Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Ogohlantiruvchi va taqiqlovchi normalar
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
5.3. Ogohlantiruvchi va taqiqlovchi normalar
Taqiqlovchi normalar u yoki bu xatti-harakatni sodir etishni man qiladi. Islom ta’limotida bu turdagi normalar zulmiy va zulmiy bo‘lmagan haromlar, deb ataladi. Harom islom dinida qattiq taqiqlangan amal bo‘lib, uni qilish mutlaqo mumkin emas. Bunday amalni qilgan kishi katta gunohga botadi, uni qilmagan esa katta savobga muyassar bo‘ladi. Haromning haromligini inkor qilgan kishi iymonidan ajraladi. Zulmiy harom uni sodir qilgan kishigagina zararli bo‘lmay, boshqalar uchun ham zararlidir. Zulmiy harom amallarning o‘ta qattiq taqiqlanganlari 90 dan ortiq. Bular: sizni o‘ldirishga qasd qilmagan kishini siz ham o‘ldirmangiz, birovning hech bir a’zosini kesib yoki urib aybdor qilmangiz, hech kimning molini talab olmangiz, savdo-sotiqda birovning haqini o‘z molingizga aralashtirmangiz, yetimlarning mollariga xiyonat qilmangiz, zino qilmagan kishini zinokor, deb so‘kmangiz, ko‘rmagan, bilmagan ishingizga guvohlik bermangiz, xalq orasiga urush-janjal va adovatga sabab bo‘luvchi fitna, fasod solmangiz, oziq-ovqat kabi xalqning zarur mahsulotlarini arzon vaqtda olib qo‘yib, xalqqa yana qimmat narxda sotmangiz, sotayotgan molingizning aybini oluvchiga aytmay, aldab sotmangiz. Qiz bolani o‘zi xohlamagan kishiga zo‘rlab erga bermangiz. Bergan ahdingizni buzmangiz. Hokim va rahbarlar qo‘l ostidagi kishilarga zulm qilmasinlar kabi qoidalar bo‘lib, ularda u yoki bu xatti- harakatni sodir qilish taqiqlangan. Zulmiy bo‘lmagan haromlarning zulmiy haromlardan farqi shundaki, bunday xatti-harakatlarni sodir qilishdan keladigan zarar faqat ularni sodir qilgan shaxsga tegadi. Jamiyat va boshqa shaxslar bunday turdagi haromlardan zarar ko‘rmaydi. Zulmiy bo‘lmagan haromni sodir etgan kishi o‘z xati-harakatidan afsuslanib, gunohini kechirishini so‘rab Allohga iltijo qilsa, uning kechirilish ehtimoli bor. Zulmiy haromni sodir etgan kishi esa kechirilmaydi. Qimor o‘ynab, boylik orttirish, sudxo‘rlik qilish, pora olish, najas va harom narsalarni sotib olish, ishsizlik va yalqovlik bilan kun kechirish, tamagirlik qilish, vaqf moliga xiyonat qilish, baytul-mol pulini nohaq o‘zlashtirish, zino qilish, zino ishlariga vositachilik qilish, mast qiluvchi ichimliklarni ichish kabilar zulmiy bo‘lmagan harom ishlar bo‘lib, ularni qilish taqiqlangan. Alohida holatlarda inson xulq-atvori, harakatlari va uning oqibatini belgilovchi normalar ham musulmon huquqi nazariyasida bir necha guruhni tashkil etadi. Ularning birinchisi mubohdir. Muboh – biror ishni qilish yoki qilmaslikni insonning ixtiyoriga berish haqidagi normadir. 77 Birinchidan, ushbu normani bajarmaslik gunoh hisoblanmaydi. Ikkin- chidan, bu normada belgilangan xatti-harakatni sodir qilish biror holat, hodisa, voqea bilan bog‘lanadi. Masalan, Qur’oni karim «Moida» surasining ikkinchi oyatida «ehromdan chiqib halol bo‘lgach, ov qilaveringiz», deyilgan. Ushbu oyatdagi «ov qilaveringlar», degan ko‘rsatma majburiy bo‘lmay, balki ixtiyoriydir. Ovni faqat xohlagan kishi qilishi mumkin. Ov qilish – halol bo‘lish degan fikrga bog‘langan. Bu harakatdan maqsad – ehromdan chiqishni ko‘zda tutgan. Ikkinchi to‘plam qonunlari vaz’iy hukmlar (ijtihod asosida qabul qilingan hukmlar, qarorlar to‘plami) deb ataladi. Ushbu qoidalar besh qismdan iborat: sabab, shart, mone, ruxsat va azima, sihha va butlon. Sabab, ya’ni biror, voqea, hodisaning kelib chiqishi, sodir bo‘lishining shart-sharoiti, xizmat qiluvchi fakti. Masalan, Qur’oni karim «Baqara» surasining 180-oyatida: «Birovingizga o‘lim kelgan paytda (o‘zidan Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling