Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Brigadani yangi ish joyiga ko‘chirish


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/76
Sana22.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1041282
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

Brigadani yangi ish joyiga ko‘chirish
98. Quyidagi shartlarga rioya etilgan bo‘lsa, bir ulanmaning bir nechta ish joylarida ishlar bitta naryad
bo‘yicha bajarilishi mumkin:
a) ushbu ulanmaning barcha ish joylari tezkor xodimlar tomonidan tayyorlangan hamda ish bajaruvchi va
javobgar rahbar tomonidan ish boshlanishiga qadar qabul qilingan bo‘lsa;
b) ish bajaruvchi brigada bilan birga ulanma ish joylaridan biriga ishga qo‘yilgan bo‘lsa;
v) doimiy tezkor xodimlari bo‘lgan elektr qurilmalarida brigadani boshqa ish joyiga o‘tkazish ijozat beruvchi
tomonidan amalga oshirilsa;


g) doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida ijozat beruvchi bo‘lmagan holda, brigadani
boshqa ish joyiga o‘tkazish javobgar rahbar tomonidan amalga oshirilsa;
d) brigadani yangi ish joyiga o‘tkazish naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va uning tugashi” jadvalida
(3-jadval) rasmiylashtirilsa va o‘tkazish javobgar rahbar tomonidan amalga oshirilsa, u jadvalda ijozat
beruvchining o‘rniga imzo qo‘ysa.
99. Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda ishlar bajarilganda boshqa ish joyiga ishga ijozat
berishni rasmiylashtirish faqat brigada bir kuchlanish ostidagi OTQdan boshqa kuchlanish ostidagi OTQga yoki
YOTQning bir xonasidan boshqasiga ko‘chirilganida talab etiladi.
Ishni tugatish, ish joyini topshirish va qabul qilib olish. Naryadni yopish va uskunalarni tarmoqqa ulash
100. Ish to‘liq tugallanganidan so‘ng ish joyi tartibga keltiriladi va javobgar rahbar tomonidan qabul qilib
olinadi. Ish bajaruvchi brigadani ish joyidan chiqarganidan so‘ng ish tugallangani haqida naryadga imzo chekadi
va uni tezkor xodimga topshiradi yoki u bo‘lmagan taqdirda amaldagi naryadlar jildida qoldiradi.
Agar javobgar rahbar tayinlanmagan bo‘lsa, ish bajaruvchi naryadni tezkor xodimlarga topshiradi.
101. Naryadning yopilishi tezkor jurnalda tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Naryad faqat tezkor xodimlar
tomonidan ish joyi va qurilma ko‘rikdan o‘tkazilib, begona jismlar, asbob-uskunalar, odamlar yo‘qligi
tekshirilgandan va tegishli tozalik ta’minlangandan keyingina yopilishi mumkin.
Bir ulanmada bir nechta brigada ish bajarganda, bir brigadaning ishi tugallanganini naryadda “Yerga
ulagichlar _______-son naryad bo‘yicha bajarilayotgan ishlar uchun qoldirildi” deb ko‘rsatib, naryadni to‘liq yopish
mumkin.
102. Naryadni yopish, quyidagi ketma-ketlikdagi ishlar bajarilgandan:
a) vaqtincha to‘siqlar olib tashlangan va “Shu yerda ishlansin!”, “Shu yerdan chiqilsin!” plakatlari
olinganidan;
b) amaldagi hisobga olish tartibiga muvofiq tekshirgan holda yerga ulagichlar olingandan, mazkur
Qoidalarning 
103-bandida 
ko‘rsatilgan holat bundan istisno;
v) doimiy to‘siqlar o‘z o‘rniga o‘rnatilganidan va ish boshlanishidan avval osilgan plakatlar olib qo‘yilgandan
keyin amalga oshiriladi.
Ta’mirlangan uskunalar izolatsiyasini bevosita ulashdan oldin tekshirishni, agar bunga zarurat bo‘lgan
bo‘lsa, vaqtincha to‘siqlar va ogohlantiruvchi plakatlar olinishidan avval, ko‘chma yerga ulagichlar olingan
zahotiyoq amalga oshiriladi.
Uskuna naryad yopilgandan keyin ulanishi mumkin.
Agar o‘chirilgan ulanmada ishlar bir nechta naryad bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, u faqat barcha
naryadlar yopilgandan keyingina ishga tushirilishi mumkin.
103. Naryadning amal qilish muddati 5 sutkagacha belgilanadi, mazkur Qoidalarga 8-ilovaning 
7-bandida
ko‘rsatilgan ishlar bundan istisno. Ishdagi tanaffuslarda, agar bu vaqt ichida sxemalar tiklanmagan va ishni
bajarish sharoitlari o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, naryad amalda hisoblanadi.
Naryad uzaytirilgan kundan boshlab 5 kalendar kunidan oshmagan muddatga bir marta uzaytirilishi
mumkin.
104. Naryadlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi ustidan nazorat uni beruvchi shaxslar va rahbar elektrotexnik
xodimlar hisoblangan shaxslar tomonidan, davriy ravishda tanlov asosida tekshiruv yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling