Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Xilma-xillik, moslanish va tabiiy tanlanish


Download 216.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana09.03.2023
Hajmi216.44 Kb.
#1254977
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biologiya darslarida TIMSS topshiriqlaridan foydalanishteks

Xilma-xillik, moslanish va tabiiy tanlanish 
1. O„zgaruvchanlik tabiiy tanlanish 
uchun asos sifatida: 
A. Populyatsiyadagi ba‟zi individlar o„rtasida belgi va fe‟l-atvor xususiyatlarining 
o„zgarishlari ularning yashab qolishi va o„zlarning xususiyatlarini keyingi avlodlarga 
o„tkazishda ustunlik beradi. 
B. O„zgaruvchan muhitda turlarning yashab qolishi yoki yo„q bo„lib ketishini nasl 
qoldirish bilan bog„lash (tabiiy tanlanish). 
2. Vaqt o„tishi bilan Yerda hayotning o„zgarishiga oid dalillar: 
A. Qazilma holdagi dalillardan foydalanib, Yerda organizmlarning asosiy 
guruhlari mavjud bo„lgan vaqtning nisbiy davomiyligi to„g„risida xulosa chiqarish. 
B. Hozida yashab turgan turlar va qazilma holdagi organizmlar o„rtasidagi 
o„xshashlik va farqlar tirik mavjudotlarda vaqt o„tishi bilan yuz beradigan o„zgarishlarga 
dalil bo„lishini tasvirlash hamda belgi-xususiyatlarning o„xshashlik darajasi tirik 
organizmlar umumiy ajdoddan kelib chiqqanligiga dalil ekanligini bilish. 
Ekosistemalar 
1. Ekosistemalarda energiya oqimi: 
A. Organik moddalarni hosil qiluvchilar, iste‟mol qiluvchilar va parchalovchilarni 
bilish va ularga misollar keltirish; oziq to„rlarini chizish yoki talqin qilish. 
B. Ekosistemadagi energiya oqimini tavsiflash (ya‟ni, energiya organik moddalarni 
hosil qiluvchilardan iste‟mol qiluvchilarga o„tishi va energiyaning faqat ma‟lum bir 
qismigina bir darajadan ikkinchisiga o„tishi); energiya piramidalarini chizish yoki talqin 
qilish. 
2. Ekosistemalarda suv, kislorod va uglerodning davriy aylanishi: 
A. Ekosistemada suvning davriy aylanishida tirik mavjudotlarning ahamiyatini 
tasvirlab berish (ya‟ni, o„simliklar tuproqdan suvni shimib oladi va barglari orqali suv 
bug„latadi; hayvonlar esa suv ichib, nafas olish va ayirish orqali suvni tanadan chiqarib 
yuboradi). 
B. Ekosistema orqali kislorod va uglerodning davriy aylanishida tirik 
mavjudotlarning ahamiyatini tavsiflash (ya‟ni, o„simliklar havodan karbonat angidrid 
yutadi va fotosintezning bir qismi sifatida havoga kislorod chiqaradi hamda hujayralarida 
uglerod to„playdi, hayvonlar havodan kislorod yutadi va havoga karbonat angidrid 
chiqaradi. 
3. Ekosistemadagi organizmlar populyatsiyalarining o„zaro bog„liqligi: 
A. Ekosistemadagi populyatsiyalar yoki organizmlar o„rtasidagi raqobatni 
tavsiflash va misollar keltirish. 
B. Ekosistemadagi yirtqichlikni tasvirlash va misollar keltirish. 


C. Ekosistemadagi organizmlar populyatsiyalari o„rtasida simbiozni tasvirlash va 
misollar keltirish (masalan, gullarni changlantiruvchi qushlar yoki hasharotlar, kiyik yoki 
qoramolning ustida hasharotlar bilan oziqlanadigan qushlar). 
4. Ekosistemada populyatsiya soniga ta‟sir etuvchi omillar: 
A. O„simliklar va hayvonlarning o„sishiga ta‟sir etuvchi omillarni tavsiflash; 
populyatsiya sonini cheklaydigan omillarni bilish (masalan, kasallik, yirtqichlar, ozuqa 
manbai, qurg„oqchilik). 
B. Ekosistemadagi o„zgarishlar (masalan, suv bilan ta‟minlanganganlik, yangi 
populyatsiyaning paydo bo„lishi, ov qilish, migratsiya) mavjud resurslarga, bu esa 
populyatsiyalar o„rtasidagi muvozanatga qanday ta‟sir qilishi mumkinligini prognoz 
qilish. 
5. Odamning atrof-muhitga ta‟siri: 
A. Odamlarning faoliyati atrof-muhitga qanday ijobiy ta‟sir ko„rsatishi 
mumkinligini tasvirlash va tushuntirish (masalan, o„rmonlarni qayta ekish, havo va suv 
ifloslanishini kamaytirish, yo„qolib borayotgan turlarni himoya qilish).
B. Odamlarning 
faoliyatiatrof-muhitga qanday salbiy ta‟sir ko„rsatishi 
mumkinligini tasvirlash va tushuntirish (masalan, ishlab chiqarish korxonalaridan 
chiqayotgan oqava suvlarning suv havzalariga tushishi, yoqilg„i qazilma boyliklarining 
yonishi natijasida havoga issiqxona gazlarining ajralib chiqishi va havoni ifloslantirishi); 
havo, suv va tuproq ifloslanishining odamlar, o„simliklar va hayvonlarga ta‟sirini 
tasvirlash va misollar keltirish (masalan, suvning ifloslanishi suv havzasidagi o„simlik va 
hayvonlar sonini kamaytirishi mumkin). 

Download 216.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling