Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 216.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana09.03.2023
Hajmi216.44 Kb.
#1254977
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biologiya darslarida TIMSS topshiriqlaridan foydalanishteks



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA‟LIMI MUAMMOLARINI O„RGANISH VA 
ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o„qitishning dolzarb masalalari 
 
 
“BIOLOGIYA DARSLARIDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIK 
YO„NALISHDAGI TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH”
o„quv kursining 
“Biologiya darslarida TIMSS topshiriqlaridan foydalanish” mavzusidan ma‟ruza 
matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma‟ruzasi: Azimova Dilrabo Ergashevna
Toshkent
 


5-Mavzu:Biologiya darslarida TIMSS topshiriqlaridan foydalanish. 
 
Reja: 
1. Tabiiy yo„nalishdagi fanlardan ta‟lim sifatini baholash bo„yicha xalqaro 
tadqiqoti haqida umumiy ma‟lumot. 
2. TIMSS 2019 Tabiiy fanlar. 
 
TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) – 
o„quvchilarning matematika va tabiiy yo„nalishdagi fanlardan o„zlashtirish darajasini 
baholash dasturi hisoblanadi.Dunyoning turli mamlakatlaridagi o„rta maktab 
o„quvchilarining matematik va tabiiy-ilmiyfanlarni o„qitish darajasi va sifatini, 
shuningdek milliy ta‟lim tizimida ro„y berayotgan o„zgarishlarni aniqlash va taqqoslash 
imkonini beradi. Ta‟lim yutuqlarini baholash bo„yicha Xalqaro Assotsiatsiya tomonidan 
milliy markazlar ishtirokida yetakchi xalqaro ilmiy tashkilotlar konsortsiumda amalga 
oshiriladi. Xalqaro muvofiqlashtiruvchi tadqiqot markazi Boston kolleji (International 
Study Center, Boston College, AQSh) hisoblanadi. Tadqiqot 1995-yildan boshlab, to„rt 
yillik sikllarda amalga oshiriladi va o„rta ta‟lim sohasida eng nufuzli xalqaro 
tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Tadqiqot dasturi bilan qamrab olingan mamlakatlar soni 
asta-sekin o„sib bormoqda.Ushbu tadqiqotning maqsadi turli xil ta‟lim tizimiga ega 
bo„lgan mamlakatlarda matematika va tabiiy fanlar siklidan 4- va 8-sinf o„quvchilarining 
tayyorgarligini qiyosiy baholash, shuningdek, o„quvchilar yutuqlarining turli darajalarini 
belgilaydigan ta‟lim tizimlarining xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot to„rt yilda 
bir marta o„tkaziladi. 2019-yilda tadqiqotning yettinchi sikli o„tkazildi. Avvalgi 
tadqiqotlar 1995, 1999, 2003, 2007, 2011 va 2015-yillarda o„tkazilgan. 2019-yil TIMSS 
tadqiqotida 60 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etdi. 
Tadqiqotning maqsadi turli ta‟lim tizimlariga ega bo„lgan mamlakatlarda o„rta 
maktab o„quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo„yicha umumta‟lim 
tayyorgarliklarini qiyosiy baholash va bu ta‟lim tayyorgarlik darajasiga ta‟sir qiluvchi 
omillarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotlar shuni ko„rsatadiki, uning natijalari har to„rt 
yilda bir marta 4-sinf o„quvchilari 8-sinf o„quvchilariga aylanganda ta‟limning 
matematik va tabiiy fanlar yo„nalishidagi an‟analarni kuzatish imkonini beradi. Bundan 
tashqari, ishtirokchi mamlakatlarda matematik va tabiiy fanlar ta‟limi mazmunining va 
o„quv jarayonining o„ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ta‟lim muassasalari, 
o„qituvchilar, o„quvchilar va ular oilalarining xususiyatlari bilan bog„liq omillar 
o„rganiladi. 
Tadqiqotning metodologik asosi bir tomondan rejalashtirilgan va amalga 
oshiriladigan ta‟lim darajasining o„zaro bog„liqligini,boshqa tomondan esa erishilgan 
ta‟lim darajasini (ta‟lim natijalari) tahlil qilish imkonini beruvchi o„quvchilarning ta‟lim 


yutuqlarini baholashning kontseptual modeli hisoblanadi. Ushbu model doirasida ta‟lim 
uchta daraja vaziyatidan ko„rib chiqiladi: 
* Rejalashtiriladigan daraja – ta‟lim muassasasiga ijtimoiy buyurtma. 
Rejalashtirilgan darajada ta‟limning rasmiy maqsadlari va jamiyatda to„plangan 
pedagogik va uslubiy g„oyalar to„plami shakllantiriladi, bu o„quv dasturlari va o„quv 
qo„llanmalarida o„z aksini topadi. 
* Amalga oshiriladigan daraja – ta‟lim muassasasining haqiqiy o„quv jarayoni. 
Amalga oshirilayotgan darajada ta‟lim muassasasi o„qituvchisi real (haqiqiy)ta‟lim 
jarayonida ta‟limning rejalashtirilgan mazmunini shakllantiradi. 
* Erishilgan daraja – ta‟lim muassasasida ta‟lim natijalari. O„quvchilarning ta‟lim 
yutuqlari, bilimlari, ko„nikmalari va munosabatlari erishilgan darajada baholanadi. 
Tadqiqot xalqaro muvofiqlashtiruvchi markaz tomonidan ishlab chiqilgan va 
barcha ishtirokchi mamlakatlar uchun yagona hisoblanadigan yo„riqnomalarga muvofiq 
amalga oshiriladi. Tadqiqotning barcha bosqichlari (tadqiqot ishtirokchilarining 
saralashni shakllantirish, material (topshiriq yoki tadqiqot vosita) larni tarjima qilish va 
moslashtirishdan, test jarayonini o„tkazish va sinovdan oldingi hamda undan keyingi 
ma‟lumotlarni anketalashtirishgacha) xalqaro ekspertlarning bevosita nazorati ostida 
amalga oshiriladi.Har bir mamlakatda milliy tadqiqot koordinatori tayinlanadi, u 
ishtirokchi mamlakatning ta‟lim vazirligi va ta‟lim yutuqlarini baholash bo„yicha xalqaro 
uyushma o„rtasida ta‟lim sohasida hamkorlik to„g„risidagi bitim doirasida aniqlanadi. 
Shunday qilib, mamlakat qiyosiy tadqiqotlar o„tkazish uchun tegishli infratuzilma va 
resurslarning mavjudligini kafolatlaydi. Tadqiqot vositalarini ishlab chiqish uchun asos 
sifatida “TIMSS Assessment Frameworks and Specifications”ning maxsus ramka hujjati 
qo„llaniladi. Bu hujjatda o„quvchilarning tabiiy-matematik tsikldagi ta‟lim yutuqlarini 
baholashning 
umumiy 
yondashuvlari 
va 
test 
topshiriqlarini 
ishlab 
chiqish, 
o„quvchilarning topshiriqlarni bajarishda namoyish etishi kerak bo„lgan bilim faoliyati 
turlari, o„quvchilar, o„qituvchilar va ta‟lim muassasalarini tavsiflovchi asosiy omillar 
ro„yxati, tahlil qilish uchun so„rovnoma jarayonida to„planadigan ma‟lumotlar, 
topshiriqlardan namunalar keltirilgan. Turli mamlakatlar o„quvchilarining ta‟limdagi 
yutuqlarini taqqoslash uchun asos bo„ladigan maksimal obyektiv test sinovini o„tkazishda 
tadqiqotda ishtirok etayotgan mamalakatlar ta‟lim tizimlarining o„ziga xos xususiyatlarini 
e‟tiborga olish kerak. Shuning uchun ushbu hujjat ishtirokchi mamlakatlar vakillaridan 
tuzilgan maxsus ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqiladi va shundan so„ng 
tekshirilayotgan mazmunning ishtirok etuvchi mamlakatlarning o„quv dasturlari 
mazmuniga muvofiqligiekspertizadan o„tkaziladi. Bu shuni anglatadiki, xalqaro 
taqqoslash natijalariga tayanib, mamlakatlar o„zlaridagi matematik va tabiiy-
ilmiyta‟limning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashlari mumkin. 
Tabiiyki, bolalarda atrof-olam va unda o„zlarining o„rni haqida qiziquvchanlik 
bo„ladi. Boshlang„ich sinflarda tabiiy fanlar ta‟limi bolalarning bunday qiziquvchanligiga 


asoslanadi va ularni o„zlari yashayotgan dunyoni muntazam tadqiq etish yo„liga 
boshlaydi. Quyi sinf o„quvchilarining tabiiy fanlar haqidagi tushunchalari shakllanib 
borar ekan, ularning o„zlari va dunyolari to„g„risida qarorlarni ongli ravishda qabul qila 
olish ko„nikmalari rivojlanib boradi, natijada, ular voyaga yetganda ilmiy haqiqatni 
to„qib chiqarilganidan ajrata oladigan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarning 
ilmiy asosini tushunishda qodir fuqarolar bo„lishadi. 
Iqtisodiy rivojlanish va hayot sifatini yaxshilash uchun zarur bo„lgan 
innovatsiyalarning rivojlanishiga turtki beradigan tabiiy fanlar, texnika va muhandislik 
sohalarida faoliyat yuritishga qodir bo„lgan insonlarga butun dunyoda talab ortib 
bormoqda. Ushbu talabni qondirish uchun mazkur sohalar bo„yicha o„quvchilarni 
ta‟limning keyingi bosqichiga tayyorlash juda muhimdir. 

Download 216.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling