Hujayralar va ularning funksiyalari
1. Hujayralarning tuzilishi va funksiyalari:
A. Tirik mavjudotlar hayotiy funksiyalarni bajaradigan va bo„linish orqali
ko„payadigan hujayralardan tashkil topganligini tushuntirish.
B. Hujayraning asosiy strukturalarini bilish (masalan, hujayra devori, hujayra
membranasi, yadro, xloroplast, vakuola, mitoxondriya) va ushbu strukturalarning asosiy
funksiyalarini tavsiflash.
C. Hujayra devori va xloroplastlar o„simlik hujayralarini hayvon hujayralaridan
farqlashini bilish.
D. To„qimalar, organlar, organ sistemalari ixtisoslashgan strukturalar va
funksiyalarga ega bo„lgan hujayralardan hosil bo„lganligini tushuntirish.
2. Fotosintez va hujayraning nafas olish jarayonlari:
A. Fotosintezning mohiyatini tavsiflash (ya‟ni, yorug„lik, karbonat angidrid, suv,
xlorofillning zarurligi; glyukoza/shakar hosil bo„lishi va kislorod ajralib chiqishi).
B. Hujayraning nafas olisihini tavsiflash (ya‟ni, kislorod va glyukoza / shakarning
zarurligi; energiya ishlab chiqarishi va karbonat angidrid, suv ajratib chiqarishi).
Hayotiy sikllar, ko„payish va irsiyat
1. Hayotiy sikllar va rivojlanish qonuniyatlari:
A.Turli xil organizmlar (ya‟ni, sutemizuvchilar, qushlar, amfibiyalar, hasharotlar,
o„simliklar)ning hayot sikllari, o„sish va rivojlanish qonuniyatlarini taqqoslash.
2. O„simlik va hayvonlarning jinsiy ko„payishi, irsiyat:
Jinsiy ko„payish urug„ hujayrasi tuxum hujayrani urug„lantirishi va ota-onaning
hech biriga aynan o„xshamagan nasllarni vujudga keltirishini o„z ichiga olishi,
belgilarning irsiylanishi organizmlarning genetik materialni nasldan-naslga o„tkazishi
bilan bog„liqligini bilish.
B. Organizmlarning xususiyatlari DNKda kodlanganligini bilish; DNK har bir
hujayraning yadrosidagi xromosomalarda joylashgan genetik ma‟lumot ekanligini bilish.
C. Irsiylanadigan belgi-xususiyatlarni hayotda orttirilgan belgi-xususiyatlardan
farqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |