Istma haqida tushuncha. Istma turlari


Download 70.6 Kb.
bet1/6
Sana27.06.2023
Hajmi70.6 Kb.
#1656802
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Istma haqida tushuncha. Istma turlari.



ANGREN UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH
Fan: Tibbiyot kasbiga kirish


Mavzu: “Istma haqida tushuncha. Istma turlari”

Bajardi: Nabijonov M.

Guruh: DI 12

Qabul qildi: ________________
Angren 2023
Mavzu: Istma haqida tushuncha. Istma turlari.
Reja:

  1. Isitma nima?

  2. Isitma turlari

  3. PIROGENLAR

Isitma — odam va issiq qonli hayvonlar organizmining qoʻzgʻatuvchi omillar (xususan, mikroblar)ga nisbatan maxsus reaksiyasi; himoyalanish usullaridan biri. Isitma yuqori gomoyotermal organizmlarda pirogenik stimullarga javoban rivojlanadigan tipik patologik jarayon bo’lib, tana haroratining faol ko’tarilishiga qaratilgan termoregulyatsiyaning qayta tuzilishi bilan namoyon bo’ladi.
Kogpincha kasallik mikroblari (va viruslari) chiqargan modsalar va ularning parchalanish mahsulotlari, orga-nizmga hazm yoʻlidan boshqa yoʻl bilan kiritilgan yot oqsillar (baʼzan vak-sinalar)ning parchalanish mahsulotlari, shuningdek, organizmning oʻz toʻqima va hujayralari shikastlanganda (mas, ichga qon quyilganda, jarohatlanishda, toʻqimalar ezilganda va h. k.) hosil boʻladigan moddalar taʼsirida I. chiqadi. Organizmda moddalar almashinganda kimyoviy reaksiyalar roʻy berishi toʻfayli baʼzi aʼzolarda, mas, jigar va muskullarda doim issiklik hosil boʻlib turadi, shundan maʼlum bir qismining badanda ushlanib qolishi gavda temperaturasining koʻtarilishiga sabab boʻladi. Yuqorida aytilgan moddalar bosh miyadagi termoregulyasiya markaziga bevosita yoki retseptorlar orqali taʼsir etganda I. paydo boʻladi. Gavda temperaturasi tez koʻtarilganda teri tomirlari torayib (spazm), sovuq seziladi va muskullar titraydi (qarang Jun-jikish). Gavda temperaturasi juda yuqori koʻtarilgan vaqtda organizmdan issiklik chiqib ketishi kuchayib, issiqlik hosil boʻlishi vaqtincha muvozanatlanadi. Temperatura tushayotganda organizmdan issiklik chiqib ketishi yanada kuchayadi (badan terlaydi, teri tomirlari kengayadi). temperatura birdaniga — juda tez (kritik) yoki sekin-asta (litik) tushishi mumkin.
Baʼzi mikrob zaharlarining katta dozalari termoregulyasiya markazini qoʻzgʻatgach, ketidan susaytirishi mumkin. Shu sababli kasallik (mas, dif-teriya)ning ogʻir — toksik xili deyarli. I.siz oʻtishi mumkin. Keksalar va ozgʻin, bedarmon kishilar ogʻir infeksion kasalliklar bilan ogʻriganda baʼzan I. chiqmaydi.
Gavda temperaturasining koʻtarilish darajasiga qarab I. subfebril (38° dan past), oʻrtacha (39,5° gacha), yukrri yoki baland (4 G gacha) va, baʼzan, haddan tashqari yuqori (41° dan ortiq) boʻladi. Gavda temperaturasining 40—4G gacha koʻtarilishi bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, ishtaha boʻgʻilishi, meʼda sekretsiyasining susayishi va boshqa hodisalarga sabab boʻlsada, hayot uchun xavfli emaye Lekin isitmali baʼzi kasalliklarda bemorning alaxlashi, behush boʻlib qolishi, moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilishning buzilishi, asosan, temperaturaning koʻp koʻtarilishiga emas, balki shu kasallikdagi intoksikatsiya xususiyatlariga va shuning natijasida orga-nizmdagi turli funksiyalarning buzilish darajasiga bogʻliq. Bu holda be-mor atrofida hamshira yoki boshqa tibbiyot xodimi, shuningdek, bemorning yaqin kishilari boʻlib sovuq kompress qoʻyishi va bexosdan oʻrnidan turib ket-masligini nazorat qilib turishi shart.
Kasallik sababini bartaraf qilmay turib, isitmani sunʼiy yoʻl bilan tushirish bemorning kayfiyatini yaxshilasa ham, naf bermaydi, aksincha, tashhis (diagnoz) ni qiyinlashtiradi. I. chiqqanda organizmning immun xususiyatlari kuchayib (qarang Immunitet), infeksion jarayonlar susayadi, shu bois ayrim hollarda (zaxmning 4-bosqichi, epidemik ensefalit va boshqalar) davo maq-sadida sunʼiy I. yuzaga keltiriladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Kelib chiqish sababiga ko`ra, infeksion va infeksion bo`lmagan isitmalar farq qiladi. Isitmaning keyingi xili shikastlangan to`qimalarga dori surtilayotganda, qon quyilayotganda organizmga yot narsa tushganda, markaziy nerv tizimi shikastlanganda, odam zaharlanganida kuzatiladi.

Download 70.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling