Iste’molchilarning bozordagi xatti-harakati


Iste’molchilik xatti-harakati


Download 1.15 Mb.
bet2/4
Sana31.01.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1143958
1   2   3   4
Bog'liq
. Iste’molchining bozordagi xatti-harakati va uning tanlovi nazariyasi.

Iste’molchilik xatti-harakati – bu iste’molchilarning turli tovar va xizmatlarga talabini shakllantirish jarayoni.

Naflilik (Utility) – tovar va xizmatlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondirilishini ta’minlash, ya’ni ularning qanoatlantirish manbai bo‘lish xususiyati hisoblanadi. Naflilik – jamiyat yoki biror bir shaxsni ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatidir. Tovar va xizmatlarning nafliligi ularning sifati bilan bog‘­liq. Sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: sog‘liqqa foydali­ligi, dizaynining estetik chiroyi, foydalanish osonligi, uzoq mud­datliligi, qulayligi, individualligi, xavfsizligi, yuqori statusga ega ekanligi va b.

Bozordagi iste’molchilarning xatti-xarakatiga qarab naflilikni ikki xil tahlil qilish mumkin. Bu o‘z navbatida ikki xil yondashuvni kelib chiqishiga ham sabab bo‘lgan. Birinchisi, naflilikni son jihatdan o‘l­chab tahlil qilish, ikkinchisi, naflilikni son jihatdan o‘lchab emas, bal­ki tabaqalashtirish orqali, ya’ni yuqori va quyi naflilik, eng yaxshi va eng yomon naflilik va x.k. Ma’lumki, iste’molchi bozorga chiqar ekan, u bir qancha turdagi Tovar va xizmatlarga duch keladi.


Yalpi naflilik (Total utility) – ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir to­var yoki xizmatni iste’mol qilish natijasida olinadigan yalpi qondirish.
Naflilik funksiyasi – iste’molchining individual istagini aniqlab beruvchi iste’mol xajmi va yalpi naflilik o‘rtasidagi son jihatdan bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

Naflilik funksiyasi iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar xajmi bilan, u ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi. Naflilik funksiyasi orqali nafaqat umu­miy naflilikni ifodalash mumkin balki, ketma-ket ne’matdan qo‘shim­cha bir birlik iste’mol qilish natijasida oladigan qo‘shimcha o‘sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash mumkin. Chekli naflilik (Mariginal utility) – bir birlik qo‘shimcha iste’­mol natijasida olinadigan qo‘shimcha naflilikdir.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling