Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Naryadni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/76
Sana22.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1041282
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

Naryadni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar
1. Naryaddagi yozuvlar tushunarli bo‘lishi shart. Naryad matniga tuzatishlar kiritish man qilinadi. 
2. Naryadlarni raqamlash tizimi korxonaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan
belgilanadi. 
3. Jadvalning to‘ldirilmaydigan kataklariga “Z” belgisini qo‘yish, qatorlarga esa chiziq tortish kerak. 
4. “Sana” satriga yozilayotganda avval kun, keyin oy va so‘ngida yilning oxirgi ikki soni ko‘rsatiladi,
masalan, 02.11.13, 24.04.13. 
5. Naryadda ko‘rsatilayotgan shaxslarning familiyalaridan tashqari, ularning ismi, otasining ismi hamda
ijozat beruvchi, mas’ul javobgar rahbar, ish bajaruvchi, kuzatuvchi va brigada a’zolarining elektr
xavfsizligi bo‘yicha guruhi ham yoziladi. 
6. Naryadda elektr qurilmalarining, ulanmalarning, jihozlarning dispetcherlik nomlanishi ko‘rsatilishi
lozim.
 
Naryadning old tomoni 
7. “Bo‘linma” satrida korxonaning elektr qurilmasida ish olib borishi lozim bo‘lgan tarkibiy bo‘limi (sexi,
xizmati, uchastkasi) ko‘rsatiladi. 
8. Agar ishlarning mas’ul javobgar rahbarsiz bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, “Ish uchun javobgar
rahbar” satrida “Tayinlanmaydi” deb ko‘rsatiladi. 
“Ijozat beruvchi” satrida tezkor xodimlar jumlasidan bo‘lgan ijozat beruvchining familiyasi ko‘rsatiladi. 
“Brigada a’zolari bilan” satrida ish bajaruvchi yoki kuzatuvchidan tashqari barcha brigada a’zolarining
hammasi familiyalari ko‘rsatiladi. 
Familiyalar bosh kelishikda yoziladi. Satrlar yetishmagan hollarda, naryad beruvchi shaxs tomonidan
imzolangan brigada a’zolarining ro‘yxati naryadga ilova qilinishi va bu haqda oxirgi satrda “Qo‘shimcha
ro‘yxatga qarang” deb yozib qo‘yilishi lozim. 
9. “Topshiriladi” satrida: 
ish bajariladigan joydagi elektr qurilmasining va ulanmalarning nomi, ishning mazmuni ko‘rsatiladi; HL
uchun ushbu liniyaning nomi va ish bajarilishi kerak bo‘lgan uchastka chegarasi (tayanchlarning tartib
raqami ko‘rsatilib, qaysi tayanchlarda yoki tayanchlar oralig‘ida ish olib borilishi, qaysi tayanchlar
oralig‘idagi simlarda ishlash), shuningdek, ishning mazmuni ko‘rsatiladi. Ko‘p zanjirli HL uchun,
shuningdek, zanjirning nomi, fazama-faza ta’mirlashda esa tyanchlarda fazalarning joylashishi
ko‘rsatiladi. 
10. “Ish tugatilsin” satrida ushbu naryad bo‘yicha ishni tugatish san�si hamda vaqti ko‘rsatiladi (barcha
ishlar qachon batamom tugashidan qat’i nazar). 
11. Podstansiyalar elektr qurilmalarida va KLda ish bajarilganda 1-jadvalda quyidagilar ko‘rsatiladi: 
1-ustunda-tarmoqdan uzilishi va yerga ulagich o‘rnatilishi zarur bo‘lgan elektr qurilmalarining nomi; 
2-ustunda o‘chirilishi zarur bo‘lgan kommutatsiya apparatlari va yerga ulagichlar hamda to‘siqlar
o‘rnatilishi zarur bo‘lgan joylar. 
12. HL da ish bajarilganda 1-jadvalda quyidagilar ko‘rsatiladi: 
1-ustunda naryadning “topshiriladi” satriga yozilgan liniyalar, zanjirlar va simlarning nomi hamda
ta’mirlanayotgan HL yoki zanjirdagi ishlarni bajarish bilan bog‘liq holda o‘chirilishi va yerga ulagich
o‘rnatilishi zarur bo‘lgan boshqa HL yoki zanjirning nomi; 
2- ustunda ijozat beruvchi tomonidan o‘chiriladigan va yerga ulagich o‘rnatiladigan HL uchun TQda va
HL i
‘ id
‘ hi il di
k
t t i
tl i i
i
l i hl

tili hi


Iste’molchilar elektr qurilmalarini
ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
qoidalariga
7-ILOVA
1-jadval
Elektr qurilmasining
kuchlanishi
Odamlardan va ular ishlatadigan asbob-
uskunalar va moslamalardan, vaqtincha
to‘siqlardan
Transport va ishchi holatidagi yuk ko‘tarish mashinalari
va mexanizmlardan, yuk changallovchi moslamalar va
yuklarning strop (arqon)laridan
tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa, m
1000 V gacha
HLda 0,6
tegish bo‘lmagan TQda
me’yorlanmaydi
1,0
1,0

— 
35 kV
0,6
1,0
60 
— 
110 kV
1,0
1,5
150 kV
1,5
2,0
220 kV
2,0
2,5
2-jadval
Tuproq
Qazish chuqurligi, m
1,5 gacha
1,5 — 3,0
HLning o‘zida o‘chiriladigan kommutatsiya apparatlarining nomi va yerga ulagichlar o‘rnatilishi zarur
bo‘lgan joylar.
Agar yerga ulagichlar tayanchlarga o‘rnatiladigan bo‘lsa, tayanchlarning tartib raqami ko‘rsatilishi
lozim. Ushbu ustunda, shuningdek, mazkur Qoidalarga 9-ilovadagi
 42 — 45

48

50

51-bandlarga
muvofiq ish joyida simlar va troslarga yerga ulagich o‘rnatilishi shart bo‘lgan tayanchlarning tartib
raqamlari yoki tayanchlar oralig‘i ko‘rsatilishi kerak. 
Agar naryad berish paytida yerga ulagich o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joyni aniqlash mumkin bo‘lmasa yoki
bajariladigan ish yerga ulagichni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishini talab qilsa, ushbu ustunda “ish
joylarida yerga ulagich o‘rnatilsin” deb ko‘rsatiladi. 
2-ustunda, shuningdek, ta’mirlanayotgan HL bilan kesishgan yoki uning yaqinidan o‘ggan havo elektr
uzatish tarmog‘iga o‘rnatilishi kerak bo‘lgan yerga ulagichlarning joyi ham ko‘rsatilishi kerak.
Agar ushbu HL boshqa korxona tomonidan ekspluatatsiya qilinsa, naryadning “Alohida ko‘rsatmalar”
satrida boshqa korxona xodimlari tomonidan o‘rnatilgan yerga ulagichni tekshirish zarurligi
ko‘rsatilishi kerak. 
13. 1-jadvalga bevosita ish joyini tayyorlash uchun kerak bo‘lgan tarmoqdan o‘chirishlar kiritilishi zarur.
Ish joyini tayyorlash jarayonida sxemaga o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘lik bo‘lgan qayta ulashlar
(masalan, ulanmani bir shina tiz�midan, boshqa shinalar tizimiga o‘tkazish, tarmoq uchastkasini bir
manbadan ikkinchi manbaga o‘tkazish va boshqalar) jadvalga kiritilmaydi.
Ish joyini tayyorlash bo‘yicha tezkor ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan ijozat beruvchi
tomonidan bajariladigan elektr qurilmalaridagi barcha operatsiyalarni hamda ish joylarini tayyorlash
bo‘yicha boshqa choralarni (masalan, kuchlanish yo‘qligini tekshirish, tok o‘tkazuvchi qismlarga
to‘siqlar o‘rnatish va boshqalar) elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan tezkor
o‘chirib-ulash ishlari bo‘yicha maxalliy yo‘riqnomalarga muvofiq 1-jadvalga kiritish mumkin. 
14. Ishga ijozat berish uchun tarmoqdan o‘chirish va yerga ulagichlar o‘rnatish talab qilinmaydigan
naryadlarda 1-jadvalning 1-ustuniga “Tarmoqdan uzmasdan va yerga ulagichlarni o‘rnatmasdan” deb
yozib qo‘yiladi. 
15. Agar 1-jadvaldagi satrlar soni ish joyini tayyorlash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish uchun yetarli
bo‘lmasa, unda naryadga naryad beruvchining imzosi bilan qo‘shimcha jadval ilova qilishga ruxsat
etiladi va bu haqda asosiy jadvalning oxirgi satriga “qo‘shimcha ro‘yxatga qaralsin” deb yozib qo‘yilishi
kerak. 
16. “Alohida ko‘rsatmalar” satrlarida quyidagilar qayd etiladi: 
javobgar rahbarning uzluksiz nazorati ostida bajariladigan ishning bosqichlari yoki alohida
operatsiyalari (mazkur Qoidalarning 
62-bandi
); 
erga ulagichni vaqtincha olishga ruxsat berish (mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 
39-bandi
);
yuklarni kran bilan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda, ishning xavfsiz bajarilishi uchun javobgar
shaxsni tayinlash (mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 
141-bandi
); 
mazkur Qoidalarning 
46-bandida 
ko‘rsatilgan ishlar bajarilayotgan joydagi ta’mirlanayotgan liniya
ustunlari oralig‘idagi kuchlanish ostidagi HL, kuchlanish ostidagi simlar va ta’mirlanayotgan liniyaning
troslari; 
ta’mirlanayotgan liniyaning boshqa HL ta’sirida ilashgan kuchlanish ostida ekanligi haqida ko‘rsatma. 
Naryad beruvchining xohishiga ko‘ra, ushbu satrlarga bajarilayotgan ish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa
ko‘rsatmalarni ham yozishga ruxsat etiladi. 
“Naryad berdi” va “Naryad muddati uzaytirildi” satrlarida naryad beruvchi uni imzolagan vaqtini va
sanasini ko‘rsatishi zarur. 
17. 2-jadv�l tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan ijozat beruvchi yoki ijozat beruvchi vazifasini
o‘rindoshlik asosida bajarayotgan ish bajaruvchi tomonidan ishlashga birinchi bor ishga ijozat
berilganda to‘ldiriladi.
Ta’mirlanayotgan elektr qurilmasini vaqtincha ulash paytida 2-jadval har bir qayta ishga ijozat
berishdan oldin to‘ldiriladi.
Ishga ijozat berish navbatchi tomonidan amalga oshirilganda, shuningdek, tezkor ta’mirlash xodimlar
jumlasidan ijozat beruvchi yoki ijozat beruvchi vazifasini o‘rindoshlik asosida bajaruvchi ish bajaruvchi
tomonidan ishga ijozat berish ish joyiga yetib kelgan zahoti amalga oshiriladigan hollarda 2-jadval
to‘ldirilmaydi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling