bo‘lishi shart. Bo‘sh kabel tolalarining uchlari izolatsiyalangan bo‘lishi shart. 11. Yerga nisbatan RHAvaT qurilmalarining elektr bog‘langan ikkilamchi zanjirlarining izolatsiya qarshiligi, shuningdek, elektr bog‘lanmagan turli mo‘ljaldagi zanjirlar o‘rtasidagi (o‘lchash zanjirlari, tezkor tok, signalizatsiya zanjirlari) izolatsiya qarshiligi har bir birikma uchun 1 MOm dan kam bo‘lmasligi, teleboshqaruvning tashqi zanjirlarida va telemexanika qurilmalarining 220 V kuchlanishli ta’minlash zanjirlarida esa 10 MOm dan kam bo‘lmasligi ta’minlanishi shart. RHAvaT qurilmalari zanjirlari, teleboshqaruvning chiqish zanjirlari va 220 V ta’minlash zanjirining izolatsiya qarshiligi 1000 — 2500 V ga mo‘jallangan megaommetr bilan ishchi kuchlanishi 60 V va undan kam bo‘lgan RHA qurilmalari zanjirlari va telemexanika zanjirlari 500 V ga mo‘ljallangan megaommetr bilan o‘lchanadi. Tarkibida yarim o‘tkazgich va mikroelektronika elementlari bor bo‘lgan RHAvaT qurilmalarining ikkilamchi zanjirlari izolatsiyasini tekshirishda, ushbu elementlarning shikastlanishining oldini olish choralari ko‘rilishi shart. 12. RHAvaT qurilmalarini montajdan keyin ulashda va birlamchi profilaktik sinovlarida RHAvaT elektr bog‘langan zanjirlarining va har bir ulanmani boshqa barcha ikkilamchi zanjirlarining yerga nisbatan izolatsiyasi, shuningdek, bitta panel chegarasida joylashgan elektrli bog‘lanmagan zanjirlar orasidagi izolatsiya, 60 V va undan past ishchi kuchlanishga hisoblangan elementlar zanjirlaridan tashqari, o‘zgaruvchan tokning 1000 V kuchlanishi bilan 1 minut davomida sinalishi shart. 13. RHAvaT qurilmalarining barcha to‘g‘ri va noto‘g‘ri ishlash holatlari, shuningdek, ularga tezkor va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida aniqlangan nuqsonlar (nosozliklar) xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan sinchkovlik bilan tahlil qilinishi kerak. Xodimlar barcha nuqsonlarni bartaraf qilishlari shart. 14. RHAvaT qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tishlari shart. Ularning hajmi va davriyligi amaldagi qoidalar bilan belgilanadi. Noto‘g‘ri ishlab ketishdan keyin qurilmalarning qo‘shimcha (avariyadan keyin) tekshiruvlari o‘tkazilishi shart. 15. Texnik xizmat ko‘rsatishda RHAvaT qurilmalarini tekshirish uchun sinash qurilmalari, ushbu maqsadlar uchun boshqarish panellari xonalariga, podstansiyaning taqsimlovchi qurilmalariga va boshqa joylarga o‘rnatilgan shtepsel rozetkalariga yoki panelchalarga ulanishi kerak. 16. Releli himoya, elektr avtomatika va telemexanika boshqaruv panellarining (shkaflarining) va pultlarining old tomonini, ularga o‘rnatilgan apparatlarni davriy ravishda maxsus o‘qitilgan xodim changdan tozalashi shart. Ochiq ishlangan apparatlarni, shuningdek, ushbu panellar (shkaflar) va pultlarning orqa tomonini RHAvaT qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodim yoki yo‘riqdan o‘tgan tezkor xodim tozalashi shart. 17. Nazoratning va boshqa operatsiyalarning davriyligi, shuningdek, xodimlarning harakat tartibi mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq obyektlarga xizmat ko‘rsatish tartibi (korxona xodimlari tomonidan, markazlashgan va boshqa) hisobga olingan holda belgilanadi. 18. RHAvaT qurilmalarning bevosita boshqaruv pultlari va panellari (shkaflari) yig‘malarining (qatorlarining) yaqinida bexosdan ulanishi, ulanishni o‘chirilishi yoki ulanishini, tezkor tok zanjirlarida yoki sinxron generatorning (elektr dvigatelning, kompensatorning) qo‘zg‘atish zanjirlarida qisqa tutashuvni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan qisqichlar bo‘lmasligi shart. 19. Metall qobiqli nazorat kabellaridagi shikastlanishlarni bartaraf qilishda yoki ularni uzaytirishda, tolalarni birlashtirish germetik muftalar o‘rnatish bilan yoki bu maqsad uchun mo‘ljallangan qutilar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu muftalar va qutilarni maxsus jurnalda hisobga olinishi yuritilishi kerak. O‘rta hisobda bitta kabelning har 50 metrga bittadan ko‘p bo‘lmagan yuqorida ko‘rsatilgan birikmalar to‘g‘ri kelishi kerak. Polivinilxlorid va rezina qobiqli kabellar, odatda epoksidli ulash muftalari yordamida yoki qisqichlarning o‘tish qatorlarida ulanishlari kerak. 20. Agar izolatsiyasi havo, yorug‘lik va moy ta’siridan yemiriladigan nazorat kabellari qo‘llanilgan bo‘lsa, qisqichlardan tugallash muftalarigacha bo‘lgan tola uchastkalarida bu yemirilishga to‘sqinlik qiluvchi qo‘shimcha qoplama qilinishi shart. 21. Avariyaviy va ogohlantiruvchi signalizatsiya qurilmalari doimo ishga tayyor holatda bo‘lishi va davriy ravishda sinovdan o‘tkazib turilishi shart. Asosiy e’tiborni tezkor tokning mavjudligiga, ikkilamchi zanjirdagi avtomatik o‘chirgichlar va saqlagichlarning ishga yaroqliligiga, shuningdek, o‘chirgichlarning boshqaruv zanjirlariga qaratish kerak. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 12-ILOVA Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling