Mavzu. Xodimlarni boshqarish Reja
Download 111.48 Kb.
|
1 6 ma`ruzaXodimlarni boshqarish 777
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mehnat jamoalarini boshqarish tizimi va tamoyillari
- "Inson resurslarini boshqarish"
- 1-jadval. Inson resurslarini boshqarishdagi faoliyat turlari
- Mehnat jamoalarini boshqarish
- Mehnat jamoalarini boshqarish tizimi
- 2-jadval. Mehnat jamoalarini boshqarish tizimi
Mavzu. Xodimlarni boshqarish Reja 1. Mehnat jamoalarini boshqarish tizimi va tamoyillari 3. Mehnat jamoalarini boshqarish samaradorligi 4. Xodimlarni rejalashtirish Tayanch so’zlar: mehnat, mehnat jaryoni, xodimlarni rejalashtirish, ish jarayoni, kadrlar bilan ishlash jarayonlari, mehnat jamoalarini boshqarish, funsional boshqarish, tashkiliy boshqarish, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, mehnat intizomi, guruhga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, ishchi guruhining mehnat unumdorligi va qoniqishi, ishni joriy baholash, mehnat ergonomikasi. 1. Mehnat jamoalarini boshqarish tizimi va tamoyillari "Xodim" iborasi o’zbek tilining izohli lug’atida "biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi" ma'nosida talqin etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, medetsina xodimi, ilmiy xodim va hk. Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondoshuv mavjud: inson resurslarini boshqarish; xodimlarni boshqarish. "Inson resurslarini boshqarish" tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek ijtimoiy rivojlanish masalalarini o’z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beriladi. "Xodimlarni boshqarish" tushunchasi esa ko’proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondoshuv davlat miqyosida bandlik va uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondoshuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi (1-jadval). 1-jadval. Inson resurslarini boshqarishdagi faoliyat turlari
Mehnat jamoalarini boshqarish deganda korxonada band bo’lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal (mo’'tadil) faoliyat ko’rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo’yicha o’zaro bog’langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. Bunday boshqaruv funksional va tashkiliy boshqaruvlarga bo’linadi. Funksional boshqaruv deganda bevosita kadrlar masalasiini echish bilan bog’liq masalalar, ya'ni kadrlarni tanlash, ishdan bo’shatish, malakasini oshirish, ish haqi va hokazolar tushuniladi. Tashkiliy boshqaruv tushunchasi kadrlar ishi uchun bevosita javob beruvchi barcha shaxs va institutlar, ya'ni rahbarlar, kadrlar bo’limi, kasaba uyushmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi. Mehnat jamoalarini boshqarish tizimi deganda korxonada band bo’lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat ko’rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo’yicha o’zaro bog’langan iqtisodiy-tashkiliy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. Tarkiban bu tizim quyidagilarni o’z ichiga oladi (2-jadval): 2-jadval. Mehnat jamoalarini boshqarish tizimi
Ish joylarida tashkilotning tuzilishi orqali, boshqaruvchilar berilgan bo`sh ish o`rinlarini to`ldirdigan odamlarni topishlari lozim. Bundan tashqari ular biznes ishdan ketishini talab qilgan ishchi hodimlarning o`rnini to`ldiradigan odamlarni ham topib o`rniga qo`yishlari lozim. Shuning uchun umumiy biznesga “Kadrlar bilan ishlash bo`lim boshqaruvi talab etiladi va bu biznesda juda kerakli roldi o`ynaydi. Bu juda muhim topshiriq uning vazifasi mos keladigan ishchilarni to`g`ri ishga qo`yish va ishchi sonlarini to`g`irab ularni aniq vaqtda ishga qo`yish, shu kabi vazifalarni o`z zimmasiga oladi. Bu bo`limda biz, boshqaruvchilar qilishi kerak bo`lgan jarayonlarni ko`rib chiqamiz, bundan tashqari biz hozirgi kunda boshqaruvchilarga uchrayotgan kadrlar bilan ishlash boshqarmasiga oid bir qancha muommolarni ko`rib chiqamiz. Rahbarlarga eng katta qiyinchilik bu ularning kompaniyasida yuqori darajadagi kadrlar borligiga ishonch hosil qilishdir. Qobiliyatli va o`z ishini yaxshi biladigan ishchi xodimlarni olish va ularni ishda saqlab qolish bu har bir tashkilot uchun mushkuldir, garchi tashkilotlar biznesini yaqin orada boshlagan yoki bir necha yillardan beri ishlab kelayotgan bo`lsalar ham. Agarda tashkilotlar kadrlar bilan ishlash majburiyatlarini o`ziga jiddiy qabul qilmasalar bu ularning ishiga juda salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shu sababli har bir rahbarning ishida bo`lgan bir qismi bu kadrlar bilan ishlashga e`tibor qaratishdir. Menejerlarning hammasi ham kadrlar bilan ishlashda har xil faoliyatlar yuritishadi masalan, ishga kirmoqchi bo`lgan odamlar bilan suhbatlar o`tkazish, yangi ishchi hodimlarni ish bilan alohida tanishtirib chiqib ya`ni to`g`ri yo`nalish berish va garchi kadrlar bilan ishlash jarayoni ajralib tursada ishchi xodimlarni ishini to`g`ri baholay olish kabilar. Kadrlar bilan ishlash 3ta sababga ko`ra muhimdir. Birinchisi, bu raqobat afzalligining eng muhim manbai bo`la oladi. Va bu faqat AQSH firmalarigagina emas balki dunyodagi barcha tashkilotlar uchun to`g`ri narsadir. Human Capital Index ya`ni bu 2000dan ortiq glabal firmalarning atroflicha o`rganishi yoki tahlili. Shunday yakunlanganki, ya`ni kardlar bilan ishlashga yo`naltirilgan odamlar aksiyadorlarning qiymatini oshirish orqali tashkilotga boshlang`ish bir yo`nalish beradi. Ikkinchidan, kadrlar bilan ishlash (KBI) tashkilot strategiyaliarini muhim qismidan iboratdir. Odamlar orasida raqobatli afzallikka erishish bu, menejerlar ishchi hodimlari haqida fikrlarini o`zgartirish va ish bilan bog`liq bo`lgan narsalarga e`tiborni qaratish shartligini bildiradi. Ular odamlar bilan ishlashlari shart va odamlar bilan huddi o`zlarini hamkorlaridek kelishishlari kerak, faqatgina narxlarini minimallashtirish yoki oldini olish uchungina emas. Mana shu odamlarga yo`nalish beradigan tashkilotlardir huddi Southwest Airlines va W.L.Gore kabi tashkilotlar qilganidek. Oxir oqibat, tashkilotlar o`zlarini odamlari bilan kelishish yo`li bilan tashkiotning faoligiga sezilarli ta`siri ko`rina boshladi. Misol qilib aytsak, o`rganib chiqishlarning biridan xabar berilishicha ish tajribalarini oshirish bozor qiymatini 30 foizga oshirilgani ma`lum qildi. Kadrlar bilan ishlash jarayonlari dastlab tashqi muhitdan ta`sirlandi. U omillar asosan to`gridan to`gri iqtisodga, ishchilarning mehnat birlashmasiga, hukumat huquq va qoidalariga va demografik tendensiyalaga ta`sir qildi. Download 111.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling