Istma haqida tushuncha. Istma turlari
Download 70.6 Kb.
|
Istma haqida tushuncha. Istma turlari.
Isitma turlari. Isitma nechog`li balandligi, qancha davom etishi va harorat qay tariqa o`zgarib turishiga qarab farqlanadi. Balandligiga qarab subnormal (35-36°C), normal (36-37°C) va subfebril (37-38°C) harorat tavofut qilinadi. Haroratni 38°C oshishi isitma deb, shu bilan birga 38°C dan 39°C gacha ko`tarilishi o`rtacha, 39°C dan 42°C gacha yetishi yuqori va 42-42,5°C gacha oshishi o`ta yuqori isitma deb hisoblanadi.
Isitma qanchalik uzoq davom etishiga qarab: 1) tez o`tib ketadigan — bir necha soatdan 1—2 kungacha davom etadigan; 2) o`tkir — 15 kungacha; 3) o`rtacha o`tkir — 45 kungacha; 4) cho`ziladigan va surunkali — 45 kundan ko`p davom etadigan isitmalarga bo`linadi. Haroratning o`zgarishiga qarab, isitmaning quyidagi turlari farq qilinadi: 1. Doimiy isitma — baland bo`lib, uzoq davom etadi, harorat kuniga 1°C dan ko`p o`zgarmaydi. Toshmali terlama va ich terlama, hamda zotiljam (o`pkaning krupoz yallig`lanishi) uchun xos. 2. Bo`shashtiradigan isitma — febris remittens — harorat sutkasiga 1°C ko`p o`zgarib, 38°C dan past tushib turadi. Yiringli jarayonlarda, o`pkaning o`chog`li yallig`lanishlarida kuzatiladi. 3. Tinkani quritadigan yoki gektik isitma — febris hectica uzoq davom etadigan isitma bo`lib, bunda harorat kuniga 4—5°C o`zgarib turadi va normal yoki subnormal raqamlargacha tushadi. o`pka silining og`ir xilida, sepsisda (qon zararlanganda), yallig`lanish kasalliklarida qayd qilinadi. 4. Noraso isitma — febris inversa xususiyati va darajasiga ko`ra gektik isitmaga o`xshab ketadiyu, lekin harorat ertalab maksimal, kechqurun esa normal. Bu sil va sepsisning og`irturlarida uchraydi. 5. Atipik isitma — febris irregularis — muddatning notayinligi va haroratning kun davomida noto`g`ri va turli-tuman o`zgarib turishi bilan ta'riflanadi. 6. O`zgarib turadigan isitma — febris intermittis — bezgakda bo`ladi. Harorat xususiyati va o`zgarish darajasiga ko`ra gektik isitmaga o`xshaydi, lekin haroratning baland bo`lib turishi bir soatdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Harorat ko`tarilishi har kuni emas, bezgak sababchisining xiliga qarab kunora, ikki kunda bir marta takrorlanib turadi. 7. Qaytalama isitma — febris rekurrens bir necha kun davom etadigan baland isitma davrlarining isitmasiz davrlar bilan qonuniy almashinib turishidir. Qaytalama isitma terlama uchun xos. 8. To`lqinsimon isitma—febris undulans — harorat asta-sekin yuqori raqamlargacha ko`tariladigan davrlaming asta-sekin subfebril yoki normal raqamlarga tushadigan davrlar bilan almashinishidir. Brusellyoz va limfogranulematozda kuzatiladi. Harorat egri chizig`ining ko`rinishi aksariyat kasallikni aniqlash imkonini beribgina qolmay, balki uning kelgusida qanday o`tishi to`g`risida taxminiy fikr yuritishga ham yordam beradi. Masalan, o`pkaning o`chog`li yallig`lanishida atipik harorat egri chizig`i gektik isitma bilan almashinsa, asorat bor, o`pkada yiringlanish boshlanayapti deb gumon qilish kerak. Isitma evolyutsiyasida yuksak hayvonlar va odam organizmining infektsiyaga qarshi himoya-moslashuvchanlik reaktsiyasi sifatida paydo bo’ldi, shuning uchun tana haroratining ko’tarilishidan tashqari bu jarayonda infektsion patologiyaga xos bo’lgan boshqa hodisalar ham kuzatiladi. Odatda isitma isib ketish bilan birga kechadi. Bir qator nozologik birliklarning zamonaviy nomlarida «isitma» (rus. лихорадка) atamasini uchratish mumkin, ular tana haroratining ko’tarilishi bilan bo’gliq emas, shunchaki shunday nom berilgan, masalan, pappatachi isitmasi, Ebola gemorragik isitmasi va boshqalar. Isitmaning mohiyati yuqori gomoyotermiyali hayvonlar va insonlar termoregulyatsiya apparatining spetsifik moddalarga (pirogenlarga) javobi bo’lib, bu harorat gomeostazi nuqtasini vaqtincha yuqoriroq darajaga siljishi bilan tavsiflanadi va bunda termoregulyatsiyaning o’z mexanizmlari saqlanib qoladi, aynan shu isitma va gipertermiya orasidagi asosiy farq sanaladi. Download 70.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling