Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va elektr uzatish kabel liniyalarida ishlar


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/76
Sana22.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1041282
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

1-§. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va elektr uzatish kabel liniyalarida ishlar
xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
1. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori kabel liniyalari (keyingi o‘rinlarda — KL) va podstansiya elektr qurilmalarida
naryad bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilishi shart:
Kuchlanish olinganda;
kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlar va ularning yaqinida;
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda, vaqtincha to‘siqlar
o‘rnatish talab etiladigan;
TQda ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarini qo‘llab amalga oshiriladigan
Kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan boshqa ishlar, shu jumladan:
komplekt taqsimlash qurilmalari (keyingi o‘rinlarda — KTQ) va tashqarida o‘rnatilgan komplekt taqsimlash
qurilmasidagi (keyingi o‘rinlarda — TKTQ), shkafning eshiklari va to‘siqlari yopilgan bo‘lishi sharti bilan
aravachalarda shkaflardan tortib chiqarilgan uskunalardagi; kommutatsiya apparatlarining uzatmalari va
agregat shkafidagi, ikkilamchi zanjirlar, releli himoya, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalaridagi ishlar
farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
2. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan TQ, taqsimlash shchitlari, yig‘malarning yig‘ma shinalarida,
shuningdek, ushbu qurilmalarning ular orqali yig‘ma shinalarga kuchlanish uzatilishi mumkin bo‘lgan
ulanmalaridagi ishlar naryad bo‘yicha bajarilishi kerak. Boshi berk ulanmalardagi ishlarni farmoyish bo‘yicha
bajarishga ruxsat etiladi.
3. Podstansiyalarning elektr qurilmalari va KLda, ularning barcha tok o‘tkazuvchi qismlaridan, shu jumladan
HL va KL chiqishlaridan kuchlanishni olgan holda, qo‘shni (kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan yig‘ma va shchitlar
kuchlanish ostida qolishi mumkin) elektr qurilmalariga kirish joyi qulflangan bo‘lishi sharti bilan ishlar
bajarilganida, barcha ulanmalarda bir vaqtda ishlash uchun bitta naryad berilishiga ruxsat etiladi.
4. Yakka tizimli shina va seksiyalar soni qancha bo‘lishidan qat’i nazar, 10 kV gacha bo‘lgan TQda seksiyani
ta’mirlashga chiqarishda, shinalar va ushbu seksiyaning barcha yoki bir qism ulanmalaridagi ishlarga bitta
naryad berishga ruxsat etiladi. Seksiyaning barcha ish joylariga ishlashga bir vaqtda ijozat berilishi mumkin;
brigadani ushbu seksiya chegarasida turli ish joylarida tarqalib joylashtirishga ruxsat etiladi.
Naryadlar bo‘yicha ish to‘la tugallanmaguncha seksiyaning biron-bir ulanmasini kuchlanish ostida tekshirib
ko‘rish yoki uni ulash uchun tayyorlash taqiqlanadi.
5. Quyidagi hollarda brigadani turli ish joylariga tarqatib, bir ish joyidan boshqa ish joyiga ko‘chirishni
rasmiylashtirmasdan, bir yoki bir necha ulanmalarda bir vaqtda yoki navbatma-navbat bajariladigan ishlar uchun
bitta naryad berishga ruxsat etiladi:
nazorat va kuch kabellarini o‘tkazishda va ko‘chirib o‘tkazishda, uskunalarni sinashda, himoya, avtomatika,
blokirovka hamda shunga o‘xshash qurilmalarni tekshirishda;
uzatmalari boshqa xonada joylashtirilgan kommutatsiya apparatlarini ta’mirlashda;
kotlovan, xandaq, quduq, kollektor, tunnellardagi ayrim kabelni ta’mirlashda;
ish joylarining joylashishi ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) brigada ustidan nazoratni o‘rnatish imkoniyatini
beradigan ikki kotlovanda va kotlovanga yaqin joylashgan YOTQda bajariladigan alohida bir kabelni ta’mirlash
ishlarida.
6. Ishlar mazkur Qoidaga 8-ilovaning 
4-5-bandlariga 
muvofiq bajarilganda, barcha ish joylari ishga ijozat
berishdan oldin tayyorlab qo‘yilishi lozim. Brigada turli ish joylariga tarqatib ishlaganda, brigada a’zolaridan elektr
xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lganlardan bittasi yoki bir nechtasi ish bajaruvchidan alohida
turishiga ruxsat etiladi; bunda ish bajaruvchi, undan alohida joylashtirilishi kerak bo‘lgan brigada a’zolarini ish
joylariga boshlab borishi va ishlar xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishi shart.


7. Tezkor chiqish brigadaga bir necha podstansiyalarda, har bir podstansiyaning bir yoki bir necha
ulanmalarida, bir xil turdagi ekspluatatsiya ishlarini navbati bilan bajarish uchun bitta naryad berishga ruxsat
etiladi.
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: izolatsiyani tozalash, qisqichlarni tortib mahkamlash, moyni tahlilga
olish va moy quyib to‘ldirish, transformatorlarning shoxobchalarini qayta ulash, releli himoya, avtomatika, o‘lchov
asboblari qurilmalarini tekshirish, chet manbadan yuqori kuchlanish bilan sinash, izolyatorlarni o‘lchov shtangasi
bilan tekshirib ko‘rish va shunga o‘xshash ishlar. Bunday naryadlarni amal qilish muddati 1 sutka.
Har bir podstansiya va har bir ulanmada ishga ijozat berish mazkur Qoidalarga
6-ilovada 
keltirilgan
naryadning “Kundalik ishlashga ijozat berish va uning tugashi” 3-jadvalida rasmiylashtirilishi lozim. Ishlar mazkur
Qoidalarga 8-ilovaning
3-bandiga 
muvofiq bajariladigan podstansiyalard ishga ijozat berish barcha ulanmalar
uchun bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin, lekin ushbu podstansiyadagi barcha ishlar to‘liq tugallanmaguncha
ularni birontasini ham ulashga tayyorlash taqiqlanadi. Podstansiyalarning har birini mazkur naryad bo‘yicha
ishlar to‘liq tugallanganidan so‘ng ulashga ruxsat beriladi.
8. TQ ichida joylashgan aloqa qurilmalaridagi ishlar TQga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan
beriladigan naryadlar bo‘yicha amalga oshirilishi shart. Ishga ijozat berish ushbu xodimlar tomonidan amalga
oshiriladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling