Iste`molchilarning xulq-atvor modellari
Ekstravert (E) Intravert (I)
Download 164.19 Kb.
|
12-Mavzu iste`molchilarning xulq-atvor modellari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manba: Rebrik S. Professional savdo treyningi. M.: Eksmo, 2002. 197 b. 1. Shaxsning ekstravert tipi
- Shaxsning introvert tipi
- 2. Shaxsning his etuvchi tipi
- Shaxsning intuitiv tipi
Ekstravert (E) Intravert (I)
jadval His etuvchi (aniqlik S) va intuitiv (mavhumlik N) shaxs tiplariga mansub sotuvchi va xaridor xulq-atvori xarakteristikasi
Manba: Rebrik S. Professional savdo treyningi. M.: Eksmo, 2002. 197 b. 1. Shaxsning ekstravert tipi – hammani o`zining do`sti deb hisoblashadi, hamma hamkasblar bilan bir xonada ishlashni yaxshi ko`rishadi, baland ovoz va baland musiqani yoqtirishadi. Ko`pincha optimist bo`lib, kompaniyada faol dam olishni yoqtiradi. Bir vaqtning o`zida o`ylaydi va gapiradi. O`zgalarni u haqida nima deb o`ylashlarini bilishga intiladi. O`zining hislarini ochiq ko`rsatadi, yaxshigina hikoyachi hamdir. Shaxsning introvert tipi – 2-3 nafar do`stlari bor, alohida xonada ishlashni yoqtiradi. U jimjitlikda yoki mayin musiqa sadosi ostida ishlashni yaxshi ko`radi, ko`pincha pessimist. Jimjitlikni va tanholikni yoqtiradi. Avval o`ylaydi, keyin gapiradi. Ko`p hollarda bir xil bo`lgan qarorlar qabul qiladi. Imloviy xatolarni yomon ko`radi 2. Shaxsning his etuvchi tipi – hissiyotlarga va real dalillarga tayanadi, xususiydan umumiyga qarab fikr yuritadi.Veqeiylikka yo`nalgan bo`ladi. Tafsilotlar bo`lmaganda mohiyatni ko`ra olmaydi. Rahbar sifatida tafsilotlarga katta e’tibor qaratadi. Voqeiylikni tushunish uchun, qaraydi va tinglaydi, ikir-chikirlarga oydinlik kiritishni yoqtiradi. Yana ularni konkret shaxs tipi deb nomlashadi, chunki ular haqiqiy his-tuyg`ular olamida yashashadi, ko`rganlari, eshitganlari, hissiyotlariga ishonishadi, tafsilotlarni tezgina payqaydilar. Shaxsning intuitiv tipi – intuitsiya va tajribaga tayanadi. Umumiydan xususiyga kelib muhokama qiladi. Kelajakka yo`nalgan. Ko`p hollarda xayollar osmonida uchib yuradi, oyog`i ostidagi yerni his etmaydi. Rahbar sifatida haddan ortiq umumiy ko`rsatmalar beradi. Parishonxotir. Har doim ham xatolarga e’tibor bermasdan tez o`qiydi. Ularni yana mavhum shaxs tipi deb ham atashadi, ular nazariyalar va umumlashmalar olamida yashashadi, olamni ichki tamoyillar va sxemalar prizmasi orqali qabul qilishadi. Download 164.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling