Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Tabiiy fanlarning mazmun sohasi (8-sinf)


Download 216.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana09.03.2023
Hajmi216.44 Kb.
#1254977
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biologiya darslarida TIMSS topshiriqlaridan foydalanishteks

Tabiiy fanlarning mazmun sohasi (8-sinf) 
TIMSS Tabiiy fanlar bo„yicha 8-sinfni baholashning tabiiy fanlar mazmunini 
to„rtta asosiy mazmun sohasi belgilaydi: biologiya, kimyo, fizika va geografiya.
Ushbu mazmun sohalarining har biri bir nechta asosiy mavzularni va har bir 
mavzu, o„z navbatida, bir yoki bir nechta mavzularni o„z ichiga oladi. Shuningdek, har 
bir mavzu doirasida o„quvchilarning egallagan bilim, ko„nikma va malakalarini aks 
ettiruvchi aniq maqsadlar bilan tavsiflanadi.
Biologiya 
O„quvchilar 8-sinfda boshlang„ich sinflarda tabiatshunoslik fanidan 
egallagan fundamental bilimlariga asoslanib, biologiyadagi juda ko„p muhim 
tushunchalarni anglaydilar. Biologiya oltita mavzuni o„z ichiga oladi: 

Organizmlarning o„ziga xos xususiyatlari va ularda kechadigan hayotiy 
jarayonlar; 

Hujayralar va ularning funksiyalari; 

Hayot sikllari, ko„payish va irsiyat; 

Xilma-xillik, moslanish va tabiiy tanlanish; 

Ekosistemalar; 

Odam salomatligi. 
Organizmlarning o„ziga xos xususiyatlari va ularda kechadigan hayotiy 
jarayonlar 
1. Organizmlarning asosiy taksonomik guruhlari o„rtasidagi farqlar: 
A. Organizmlarning asosiy taksonomik guruhlari (ya‟ni, o„simliklar, hayvonlar, 
zamburug„lar, sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar, amfibiyalar va 
hasharotlar) ni ajratib turadigan asosiy xususiyatlarini aniqlash.
B. Organizmlarning asosiy taksonomik guruhlari (ya‟ni, o„simliklar, hayvonlar, 
zamburug„lar, sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar, amfibiyalar va 
hasharotlar)ga misol bo„la oladigan organizmlarni bilish va tasniflash. 
2. Asosiy organlar sistemalarining tuzilishi va funksiyalari: 


A. Odam tanasidagi asosiy organlar (masalan, o„pka, oshqozon, miya) va asosiy 
organlar sistemalari (masalan, nafas olish sistemasi, ovqat hazm qilish sistemasi) hamda 
organlarning joylashishini bilish va aniqlash. 
B. Odamlar va boshqa umurtqali hayvonlarning asosiy organlari hamda asosiy 
organlar sistemalarini taqqoslash. 
C. Tiriklikni ta‟minlash, masalan, qon aylanishi va nafas olishda ishtirok etadigan 
asosiy organlar va asosiy organlar sistemalarining ahamiyatini tushuntirish. 
3. Hayvonlardagi fiziologik jarayonlar: 
A. Hayvon tanasining barqarorligini saqlash uchun tashqi va ichki o„zgarishlarga 
javob berishini bilish (masalan, jismoniy harakatlar vaqtida yurak urishining tezlashishi
suvsizlanganda chanqoqlik, energiyaga ehtiyoj bo„lganda ochlik hissi, issiqda terlash
sovuqda titroq). 

Download 216.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling