Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
-§. Xizmat safaridagi xodimlar bajaradigan ishlar
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE kitobi
4-§. Xizmat safaridagi xodimlar bajaradigan ishlar
130. Xizmat safaridagi xodimlar — bu iste’molchilarning elektr qurilmalaridagi ishlarni bajarish maqsadida ularning shtat ro‘yxatida bo‘lmagan, boshqa korxona va tashkilotlardan yuborilgan xodimlar. 131. Xizmat safaridagi xodimni ishga quyish ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Xizmat safaridagi shaxslar xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilim sinovidan o‘tganligi va elektr xavfsizligi bo‘yicha guruh berilgani haqidagi belgilangan shakldagi shaxsiy guvohnomaga ega bo‘lishlari shart. Mazkur qoidalar bo‘yicha bilim sinovi doimiy ish joyi bo‘yicha o‘tkaziladi. 132. Xizmat safariga yuborilgan korxona (tashkilot) xizmat safarining maqsadidan tashqari, javobgar rahbar, ish bajaruvchi, nazorat qiluvchi va brigada a’zolari qilib tayinlanishi mumkin bo‘lgan xodimlar haqida, shuningdek, elektr qurilmalarida uzoq muddatli ishlarda naryad berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar haqida yozma ravishda ma’lumot berishi kerak. 133. Xizmat safaridagi shaxslar xizmat safari joyiga ilk bor kelganda, ishlashi kerak bo‘lgan elektr qurilmalarining xususiyatlarini hisobga olgan holda, elektr xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq oladilar. Naryad beruvchi, javobgar rahbar, ish bajaruvchi va nazorat qiluvchi vazifalari yuklatiladigan shaxslar esa ushbu elektr qurilmalarining energiya ta’minoti sxemalari bo‘yicha ham yo‘l-yo‘riq oladilar. Yo‘l-yo‘riq yo‘riqnomalar jurnalida yozuv, shuningdek, yo‘l-yo‘riq oluvchi va yo‘l-yo‘riq beruvchi shaxslarning imzolari bilan rasmiylashtiriladi. 134. Xizmat safarining muddati 5 ish kunidan oshmaydigan bo‘lsa, ishlab turgan elektr qurilmalarida bajariladigan ishlarda naryad beruvchi, javobgar rahbar, ish bajaruvchi, kuzatuvchi hamda brigada a’zolari sifatida ishlash huquqi taqdim etilishi xizmat safariga yuborgan tashkilotning xatiga qurilmalarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbariyatining rezolyutsiyasi bilan rasmiylashtiriladi. Xizmat safarining muddati 5 ish kunidan oshgan taqdirda rasmiylashtirish yozma ko‘rsatma orqali amalga oshirilishi lozim. 135. Xizmat safaridagi xodimlarga yo‘l-yo‘riq berilishi ular xizmat safariga yuborilgan korxonaning elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega ma’muriy-texnik xodimi yoki kamida IV guruhga ega tezkor yoxud tezkor ta’mirlovchi xodimi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Yo‘l-yo‘riq mazmuni, ishning xususiyatlari va murakkabligiga, elektr qurilmasining o‘ziga xos xususiyatlari va sxemasiga qarab yo‘riq beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi. 136. Xizmat safariga yuborayotgan korxona (tashkilot) xizmat safariga yuborilgan xodimlarning, ularga elektr xavfsizligi bo‘yicha berilgan guruhlariga hamda ushbu Qoidalarning 134-bandiga ko‘ra ularga taqdim etilgan huquqlarga muvofiqligiga va xodim tomonidan mazkur Qoidalar bajarilishiga javobgardir. 137. Elektr qurilmalarida xizmat safaridagi xodimlar tomonidan ishlar bajarilayotgan korxona (tashkilot) ishlayotganlarning ishchi va ilashgan kuchlanish elektr tokidan shikastlanishidan himoyani ta’minlovchi xavfsizlik choralari bajarilishi uchun javobgardir. 138. Xizmat safaridagi xodimlar uchun ish joyini tayyorlash va ishga ijozat berish barcha hollarda qurilmani ekspluatatsiya qilayotgan tashkilotning tezkor xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling