Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/76
Sana22.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1041282
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

Yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar


1. Yerga ulanadigan va nol himoya simlarini yerga ulagichlarga, yerga ulovchi konturga va yerga ulovchi
konstruksiyalarga ulash payvandlash orqali apparatlar, mashinalar va elektr uzatish havo tarmoqlari tayanchlari
korpuslariga ulash esa payvandlash yoki mustahkam boltli birikmalar orqali bajarilishi shart va davlat standarti
talablarini qoniqtirishi kerak.
Yerga yoki nol simiga ulanishi kerak bo‘lgan elektr qurilmani har bir qismi yerga ulash yoki nol simiga ulash
tarmog‘iga alohida sim orqali ulanishi shart. Elektr qurilmalarining yerga yoki nol simiga ulanuvchi qismlarini
yerga yoki nol himoya o‘tkazgichiga ketma-ket ulash man qilinadi.
2. Ochiq o‘tkazilgan, po‘latdan qilingan yerga ulash simlari ajralib turadigan rangga ega bo‘lishi shart.
3. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida yerdan faza yoki nol simi sifatida foydalanish man
etiladi.
4. Yerga ulash qurilmasining texnik holatini aniqlash uchun davriy ravishda quyidagilar o‘tkazilishi shart:
erga ulash qurilmalarning ko‘rinadigan qismlarini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish;
erga ulagich va yerga ulanayotgan elementlar o‘rtasidagi zanjirni tekshirish bilan ko‘rikdan o‘tkazish (erga
ulovchi qurilma bilan apparatlarni birlashtiruvchi simlarda uzilgan va qoniqarsiz kontaktlar yo‘qligi), shuningdek,
transformatorlarning saqlagichlarini tekshirish;
erga ulash qurilmasining qarshiligini o‘lchash;
faza — nol zanjirini tekshirish;
tabiiy yerga ulash ulashlarining mustahkamligini tekshirish;
erga ko‘milgan yerga ulash qurilmasining elementlarini ko‘rish uchun tuproqni ixtiyoriy tanlab ochib
ko‘rish;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari tayanchlari uchun tuproqning solishtirma
qarshiligini o‘lchash.
5. Yerga ulash qurilmasining tashqi ko‘rigi TQ, transformatorli podstansiyalar va taqsimlovchi punktlar,
shuningdek, sex elektr uskunalari va boshqa elektr qurilmalarning ko‘rikdan o‘tkazish bilan birga o‘tkaziladi.
Ko‘rikdan o‘tkazishlar, aniqlangan nosozliklar, qabul qilinagan choralar haqidagi tegishli yozuvlar yerga
ulash qurilmasining ko‘rikdan o‘tkazish jurnalida yoki tezkor jurnalda qayd etilishi kerak.
6. Yerga ulash qurilmalarining qarshiliklari qiymatini, tegish kuchlanishi amaldagi Elektr uskunalarini SQ va
Mga muvofiq bo‘lishini ta’minlash maksadida EQTQ talablari bilan aniqlangan darajada saqlab turish shart.
7. Ekspluatatsiyadagi har bir yerga ulash qurilmasi, qurilmaning sxemasi, asosiy texnik ma’lumotlari, uning
holatini tekshirish ma’lumotlari, ushbu qurilma konstruksiyasiga kiritilgan ta’mirlar va o‘zgarishlar xarakteri
haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan pasportga ega bo‘lishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-
noyabrdagi 712-son 
qaroriga
2-ILOVA

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling