Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov


Download 4.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/70
Sana10.11.2023
Hajmi4.5 Mb.
#1761199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...

Ȼɚɪɬɨɥɶɞ ȼ.ȼ. ɋɨɱ. Ɍ. VI. – Ɇ., 1996. – ɋ. 234. 


19
hisoblangan. Arablarning urflariga ko‘ra, o‘ldirilgan odam uchun uning 
qarindoshlari besh avlod davomida qotilning qarindoshlaridan o‘ch 
olishlari mumkin bo‘lgan. Bunda qotilni o‘ldirish diya
1
bilan ham 
almashtirilishi mumkin edi.
Arabistonda islomgacha bo‘lgan davrda spirtli ichimliklar iste’moli 
huquqbuzarlik sanalmagan. Arablar odatda qabila sudidan foydalan-
ganlar, ular sudda o‘zlarining shaxsiy sifatlariga ko‘ra saylanar edilar. 
Sudlov og‘zaki va jamoa oldida oshkora amalga oshirilgan. 
VI asrda Arabiston mustaqil davlatlar majmuidan iborat edi. Deh-
qonchilik rivojlangan vohalarda feodalizm tuzumi hukm surar edi. 
Ibtidoiy jamoa tuzumi munosabatlari chorvachilikka asoslangan hudud-
larda hukmronlik qilardi. Islomning kelib chiqishi Makka shahrida 
dunyoga kelgan Muhammad ibn Abdulloh (570–632-yillar)ning muborak 
nomi va faoliyati bilan bog‘liq. Islom dinining bashoratchisi – 
payg‘ambari, asoschisi Muhammad (s.a.v.) o‘z davrida qabila boshlig‘i – 
sayid, shuningdek harbiy yurishlar boshlig‘i, bosh qozi va da’vatchi edi. 
U barcha arab qabilalarini faqat bir dinga birlashtirib qolmay, balki ayni 
zamonda davlatga ham asos soldi. 
Arabistonda islomgacha bo‘lgan urug‘-qabila ittifoqidan farqli 
o‘laroq, Muhammad (s.a.v.) barpo etgan musulmon jamoasi diniy 
umumiylik asosiga qurilgan edi. Biroq bu jamoada urug‘ tuzumi 
davridagi normalar birdaniga tugatilgan edi. Muhammad (s.a.v.) umrining 
so‘nggi yilida Arabistonning katta qismini o‘z hokimiyati bo‘ysundirdi. 
Uning ilk izdoshlari – Abu Bakr (632–634-yillar), Umar (634–644-yillar), 
Usmon (644–656-yillar) va Ali (656–662-yillar)ni musulmon olami 
to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar deb tan oldilar. Ular mamlakatni boshqargan 
yillar payg‘ambar davri, shuningdek islomning ilk davri ilohiy hokimiyat 
(teokratiya) – xalifalikda komil boshqaruv organi sifatida qabul qilingan. 
Ilohiy va dunyoviy hokimiyat, huquq va din yagona tushunchalar 
hisoblanib, diniy jamoa boshlig‘i ayni paytda davlatning ham boshlig‘i 
hisoblangan. Xalifalar «islomni yoyish» shiori ostida juda katta davlat 
barpo etdilar. G‘olibona yurishlar tufayli Vizantiyaning anchagina qismi, 
Sosoniylar davlati, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Shimoliy Afrika va Bruney 
yarim orolidagi qator davlatlar musulmonlarning tasarrufiga o‘tdi. VII 
asrning o‘rtalariga kelib Eron, Iroq, Suriya, Falastin, Misr, Liviya, 
Mag‘rib mamlakatlari (Jazoir, Tunis, Marokash), Ispaniya, Kavka-
zortining bir qismi, O‘rta Osiyodagi viloyatlar (jumladan Samarqand, 
1
Ⱦɢɹ – ʆɥɞɢɪɢɥɝɚɧ ɨɞɚɦ ԕɨɧɢɧɢɧɝ ɛɚԟɨɫɢ, ɦɨɞɞɢɣ ɠɚɪɢɦɚ ɭɧɞɢɪɢɥɢɲɢ.


20
Xorazm, Farg‘ona), Afg‘onistonning katta qismi, Shimoli-g‘arbiy 
Hindistonning ayrim tumanlari, Sitsiliya va Malta hududlari ham xalifalik 
tarkibiga kiritildi. Ushbu istilolar arab jamiyatida iqtisodiy va ijtimoiy 
taraqqiyot jarayonini tezlashtirdi. Arab jamiyatida Yevropa mamla-
katlarida qaror topgan tabaqali tuzum shaklidagi boshqaruvi urf bo‘lmadi. 
Hukmron doiralarning vakillari – feodallar foydalanadigan huquq va 
imtiyozlar musulmon huquqida mavjud emas edi. Eng nufuzli urug‘larda 
oqsoqollar mazkur urug‘ a’zolarini kuzatar, o‘z urug‘ining obro‘si 
to‘g‘risida qayg‘urar, ular ro‘yxatini tuzib berardi. Bir so‘z bilan aytgan-
da, musulmon huquqi o‘rta asrning boshqa davlatlaridagi dvoryanlik yoki 
ruhoniylik kabi tabaqalanishdan boxabar bo‘lib, arab jamiyatining boshqa 
bir xususiyati – musulmon va nomusulmonlarning huquqlaridagi 
tafovutdir.
Yahudiy hamda nasroniy diniga sig‘inuvchilar zimmiylar deb atalardi. 
Ular muxtoriyatdan foydalanib, o‘z fuqarolik huquqiy urf-odatlari va 
oqsoqollari tomonidan boshqarilar edi. Lekin sodir etgan jinoyatlari 
uchun, shuningdek musulmonlar bilan tuziladigan bitimlarda musulmon 
huquqi bo‘yicha javobgar bo‘lar edilar. Zimmiylarga musulmonlar bilan 
nikohda bo‘lish va musulmon qullarga egalik qilish taqiqlangan edi. Ular 
musulmonlardan farqlanish uchun maxsus kiyim-kechak kiyar edilar. 
Ularga otda yurish man etilgan bo‘lib, faqat xachir yoki eshakda 
yurishlari mumkin edi. Bulardan boshqa cheklashlar ham mavjud edi. 
Arab davlatida saqlanib qolgan qulchilik tuzumi feodal munosabatlarning 
rivojini ancha keyinga surdi. Qullar qonunga ko‘ra huquq subyektlari 
emas edilar, lekin amalda bundan chekinish holatlari ham uchrardi, 
masalan, o‘z hukmdorlarining ruxsatiga ko‘ra savdo va hunarmandlik 
bilan shug‘ullanuvchi qullar erkin fuqarolar bilan bitimlar tuzilishlari 
mumkin edi. Qullikdan ozod qilish, xususan qul musulmonlarni qullikdan 
ozod etish uchun musulmon huquqining asosiy manbalarida dunyo va 
oxirat savoblari va’da qilingan. Xalifalik ilohiy davlatdan iborat bo‘lib, 
uni xalifa, ya’ni payg‘ambarning izdoshi, Allohning yerdagi vakili, noibi 
boshqarardi. Xalifa qo‘l ostida ruhoniy va dunyoviy hokimiyatni saqlab 
turar edi. Xalifalik hokimiyatining manbalari, asoslari: 1) xalifaning 
xalq tomonidan saylanishi; 2) amaldagi xalifaning vasiyati orqali 
saylanish (keyinchalik ummaviy sulolalar tajribasida ko‘rilgan) edi. 
Vaqtlar o‘tishi bilan ikkinchi asos odat tusini oldi. Xalifa o‘zining 
vorisi sifatida mazkur lavozim uchun zaruriy talablarga ko‘ra: oila 
a’zolarining birini, hech bo‘lmaganda Muhammad (s.a.v.) mansub 
bo‘lgan urug‘, ya’ni qurayshlardan bo‘lgan, balog‘at yoshiga yetib, 


21
jismoniy kamchiligi bo‘lmagan, ilmli va erkin mulkka ega shaxsni 
tanlashi lozim edi. Bundan tashqari, bo‘lg‘usi xalifa ma’lum axloqiy 
fazilatlar ega va jasur shaxs bo‘lishi zarur edi. Xalifa hayotlik chog‘ida 
o‘zidan keyingi xalifani tayinlash to‘g‘risidagi vasiyatining qonuniy 
bo‘lishi uchun uni guvohlar oldida tuzishi shart edi. Xalifaning vazifalari: 
davlatni musulmon huquqi bo‘yicha boshqarish; islom ta’limotining 
sofligini himoya qilish; odil sudlovni amalga oshirish; harbiy ishlarga 
rahbarlik qilish; ichki xavfsizlikni ta’minlash; mansabdor shaxslarni 
tayinlash; soliqlarni yig‘ishdan iborat edi. Musulmon huquqshunos-
larining ta’limotiga ko‘ra, xalifaning hokimiyati uning vafoti yoki 
hokimiyatdan voz kechishi, majburiyatlarini bajarishga jismoniy yoxud 
axloqiy jihatdan qodirsiz bo‘lib qolishi bilan to‘xtatilar edi.
Musulmon huquqi VII asrda shakllandi. U islom tamoyillariga 
tayanib, asta-sekin Qur’on va sunnaning mohiyatini aks ettirgan, 
mustahkamlangan diniy huquqiy tizimga aylana bordi. Muhammad 
(s.a.v.)ning vafotidan so‘ng, solih xalifalar ayni vaqtda diniy va dunyoviy 
(qonun chiqaruvchi, sudlov va ijro qiluvchi) hokimiyatga egalik qildilar. 
Arab xalifaligi tarixida ilk xalifalar davri oliy hokimiyat – sof ilohiy 
xususiyatga ega edi. Xalifalar bu davrlarda faqat ruhiy-ma’naviy 
yo‘lboshchilargina bo‘lib qolmay, ayni paytda harbiy sarkardalar (amir al-
mo‘’minin) ham edilar. O‘zga hududlarni zabt etish, uncha katta 
bo‘lmagan musulmon jamoasining qudratli saltanatga aylanishi tufayli 
Arab xalifaligi paydo bo‘ldi. Zabt etilgan hududlarda ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solish, shuningdek xalifalik hududida bir xil 
normalarni o‘rnatish uchun musulmon huquqining asosiy manbasi 
bo‘lgan Qur’onga murojaat qilindi.

Download 4.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling