Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
-bob. Uskunalarda sinash va o‘lchashlarni amalga oshirish
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE kitobi
7-bob. Uskunalarda sinash va o‘lchashlarni amalga oshirish
1-§. Tashqi tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash 97. Sinashlar tarkibi ikki kishidan kam bo‘lmagan, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan ish bajaruvchi, qolganlari kamida III guruhga ega bo‘lgan xodimlardan iborat bo‘lgan brigadalar tomonidan amalga oshiriladi. Sinovlarni faqat maxsus tayyorgarlikdan hamda sinash sxemalari va Qoidalarning ushbu bobi hajmida bilimlar sinovidan o‘tgan, tayyorlanish davrida ishlab turgan elektr qurilmalarida sinov ishlarini o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan xodimlargina bajarishlari mumkin. Mazkur sinov ushbu Qoidalar bo‘yicha bilimlar sinovi bilan bir vaqtda, tarkibiga elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga ega bo‘lgan uskunalarni sinash bo‘yicha mutaxassis kiritilgan komissiyada hamda belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi. Sinov ishlarini o‘tkazish uchun ijozat berilgan shaxsning guvohnomasiga bu haqda belgi qo‘yilishi zarur. 98. 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarda sinovlar naryad bo‘yicha bajariladi. Ta’minlovchi kabeli tarmoqdan uzilgan va uchlari yerga ulangan kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr dvigatellarni sinash farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin. 99. Sinovlar o‘tkazishga berilgan naryad bo‘yicha ishga ijozat berish va tayyorgarlik ishlarini bajarish, sinash uchun mo‘ljallangan elektr uskunada ishlayotgan boshqa brigadalar ish joyidan chiqarilib yuborilgandan va ular naryadlarini topshirganlaridan keyin amalga oshiriladi. 100. Sinovlarni bajaruvchi brigada tarkibiga tayyorgarlik ishlarini bajarish, sinalayotgan uskunani muhofaza qilish hamda shinalarni bir-biriga ulash yoki bir-biridan ajratish uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega ta’mirlash xodimlaridan bo‘lgan shaxslar kiritilishi mumkin. Sinovlarni boshlashdan oldin ish bajaruvchi bu xizmatchilarga sinovlarni o‘tkazishdagi xavfsizlik choralari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishi lozim. Uskunalarni ta’mirlash yoki montaj qilish ishlarini bajaradigan brigada tarkibiga sinovlarni bajarish uchun elektr laboratoriyasi yoki sozlash tashkilotining xodimlari kiritilishi mumkin. Bu hollarda sinov ishlariga ish bajaruvchi yoki uning ko‘rsatmasi bo‘yicha laboratoriya yoki sozlash tashkiloti jumlasidan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan shaxs rahbarlik qiladi. Ta’mirlash yoki montaj ishlarini bajarish jarayonida sinov ishlarini o‘tkazish naryadning “Zimmasiga topshiriladi” satrida alohida qayd etiladi. 101. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalaridan tashqarida turib, tok o‘tkazuvchi qismlari butunlay yoki to‘rli to‘siq bilan yopilgan, eshiklari esa blokirovka bilan jihozlangan stendlardan foydalanib, izolatsiya materiallarini va buyumlarini (himoya vositalari, har xil izolatsiya detallari va boshqalar) yalpi sinov ishlarini III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi joriy ekspluatatsiya tartibida bajarishi mumkin. 102. Sinov zanjirini yig‘ish paytida eng avval sinov qurilmasiga himoya va ishchi yerga ulagichlarni o‘rnatish va kerak bo‘lganda, sinaladigan uskuna korpusiga himoya yerga ulagichini o‘rnatish zarur. Sinov qurilmasini 380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulashdan oldin uning yuqori kuchlanishli chiqarmasiga yerga ulagich o‘rnatiladi. Chiqarmani yerga ulovchi mis simning kesimi 4 mm dan kam bo‘lmasligi zarur. Uskunaning sinov zanjirini yig‘ishni sinovni o‘tkazuvchi brigada xodimlari bajaradilar. Ish bajaruvchi sinovni boshlashdan avval zanjirning to‘g‘ri yig‘ilganini va ishchi hamda himoya yerga ulagichlarining ishonchliligini tekshirib chiqishi shart. 103. Elektr qurilmasiga o‘rnatilgan, cinovni o‘tkazishga xalaqit beruvchi yerga ulagichlarni olish va ularni qaytadan o‘rnatish faqat sinov ishlariga rahbarlik qilayotgan shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha bajarilishi mumkin. 104. Sinov joyi, shuningdek, sinov paytida sinov kuchlanishi ostidagi ulovchi simlar to‘siqlar bilan to‘siladi hamda sinov joyi yoniga kuzatuvchi qo‘yiladi. Kuzatuvchi vazifasini o‘lchash sxemasini sinalayotgan uskunaga ulovchi shaxs bajarishi mumkin. To‘siqlarni sinov ishlarini o‘tkazayotgan brigada xodimlari o‘rnatadi. To‘siqlar sifatida shchitlar, to‘siqlar, “SINOV! HAYOT UChUN XAVFLI!” plakatlari osilgan yo‘g‘on arqonlar yoki shunday yozuvli yorug‘lik tablosi ishlatilishi mumkin. Agar sinov kuchlanishi ostidagi ulovchi simlar kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalari xonasidan tashqarida (yo‘lakda, zinapoyalarda, o‘tish joylarida, hudud ichida) bo‘lsa, to‘siq o‘rnatish bilan bir qatorda elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan, naryadga kiritilgan va yo‘l-yo‘riq olgan bir yoki bir nechta shaxsdan iborat qo‘riqchilar qo‘yilishi kerak. Qo‘riqchilik qilayotgan brigada a’zolari to‘siq tashqarisida joylashtirilishi kerak. Sinalayotgan uskunani qo‘riqlashga qo‘yilgan shaxslar ushbu uskunani kuchlanish ostida deb hisoblashi lozim. Ish bajaruvchi qo‘riqchilikka tayinlangan shaxslar o‘z postlarida ekanligi va sinash ishlari boshlanganligi haqida xabar topganliklariga ishonch hosil qilishi zarur. Mazkur shaxslar o‘z postlaridan faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan ketishlari mumkin. 105. Sinov qurilmasi va sinalayotgan uskunalar har xil xonalarda yoki TQning har xil uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, izolatsiya holatini tekshirib turish uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zolari ish bajaruvchidan alohida turishiga ruxsat etiladi. Brigadaning ushbu a’zolari sinov ishlari boshlanishidan oldin ish bajaruvchidan kerakli yo‘l-yo‘riq olishlari va to‘siqdan tashqarida joylashishlari shart. 2 106. Kabelni sinash jarayonida kabelning qarama-qarshi uchi berkitilgan kamerada, komplekt TQ yacheykasida yoki xona ichida joylashgan bo‘lsa, eshikka yoki to‘siqqa “SINOV! HAYOT UChUN XAVFLI!” plakati osib qo‘yilishi lozim. Agar bu eshik va to‘siqlar berkitilmagan yoki uchlari trassada ajratilgan ta’mirlanayotgan kabel sinovdan o‘tkaziladigan bo‘lsa, bunday hollarda eshiklarga, to‘siqlarga va uchlari ochiq bo‘lgan kabellarga plakatlar osishdan tashqari, naryadga kiritilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan shaxslardan shu joylarga qo‘riqchi qo‘yilishi shart. 107. Sinov qurilmasini 380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulash qurilmani boshqaruv joyida joylashgan, zanjir uzilishi yaqqol ko‘rinadigan kommutatsiya apparati yoki shtepsel vilkasi orqali amalga oshirilishi kerak. Kommutatsiya apparati ushlab qoluvchi qurilma bilan jihozlan bo‘lishi yoki apparatning qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi kontaktlari orasiga izolatsiya qoplamasi qo‘yilishi kerak. 108. Sinov uskunasidan kelayotgan simni fazaga, sinalayotgan uskuna qutbiga yoki kabel tolasiga ulash va ajratishni sinov rahbarining ko‘rsatmasi bo‘yicha va faqat ushbu uskuna yerga ulangandan keyingina amalga oshirishga ruxsat etiladi. 109. Sinalayotgan qurilmaga sinov kuchlanishini berishdan oldin ish bajaruvchi quyidagi tadbirlarni bajarishi shart: hamma brigada a’zolari o‘zlariga ko‘rsatilgan joylarda turganligi, begona shaxslar ish joyidan chiqarilganligi va qurilmaga sinash uchun kuchlanish berish mumkin yoki mumkin emasligini tekshirishi; brigadani kuchlanish berilayotgani haqida ogohlantirishi va ushbu ogohlantirishni brigadaning barcha a’zolari eshitganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng sinov qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagichni olishi, keyin unga 380/220 V kuchlanishni berishi. Sinov qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagich olib tashlangan paytdan boshlab, butun sinov qurilmasi, sinalayotgan uskuna va ular orasidagi simlar kuchlanish ostida deb hisoblanishi hamda sinash sxemasida va sinalayotgan uskunada simlarni qayta ulash man qilinadi. 110. Sinov ishlari tamom bo‘lgandan keyin ish bajaruvchi sinov qurilmasi kuchlanishini nolgacha pasaytirishi, uni 380/220 V kuchlanishli tarmoqdan o‘chirishi va yuqori kuchlanish tomonini yerga ulashi (yoki yerga ulash haqida ko‘rsatma berishi) hamda bu haqda brigada a’zolarini xabardor qilishi kerak. Faqat shundan keyingina simlarni qayta ulash yoki sinov ishlari batamom tugallangan bo‘lsa, sinalayotgan qurilmaning simlari sinov qurilmasidan uzib qo‘yilishi va to‘siqlari olib qo‘yilishi mumkin. KL va HL izolatsiyasini sinashdan oldin, shuningdek, bu ishlar tamomlangandan keyin KL va HLdan qo‘shimcha qarshilik orqali qoldiq elektr zaryadini olib tashlash, yerga ulagichni ulash va qolgan elektr zaryadi to‘liq olib tashlanganiga ishonch hosil qilish zarur. Shundan keyingina plakatlarni olib qo‘yishga ruxsat beriladi. Zaryadsizlashni bajaruvchi shaxs izolatsiyalangan taglikda turib, himoya ko‘zoynagini taqib, dielektrik qo‘lqopda ishlashi zarur. 111. Operatorning ish joyida 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanish ulanganligi to‘g‘risida alohida lampali signalizatsiya bajariladi. 112. Ko‘chma laboratoriya sinov qurilmasining yuqori kuchlanishli chiqarmasi kuchlanish ostida bo‘lganda yonadigan lampali signalizatsiya bilan jihozlanadi. 113. Megaommetr yordamida o‘lchash ishlarini bajarishga elektrotexnik xodimlari jumlasidan bo‘lgan, o‘qitilgan shaxslarga ruxsat beriladi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan qurilmalarda sinov ishlari naryad bo‘yicha ikkita shaxs tomonidan bajariladi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lishi lozim. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarda sinov ishlari farmoyish bo‘yicha ikkita shaxs tomonidan bajariladi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lishi lozim. Mazkur Qoidalarga 10- ilovaning 116-bandida ko‘rsatilgan sinov ishlari bundan mustasno. 114. Ikki tarafdan kuchlanish olishi mumkin bo‘lgan liniyalarning izolatsiyasini sinash ishlari faqat ushbu liniyaning ikkinchi tomoniga ulangan elektr qurilmasining javobgar shaxsidan telefon, kuryer orqali va boshqalar orqali (qaytadan tasdig‘i bilan) o‘chirgich va liniya ajratkichi uzilganligi va “ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakatlari osib qo‘yilganligi to‘g‘risida xabar olingandan keyingina bajarilishi mumkin. 115. Sinov ishlarini boshlashdan oldin elektr qurilmasining sinov asbobi ulangan qismida ishlayotgan odamlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilish, uning yaqinida turgan shaxslarga esa tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘l bilan tegishni taqiqlash, zarur bo‘lgan taqdirda esa qo‘riqchi qo‘yish zarur. 116. Elektr mashinalarining izolatsiya holatini nazorat qilish uchun to‘xtatilgan yoki aylanayotgan, ammo qo‘zg‘atilmagan mashinada metodik ko‘rsatmalar yoki dasturlarga muvofiq megaommetr bilan o‘lchash, tezkor xodimlar tomonidan yoki ularning ko‘rsatmasi bo‘yicha joriy ekspluatatsiya tartibida elektr laboratoriyasi xizmatchilari tomonidan bajarilishi mumkin. Tezkor xodimlarning kuzatuvi ostida bu o‘lchashlar ta’mirlovchi xodimlar tomonidan ham bajarilishi mumkin. Yakorlar, rotorlar va qo‘zg‘atish zanjirlarining izolatsiyasini elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs, stator izolatsiyasini sinashni — kamida ikkita shaxs o‘tkazishi mumkin, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV, ikkinchisi esa kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak. 117. Megaommetr bilan ishlashda u ulangan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish man etiladi. Ish tamom bo‘lgandan so‘ng tekshirilayotgan uskunalardan qoldiq elektr zaryadi uni qisqa vaqtda yerga ulash yo‘li bilan olib tashlanishi kerak. 118. Megaommetr bilan o‘lchash ishlarini bajarish quyidagi hollarda man qilinadi: kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan ikki zanjirli liniyaning bitta zanjirida, agar boshqa zanjir kuchlanish ostida bo‘lgan vaqtda; kuchlanishi 1000 V dan yuqori va ishlab turgan liniyaga parallel o‘tgan bir zanjirli liniyada momaqaldiroq vaqtida yoki u yaqinlashib kelganida. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling