Gedonik – ko`ngil xushlikka mayl
Xo`jalikka oid – uy xo`jaligiga, dala hovlidagi ishga mayl
Mehnatsevar – ishning eng yuqori reytingda baholanishi, o`zini mukammallasjtirishda harakat qilish: badiiy adabiyotlarni o`qish, teleko`rsatuvlarni tomosha qilish, passiv dam olish, komputer o`yinlari va boshqalar.
Kirishimli(oбщительный) – vaqtini oila, do`stlar bilan o`tkazishni, teatrlar, muzeylarga borishni, sayohat qilishni yoqtirishadi.
Neytral – bu turdagi hayot tarzida sevimli mashg`ulotlar o`rta kattaliklarga yaqinroq.
Iste`molchining u yoki bu hayot tarzini namoyon etuvchi xulq atvori, foydalilik funksiyasini maksimallashtiruvchi tovar yoki xizmatni izlash bilan aniqlanadi.
Psixografik xarateristikalarga qarab iste’molchi guruhlarini ajratishadi.
Shunday qilib (VALS – 2) amerikaliklarni quyidagi iste’molchi guruhlariga ajratadi:
Amalga oshiruvchilar – muvaffaqiyatli, yetuk, faol. O`zlariga mas’uliyat olishdan qo`rqmaydi. Ularning xaridlari, aniq iste’molchi guruhiga mo`ljallangan, nozik did va yuqori sifatdagi qimmatbaho tovarlarga moyilliklari haqida ma’lumot beradi.
Bajarganlar – yetuk, yetarlicha ta’minlangan va hayotdan rozi bo`lgan kishilar. Ko`pgina hollarda vaqtlarini o`ylov va mushohada bilan o`tkazishadi. Tovarda pishiqlik, funksionallik va qiymatni qadrlashadi.
Muvaffaq bo`lganlar - muvaffaqiyat qozinishadi, kasbiy mavqega erishishadi, ular uchun eng muhimi – bu ish. Hamkasblariga xarid qilingan tovar orqali erishilgan muvaffaqiyat haqida axborot beradigan obro`li tovarlarni tanlashadi.
Tajriba qiluvchilar – yosh, quvvatga va qiziquvchanlikka to`la, sezgir, qo`zg`olonchi. Daromadlarining ancha qismini kiyim-kechak xarid qilishga, restoranlar, kinoteatrlarga tashrif buyurishga, video filmlar xaridiga sarflashadi.
Qat’iy ishongan – konservatorlar, an’analarga sodiq, hech narsa bilan diqqatga sazovor emas. Mashhur tovar begilariga ustunlik berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |