Istiqlol davri she'riyatining yetakchi tamoyillarini o‘qitish


Savol “Siz ona vatan uchun, uning mehribonligi uchun qanday javob bermoqchisiz?” o‘


Download 35.85 Kb.
bet4/4
Sana02.04.2023
Hajmi35.85 Kb.
#1319848
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza.Istiqlol davri o`zbek

Savol “Siz ona vatan uchun, uning mehribonligi uchun qanday javob bermoqchisiz?” o‘quvchilar berilgan savolga o‘z fikrlarini bayon etadilar.

O‘quvchilarning tarixiy shaxslar haqida bilimini mustaxkamlash borasida she’rdagi Temur Malik. Muqanna, Shiroq kimlar, va ular haqida nimalar bilasiz?. Shoir she’rida ularning nomlarini nima maqsadda keltirgan deb o‘ylaysiz? Degan savollarni ham o‘quvchilarga havola etish mumkin. O‘quvchilar bobokolonlarimiz haqida bilganlarini gapirishadi, hamda shoir ular bilan faxrlangani uchun she’rida nomlarini qayd etganini aytadilar.
She’rdagi
Kim Qoshg‘arni qildi makon,
Kim enasoy tomonda.
Misralarida shoir nimalarni nazarda tutgan deb o‘ylaysiz? Degan savol o‘quvchilarni anchagina o‘ylantirib qo‘yishi mumkin. Ular shoir Furqat Qoshg‘arda qolib ketganini aytishlari mumkin. Ammo enasoy darsyosi bo‘ylarida qolib ketgan yurtdoshlarimiz, ajdodlarimiz haqida fikr aytolmaydilar. Shunda o‘qituvchi o‘quvchilarga qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib Enasoy daryosi va uning bo‘ylarida yashagan turkiy xalqlar haqida malumot beradi va o‘quvchilarning o‘zlari ham bu haqda malumot yig‘ishlarini ixtiyoriy vazifa qilib topshiradi.
Dasturda ajratilgan 3 soat so‘ngi 3- mashg‘ulotida M.Yusufning hayot yo‘li va darslikda berilgan to‘rtta sheri o‘rganib bo‘linadi. O‘quvchilarning bilimini mustaxkamlsh maqsadida AUKSION o‘yinini o‘tkazish mumkin. Bunda oldindan tayyorlangan savol asosida o‘quvchilar ball to‘plashadi va “5”, “4”, “3” baholariga davogarlik qilishadi. Uy vazifasi sifatida M. Yusuf hayoti va ijodi haqida qo‘shimcha malumot yig‘ish topshirig‘i beriladi.


UMUMIY XULOSALAR
20-asrning 90 yillari boshidan etiboran o’zbek xalqi o’z tarixining tamomila yangi bosqichiga kirdi. Va millat hayotining estetik ifodasi o’laroq istiqlol adabiyoti, istiqlol she’riyati deb atalmish hodisa yuzaga keldi. Istiqlol davri o’zbek adabiyoti ko’p asrlik milliy adabiyotning mantiqiy davomi edi. Bu adabiyot milliy adabiyot taraqqiyotidagi shunchaki bir bosqich bo’lmay, qator belgilarga ega bo’lgan o’ziga hos badiiy-estetik voqelikdir.
Mustaqillik davri o’zbek she’riyati olam hodisalari va oadam ruhiyati qarralariga xilma-xilqarash, olamning mavjudlik yo’sini va undagi tartibotlarni turlicha izohlash imkoniyati mahsuli bo’lgan she’riyatdir. Mustaqil o’zbek davlati badiiy adabiyotni sho’ro zamonida bo’lgani kabi o’z monopoliyasiga aylantirishga urinmay qo’yishi bilan ijod erkinligiga sharoit yaradi. Bu adabiyot siyosatga bo’ysindirilmagani uchun ham ijodkorning kongil ishiga aylandi.
Bugungi o’zbek she’riyati millat ahlining ko’ngli, sezimlari va ruhiyatini tasvirlashga e’tibor qaratishi natijasida inson asosiy badiiy qadriyatga aylandi. Mustaqillik davri o’zbek she’riyati chinakamiga xilma-xil tamoyillar asosida qurilgan she’riyat bo’ldi. Ya’ni quyidagi 4 tamoyil uning asosiy ustunlarini tashkil etadi:

Istiqlol davri she’riyatining qisqalikka intilishi (yapon, xitoy, koreys she’riyatidagi tanka7, xokku8, syaoshi9 she’r shakllaridan foydalanish ) shunchaki modaning ketidan quvish bo’lmay, chuqur ichki mantiqqa ega. Bu she’riyat o’quvchiga ishonch, uni badiiy so’zning iste’molchisigina emas, balki, sheriy holatni tuyish jarayonining ishtirokchisi martabasiga ko’tarishning natijasidir.
Xullas, poeziyaning o’z asl manbasiga qaytganligi, nazokatli ifodalar orqali tasvirlashga o’tilganligi istiqlol davri o’zbek she’riyatiga hos asosiy hususiyatlardan biri bo’ldi deyish mimkin.

1 Bahtiyor Nazarov Mustaqillik davri o’zbek she’riyati manzaralari


2 Bahtiyor Nazarov Mustaqillik davri o’zbek she’riyati manzaralari
3 O. Hojiyeva. Tavallud taronasi.- T.: 2007 yil, 27-bet
4 A.Oripov. Tanlangan asarlar, 4-tom. 74 bet
5 Q.Rahimboyeva. Ozod o’zbekiston // Yozuvchi gazetasi, 1999-yil, 10 mart.
6 Alisher Navoiy “Arbain hadis” kitobiga muqaddima. T. “Yozuvchi”, 1991y.
7 Tanka - 31 bo’g’indan iborat besh misrali she’riy shakl
8 Xokku – 17 bo’ginni o’z ichiga olgan 3 misrali she’r.
9 Syaoshi- qofiyali-qofiyasiz ham, bir, ikki, uch, to’rt, besh misrali bo’lishi mumkin.
Download 35.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling