Istma haqida tushuncha. Istma turlari


Download 70.6 Kb.
bet3/6
Sana27.06.2023
Hajmi70.6 Kb.
#1656802
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Istma haqida tushuncha. Istma turlari.

PIROGENLAR
Pirogenlar — organizmga tashqi tomondan tushadigan yoki uning ichida hosil bo’ladigan isitmaga olib keladigan moddalardir. Ekzogen pirogenlar ko’pincha infektsion qo’zg’atuvchilarning komponentlari hisoblanadi. Ularning eng kuchlilari gram-manfiy bakteriyalarning kapsulali termostabil lipopolisaxaridlari sanaladi. Ekzogen pirogenler bilvosita, gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida o’rnatilgan nuqtaning siljishini ta’minlaydigan endogen pirogenlar orqali ta’sir qiladi.
Ko’pgina endogen pirogenlar leykositar kelib chiqishga ega, bular, masalan, 1 va 6 interleykinlar, o’sma nekrozi omillari, interferonlar, makrofagli yallig’lanishli 1α-oqsil, bularning ko’pchiligi pirogen (prostaglandin sintezini keltirib chiqarish qobiliyati tufayli) ta’sirdan tashqari boshqa bir qator muhim ta’sirlar ko’rsatadi. Endogen pirogen manbai, asosan, immun tizimining hujayralari (monositlar, makrofaglar, T- va B- limfotsitlar) va granulositlar hisoblanadi. Pirogenlarning bu hujayralar tomonidan shakllanishi va chiqarilishi har qanday etiologiyali yallig’lanish, pirogen steroidlar va boshqalar ta’sirida sodir bo’ladi.
ISITMA RIVOJLANISHI MEXANIZMI
ISITMA BOSQICHLARI
O’zining rivojlanishida isitma har doim 3 bosqichdan o’tadi:

  • Birinchi bosqichda harorat ko’tariladi (stadia incrementi);

  • Ikkinchi bosqichda u bir muncha vaqt davomida yuqori darajada saqlanib turadi (stadia fastigi yoki acme);

  • Uchinchi bosqichda u boshlang’ich haroratgacha kamayadi (stadia decrementi).

HARORATNING KO’TARILISHI
Termoregulyatsiyani qayta tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lib, bunda issiqlik ishlab chiqarilishi issiqlik uzatilishidan (sarflanishi) oshib ketadi. Katta yoshli kishilarda haroratning ko’tarilishi issiqlik ishlab chiqarishning ortishi emas, balki issiqlik uzatilishini cheklash bilan bog’liq. Bu energiya sarfini oshirishni talab qilmagani bois organizm uchun juda ham tejamli. Bundan tashqari, bu mexanizm tanani tezroq qizishini ta’minlaydi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda, aksincha, issiqlik ishlab chiqarishning o’sishi ustun bo’ladi.
Issiqlik uzatishni cheklash periferik tomirlarning torayishi va to’qimalarga issiq qon oqimi kamayishi bilan bog’liq. Eng muhimlari teri osti tomirlarining spazmi va simpatik asab tizimining ta’siri ostida terlashning to’xtatilishi. Teri rangi oqaradi, uning harorati pasayib, nurlanish tufayli issiqlik uzatilishi (emissiyasi) cheklanadi. Ter ajralishining kamayishi bug’lanish orqali issiqlik yo’qotilishini cheklaydi. Soch ildizlari mushaklarining qisqarishi hayvonlar junining ko’tarilishiga olib keladi va natijada issiqlikni izolyatsiya qiluvchi qo’shimcha havo qatlami hosil bo’ladi, odamlarda bu «g’oz terisi» fenomeni bilan namoyon bo’ladi.
Varaja qilish sub’yektiv tuyg’usi bevosita teri haroratining pasayishi va teri sovuq termoretseptorlarining qo’zg’alishi bilan bog’liq, termoretseptorlardan chiqqan signal termoregulyatsiyaning integrativ markazi hisoblanmish gipotalamusga boradi. Shundan so’ng gipotalamus vaziyat haqida miya po’stlog’iga xabar yuboradi va natijada tegishli xatti-harakatlar yuzaga keladi: o’ranib olish, tanani ma’lum bir holatga keltirish. Teri haroratining pasayishi natijhasida mushaklar titrog’i boshlanadi.
Modda almashinuvining faollashishi tufayli mushaklarda issiqlik ishlab chiqarish (qisqaruvli termogenez) ortadi. Shu bilan birga, miya, jigar, o’pka kabi ichki a’zolarda qisqaruvsiz termogenez oshadi.

Download 70.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling