Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
harakatida yuradigan kimsalarning jazosi – o‘lim yo dorga osish yoki
oyoq-qo‘llari teskarisiga (ya’ni o‘ng qo‘l va chap oyoq yoki chap qo‘l bilan o‘ng oyoq) kesilishi yoxud o‘z yerlaridan surgun qilinishlaridir», – deyilgan. Mazkur oyatda jinoyatchiga qo‘llanishi mumkin bo‘lgan bir necha jazo turlari ko‘rsatilgan bo‘lib, jazo tayinlovchi ulardan birini tanlash huquqiga ega. Ayrim huquqiy maktablar vakillari, masalan, Zohiriylar dispozitiv normalarni tan olmaganlar va tomonlarning shartnoma shartlarini o‘zgartirishga haqlari yo‘q, deb hisoblaganlar. Ularning fikricha, shartnoma shartlari musulmon huquqi tomonidan o‘zgarmas qilib o‘rnatilgan. Boshqa huquq maktablarining vakillari esa tomonlarning musulmon huquqi taqiqlamagan har qanday kelishuvlarini ma’qullaganlar. Hanafiylar va Shofi’iylar maktabi kompromiss (kelishuv, 79 murosa qilish) nuqtai nazarni quvvatlaganlar. Umuman olganda, musulmon huquqida ko‘plab normalar imperativ xarakterga ega. Musulmon huquqiy doktrinasi ta’limoti musulmonlar huquqiy normalarni biladilar degan nuqtai nazardan kelib chiqadi. Aks holda, agarda musulmonlar u yoki bu normani bilmasdan xatti-harakat sodir etgan bo‘lsalar, ular javobgarlikdan ozod etiladilar. Ko‘pchilik tadqiqotchilar ushbu holatni faqat Qur’on va sunna normalariga tegishli, mujtahidlar tomonidan qabul qilingan normalar esa musulmonlar ularni bilish yo bilmasliklaridan qat’i nazar, amal qiladi, deyishgan. Musulmon huquqining boshqa huquqiy tizimlar, jumladan roman-german huquqiy tizimidan muhim farqi shundaki, uni sohalarga bo‘lish manbalarga bog‘liq emas. Bitta manba musulmon huquqining bir necha sohasi uchun asos, zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Musulmon huquqining shakllanishi davrida uni sohalarga bo‘lish masalasi ko‘tarilmagan. Huquq normalarini dastlab mazmuniga ko‘ra guruhlashga harakat qilingan. Musulmon huquqi nazariyasi to‘liq shakllangach, uning normalarini sohalarga bo‘lish davri boshlandi 1 . Lekin, huquqiy maktablar orasida musulmon huquqi normalarini alohida sohalarga taqsimlash borasida yakdillik bo‘lmagan va bu hol hozirgacha saqlanib qolmoqda. Ba’zi tadqiqotchilar musulmon huquqi normalarini uchta katta guruhga bo‘ladilar. Musulmon huquqi tizimi musulmon- larning uch asosiy hayot tarzini tartibga soluvchi norma va tamoyillarni «qamrab oladi». Ular musulmonlar bilan Alloh o‘rtasidagi; fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni; davlatlar va dinlar o‘rtasidagi muno- sabatlarni tartibga soluvchi normalardir. Ba’zi tadqiqotchilar musulmon davlati va u bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar va institutlar yig‘indisini alohida mustaqil guruhga ajratadilar. Hanafiy mazhabiga mansub olimlar esa davlatlar, xalqlar, turli dinlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig‘indisini alohida guruhlarga ajratadilar. Masalan, «Majalla-al-ahkom al-adliya»da (ilk islom kodeksi) islom bilan bog‘liq bo‘lgan barcha qoidalar ikki katta guruhga bo‘lingan. Birinchi guruh ibodat – barcha musulmonlarning diniy majburiyat- larni ado etishlari bilan bog‘liq qoidalar. Ikkinchisi guruh muomalot – fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosa- batlarni tartibga soluvchi normalar yig‘indisi. 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ɂɫɦɨɢɥ ɚΙΙɢ ɂɡɦɢɪɥɢ. Ԟɢɤɦɚɬɢ ɬɚɲɪɢɴ (ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɲɭɧɨɫɥɢ- ɝɢɧɢɧɝ ԟɢɤɦɚɬɢ). ɀ. 1. – ɂɫɬɚɦɛɭɥ, 1986. 80 Muomalot o‘z o‘rnida uchta asosiy guruhga bo‘lingan: – shaxsning huquqiy maqomini belgilovchi normalar; – jinoyat huquqi; – fuqarolik huquqi. Musulmon huquqi nazariyasi ushbu uch tarmoq bilan bir qatorda, yana boshqa uchta tarmoqni, ya’ni «hokimiyat normalari» sohasi, sud huquqi, siyar normalari – musulmon xalqaro huquq normalarini ajratadi. Musulmon huquqi normalarini yuqorida bayon qilingan tarzda sohalarga bo‘lish hozirgi zamon huquqshunosligida keng tarqalgan nuqtai nazar, deb hisoblanadi. Bundan tashqari, ayrim huquqshunoslar musulmon huquqini umumiy va xususiy turlarga bo‘lish g‘oyasini ilgari surganlar. Lekin, an’anaviy musulmon huquqshunoslik fanida ushbu g‘oya deyarli tasdig‘ini topmagan. Musulmon huquqini amaliyotda umumiy va xususiy turlarga bo‘lish hollari birmuncha darajada uchraydi. Bu vaziyatda shuni ta’kidlash lozimki, huquq normalari umumiy va xususiy turlarga ajratilayotganda, ular tartibga soladigan munosabatlarning mazmuni emas, balki tartibga solish usuli asos qilib olingan. Ayrim tadqiqot- chilarning fikricha, musulmon huquqi, umumiy olganda, xususiy huquq- dir. Uning normalari asosan, shaxsning manfaatlari, jamiyatda tutgan o‘rni, hayoti, huquq va majburiyatlari, oilasi va mulkini muhofaza qilish va boshqalar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Mutaxassislar xususiy huquqqa shaxsiy, oila, fuqarolik va savdo huquqi kabi sohalarni kiritadi. Jinoyat huquqi borasida ta’kidlash lozimki, ushbu huquq sohasi ko‘p jihatdan xususiy huquqdir. Chunki jinoyat huquqi bir nechta jinoyatlarni hisobga olmaganda, asosan alohida shaxslar manfaati, shaxsi va haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Unda umumiy va xususiy huquq normalari aralashib ketgan. Xuddi shunday holat musulmon sud huquqida ham kuzatiladi. Mutaxassislar tom ma’nodagi umumiy huquqqa hokimiyat normalari huquqini ham kiritadilar. Ushbu soha normalari orqali davlat organlarini tashkil qilish, ularning vakolatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ma’muriy-huquqiy munosabatlar tartibga solinadi. Umumiy huquqning yana bir sohasi – musulmon xalqaro huquqidir. Undagi normalar musulmon davlati bilan boshqa davlatlar, musulmon jamoasi bilan boshqa dinlar va diniy jamoalarga mansub kishilarning o‘zaro aloqalari, islomga munosabati, urush va tinchlik masalalarini tartibga soladi. Musulmon xalqaro huquqini sof holda umumiy va xalqaro huquq deb atash mumkin emas. Chunki u umumiy manfaatlar bilan bir qatorda, xususiy manfaatlar bilan ham bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni 81 tartibga soladi. Shuningdek, u bir tomondan, davlatlararo munosabatlarni, ikkinchi tomondan esa, islom mamlakati hududidagi musulmon jamoasi bilan boshqa diniy tashkilotlar, musulmonlar bilan musulmon bo‘lmaganlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Demak, musulmon xalqaro huquqida ham umumiy huquq normalari bilan xususiy huquq normalari qorishib ketgan. Musulmon huquqi normalarini sohalarga bo‘lish masalasida yuqoridagi fikr-mulohazalarga yakun yasab, shuni ta’kidlash lozimki, ushbu masala munozarali bo‘lib, bu haqdagi tortishuvlar hozirgacha davom etmoqda. Buning sabablaridan birinchisi musulmon huquqining murakkab, serqirra, sermazmun va ko‘p manbali huquq tizimi ekanligidir. Ikkinchi muhim sababi – musulmon huquqi nazariyasi va amaliyotiga yuqorida qayd etilgan musulmon huquq maktablari vakillarining ko‘rsatgan ta’sirlaridir. Uchinchidan, yer kurrasidagi turli mintaqalar, mamlakatlarda musulmon huquqi, uning sohalari va institutlari, muammolarini o‘rganish, tadqiq qilishga qiziqish- ning ortib borayotganligidir. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling