Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE kitobi
Naryadning orqa tomoni
18. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va KLda ishlaganda “Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida qo‘yidagilar qoldi” satrlarida ijozat beruvchi ta’mirlanayotgan va ish joyi yaqinidagi qo‘shni ulanmalarning (yoki qo‘shni ulanmalarning uskunalarini) kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlarini ko‘rsatadi. Agar bunday qismlar bo‘lmasa, ushbu satrlarda “Qolmadi” deb yozilishi lozim. HLda ishlaganda ushbu satrlarda naryad beruvchi tomonidan “Alohida ko‘rsatmalar” satrida ko‘rsatilgan tok o‘tkazuvchi qismlar, zarur bo‘lgand� esa boshqa tok o‘tkazuvchi qismlar ham yozib qo‘yiladi. Ijozat beruvchi va javobgar rahbar “Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi” satrlari ostiga faqat birinchi bor ishga ijozat berishda imzo qo‘yadi. 19. 3-jadvalda har kungi ishga ijozat berish va ishning tugatilishi, shu jumladan brigadaning bir ish joyidan ikkinchisiga ko‘chirilishi, shuningdek, elektr qurilmalari vaqtincha ulanganda ishga ijozat berish va ishning tugatilishi rasmiylashtiriladi. Qayta ishga ijozat berishni amalga oshiruvchi shaxs 3-ustunga imzo qo‘yadi. Mazkur Qoidalarning 96-bandiga muvofiq tekshirish uchun elektr qurilmalarini ulash bilan bog‘liq ishlarda 6-ustun to‘ldiriladi. 6-ustunda brigadani ish joyidan chiqarilgani, o‘rnatilgan yerga ulagichlar olingani, ish vaqtincha tugatilgani haqida xabar berilgan shaxsning familiyasi va lavozimi ko‘rsatiladi. Ishlarning ish kunining tugashi munosabati bilan tamomlanishini ish bajaruvchi 3-jadvalning 5- va 7- ustunlarida rasmiylashtiradi. 20. 4-jadvalda brigada tarkibiga mexanizm haydovchisi yoki kranchini kiritish yoki undan chiqarishda, unga biriktirilgan mexanizm va o‘ziyurar kranning turi ham ko‘rsatiladi. “Ruxsat berdi” satriga brigada tarkibini o‘zgartirishga ruxsat bergan shaxs (familiyasini ko‘rsatib) imzo qo‘yadi. Agar ruxsat telefon yoki radio orqali berilgan bo‘lsa, ish bajaruvchi ushbu ustunda brigada tarkibini o‘zgartirishga ruxsat bergan shaxsning familiyasini ko‘rsatadi. 21. Ish to‘liq tugatilgandan so‘ng ish bajaruvchi naryadni ushbu ishlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan satriga rasmiylashtirish vaqti va sanasini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi. Ish joyini qabul qilib olganidan so‘ng javobgar rahbar ham tegishli satrga imzo qo‘yadi. Agar javobgar rahbar tayinlanmagan bo‘lsa, ish bajaruvchi uning o‘rniga imzo qo‘yadi. Naryadda ishning to‘liq tugallanganini ish bajaruvchi faqat o‘zidagi naryad nusxasida ish batamom tugallangani haqida xabar berilgan shaxsning familiyasini va lavozimini hamda xabar berilgan sana va vaqtini ko‘rsatgan holda rasmiylashtiradi. Agar brigada yerga ulagichlar o‘rnatmagan bo‘lsa, u holda “brigada o‘rnatgan yerga ulagichlar olindi” degan so‘zlar ish to‘liq tugallanganligi to‘g‘risidagi xabar matnidan o‘chirib tashlanadi. 22. Naryad beruvchi sha�s mazkur Qoidalarning 106-bandiga muvofiq naryadning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini nazorat qiladi va uning oxirida imzo qo‘yadi. Qiyalik yo‘nalishi va gorizontal chiziq o‘rtasidagi burchak, grad Qiyalik balandligi- ning asosiga nisbati Qiyalik yo‘nalishi va gorizontal chiziq o‘rtasidagi burchak, grad Qiyalik balandli-gining asosiga nisbati Tabiiy namlikdagi, uyilgan 76 1:0,25 45 1:1 Qumli va shag‘alli, namli (to‘yinmagan) 63 1:0,5 45 1:1 Loyli: qumloq tuproq qumoq tuproq loy 76 90 90 1:0,25 1:0 1:0 56 63 76 1:0,67 1:0,5 1:0,25 Sariq (sog‘) tuproq 90 1:0 63 1:0,5 3-jadval Tuproq shartlari Xandaq chuqurligi, m To‘siqlar Sizot suvlari kichik miqdorda sizib chiqadigan yoki ular yo‘q bo‘lgan tabiiy namlikdagi yopishqoq tuproqlar 3 gacha Orasi ochiq Xuddi shuningdek 3 — 5 Yaxlit Yuqori namlikdagi har xil va qumli tuproqlar Chuqurligidan qat’i nazar Yaxlit Izoh: Sizot suvlarining kuchli oqimida va mayda tuproqlarning chiqib ketishi sodir bo‘lganda, zichlangan (shpuntlangan) to‘siq ishlatiladi. Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 8-ILOVA Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling