Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4,5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. B. Zokirov; yuridik fanlar nomzodi, dotsent N. P. Azizov;
- BBK 67. 3ya 73 © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012 3 SO‘Z BOSHI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI A K A D E M I YA S. A. ISXAKOV, A. R. RAXMANOV MUSULMON HUQUQI O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan Vazirlik oliy ta’lim muassasalari uchun darslik sifatida ruxsat etilgan Toshkent 2012 2 O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan T a q r i z c h i l a r : yuridik fanlar doktori, professor I. B. Zokirov; yuridik fanlar nomzodi, dotsent N. P. Azizov; Toshkent islom universiteti islom huquqi kafedrasining dotsenti, yuridik fanlar nomzodi N. J. Yusupova I-91 Isxakov S.A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A.R. Raxmanov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 177 b. Ushbu darslikda musulmon huquqining predmeti, tushunchasi, tizimi, manbalari, islomda oila va nikoh munosabatlari, fiqh-qonunshunoslik, qonun ijodkorligi, jinoyat va jazo, ularning turlari, meros huquqi kabilar yoritilgan. Darslik IIV Akademiyasining tinglovchilari, oliy ta’lim muassasalarining huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalariga mo‘ljallangan. BBK 67. 3ya 73 © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012 3 SO‘Z BOSHI Mustaqilligimiz sharofati bilan mamlakatimizda tinchlik va osoyish- talik hukm surib, umumbashariy qadriyatlar sarchashmalaridan bahra- mand bo‘lmoqdamiz. Milliy istiqlol bois davlatchilik tajribamizni, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy asoslarini har tomonlama puxta o‘rganish va rivojlantirish imkoniyati yaratildi. Mustaqil o‘zbek davlatchiligi va milliy huquqiy tizimni shakllantirishning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘li boy ma’naviy-huquqiy negizlarga asoslanadi. Bizning davlatimiz ko‘hna So‘g‘diyona va Xorazm, shuningdek Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Temuriylar davlatlari hamda barcha o‘zbek xonlik- larining davlat boshqaruvi tajribalari, xalqimizning butun milliy, tarixiy, huquqiy, ma’naviy amaliyotini, uning o‘z mustaqil davlatiga ega bo‘lishdek asriy orzularini o‘zida mujassamlashtirgan. Mintaqamizning qadimiy tarixi va boy madaniyati, bu makonda yashab o‘tgan ajdodlarimizning jahon madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissalari hozirgi kunda ham hayotning barcha jabhalariga sezilarli ta’sir o‘tkazmoqda. O‘zbekiston Prezidenti: «O‘tmishimizdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko‘rsatmoqda» 1 , – deya ta’kidlaydi. Shu bois, dunyo huquqiy madaniyatining ajralmas bo‘lagi hisoblangan, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi va huquqiy tafakkuri rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan musulmon huquqini o‘rganishning dolzarbligini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Musulmon huquqi huquqshunoslarning Qur’on va sunnadagi huquqiy qoidalarni amaliy yuridik normalar «tiliga ko‘chirgan» oqilona ijod mahsuli sifatida baholanadi. Bizningcha, fiqh me’yorlarini ibodat qoidalari va insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarga ajratish hamda tasniflash nuqtai nazaridangina o‘rganish yetarli emas. Ushbu bo‘linish zamirida aynan hayot ehtiyojlari yotadi, chunki ushbu normalar toifalarining ikkisi ham turli sohalarda qo‘llaniladi, shuningdek ularning tarixiy rivojlanish qonuniyatlari ham har xil. Mazkur normalar toifalari o‘ziga xos, alohida har biri tartibga 1 Ԕɚɪɚɧɝ: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ: ɦɢɥɥɢɣ ɢɫɬɢԕɥɨɥ, ɢԕɬɢɫɨɞ, ɫɢɺɫɚɬ ɜɚ ɦɚɮɤɭɪɚ.Ɍ.1. – Ɍ., 1996. – Ȼ. 40–41. 4 soluvchi xususiyatlarga ega. Ularning islomdagi maqomi ham har xil bo‘lib, bir-biridan mustaqil tarzda amal qilishi mumkin. Ushbu fikrni islom tarixi va musulmon mamlakatlari ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi bosqichidan olingan ko‘plab faktlar tasdiqlaydi. Yuridik hodisa sifatida musulmon huquqining mustaqilligini uni amalga oshirish jarayonining tahlili ham tasdiqlaydi. Musulmon huquqiga uni amalda qo‘llashning diniy prinsipi ko‘proq xos, ya’ni u, eng avvalo, musulmonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda amal qilgan. Shu narsa muhimki, bu prinsip hozirgi davrgacha saqlanib qolgan. Masalan, musulmon huquqining oila va nikoh masalalarini tartibga soluvchi normalari faqat musulmonlarga nisbatan tatbiq etilib, boshqa dinlarda qo‘llanilmaydi. Islom dini vujudga kelgan va islom davlati tashkil topgan paytdan boshlab musulmon huquqining normalari nomusulmonlarga nisbatan ham tatbiq etilgan. Masalan, davlat huquqini yoki nomusulmon aholiga soliqlar solish tartibini belgilovchi qoidalar, shuningdek musulmonga turmushga chiqqan nomusulmon ayolning islom qoidalariga bo‘ysunishi kabilar. Odatda, shaxsning diniy e’tiqodi bilan uzviy bog‘liq, shaxs maqomini tartibga soluvchi normalarni amalda qo‘llashda diniy prinsip chegarasidan chetga chiqish hollari ko‘p uchraydi. Masalan, hozirgi vaqtda meros qoldirish, huquq layoqatini cheklash, vaqf mulki masalalarini tartibga soluvchi musulmon huquqiy normalari arab mamlakatlarining aksariyatida nomusulmonlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Islomdagi diniy va huquqiy normalarning o‘zaro nisbatini tahlil qilganda jazo qo‘llash normalari mazmunan «dunyoviy» ekanligini, diniy jazo choralariga to‘la mos keluvchi xulq-atvor qoidalariga manba bo‘lib xizmat qilgan diniy qoidalar miqdori esa uncha ko‘p emasligini e’tiborga olish lozim. Ko‘pincha Qur’oni karim va sunnada belgilangan qoidalarni buzganlik uchun nazarda tutilgan jazolar yuridik sanksiyalarga asos bo‘lgach, keyinchalik davlat tomonidan islom huquqiy ta’limoti xulosalari asosida aniqlashtirilgan, to‘ldirilgan va hatto sezilarli darajada o‘zgartirilgan. Masalan, huquqbuzarlikning ko‘rinishi bo‘lgan zinokorlik uchun diniy jazo sifatida nafaqat tan jazosi, balki ayrim hollarda faqat hadislarda keltirilgan toshbo‘ron qilib o‘ldirish ham qo‘llanilgan. Qasddan odam o‘ldirishda, odatda o‘lim jazosi xun to‘lash bilan almashtirilgan. 5 Islom aqidalari va diniy xulq-atvor, eng avvalo, Qur’on va sunnada ifodalangan, islom ilohiyotchilari va huquqshunoslari tomonidan talqin qilinadigan qoidalardir. Musulmon huquqi nafaqat Qur’on va sunnada mustahkamlab qo‘yilgan yoki huquqshunoslar tomonidan ijtihod asosida amalga kiritilgan qoidalarning muayyan majmuini, balki amal qiluvchi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi normalarni ham qamrab oladi. Ta’kidlash mumkinki, islom ijtimoiy-huquqiy tartibga solish tizimining ilmiy-uslubiy, ma’rifiy konsepsiyalarini ishlab chiqish musulmon huquqini tadqiq qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Professor L. Syukiyaynen uqtirganidek, «hozirgi vaqtda musulmon huquqini o‘rganish huquq fanida asosiy o‘rinlardan birini egallashi lozim, chunki musulmon huquqi tarixi va hozirgi holatini, uning siyosiy- madaniy asoslari va rivojlanish yo‘nalishlarini o‘rganish islom mintaqasi mamlakatlarida davlat va huquqning vujudga kelishi, evolutsiyasi va holatining asosiy jihatlari va qonuniyatlarini hamda kelgusi rivojlanish omillarini yanada chuqurroq yoritishga ko‘maklashadi» 1 . Ushbu darslikda musulmon huquqining vujudga kelishi, rivojlanishi, asosiy tushunchalari va tuzilmalari, qonuniyatlari va yo‘nalishlari yoritilgan. Unda musulmon huquqining nazariy-uslubiy va tarixiy, ya’ni umumiy qismiga alohida e’tibor berilgan. Undan musulmon huquqining asosiy tarmoqlariga doir muammolar to‘g‘risidagi bahs-munozaralar ham o‘rin olgan. 1 ɋɸɤɢɹɣɧɟɧ Ʌ.Ɋ. Ɇɭɫɭɥɶɦɚɧɫɤɨɟ ɩɪɚɜɨ. – Ɇ.,1986. – ɋ. 6. 6 Download 4,5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling