Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Musulmon huquqi predmetini o‘rganishning ahamiyati
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Musulmon huquqi predmetini o‘rganishning ahamiyati. Mamla-
katimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirishning chora-tadbirlari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgan sharoitda qonunlarni musulmon huquqiga asoslanib ilmiy tahlil qilish g‘oyat muhim. Chunki musulmon huquqida qonunlarga bo‘ysunish, ularni hurmat qilish, qonunbuzarlarni adolatli jazolash, aybsizlarga nisbatan to sudning qarori chiqquncha to‘g‘ri muomalada bo‘lish bilan bog‘liq muhim masalalar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularni asrlar davomida musulmonlarning ongiga singdi- rishga harakat qilib kelingan. Qonunlarga itoat qilish ajdodlarimizga xos e’tiqod bo‘lgan. Qonunlarni yaxshi bilish, ularga o‘z haq-huquqlarining kafolati va himoyachisi, nizolarni hal qilishning vositasi sifatida murojaat qilish xalqimizning azaliy odatidir. 11 Shunday qilib, musulmon huquqi insonning barcha zaruriy huquq va erkinliklariga asoslanadi. Musulmonlar o‘rtasidagi munosabatlarda musulmon huquqini qo‘llash ham xuddi shunga asoslanadi. Mazkur huquq asoslanadigan ayrim diniy prinsiplar esa tomonlardan biri boshqa dinning vakili bo‘lgan holatlarda qo‘llanmaydi. Islomda teokratik jamiyatning ta’limoti hukmron bo‘lib, unga ko‘ra davlatga din yo‘l- yo‘riqlarini bajaruvchi xizmatkor maqomi berilgan. Islom dini va ma’rifatiga asoslangan musulmon huquqi mazkur din va ma’rifiylikdan ozroq bo‘lsa-da, tasavvurga ega kishilarga tushunarli bo‘lishi mumkin. Musulmon huquqi musulmon xalqlarning ijtimoiy hayotini shakllan- tirishning eng harakatchan omilidir. U hayotdagi turli siyosiy qiyin- chiliklarga qaramay, islomning yagona va qat’iy tarkibini saqlab qolgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta’sir eta oladi. Musulmon huquqi tarkibi, toifalari va tushunchalariga ko‘ra jahon huquqiy tizimlariga qaraganda o‘ziga xos mohiyatga ega. Musulmon huquqi G‘arbdagi ko‘pgina mamlakatlarning davlat qurilishi va huquqiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning bugungi mutanosiblashtiruvchi mavqei o‘zining tarixiy shakllanishi va rivojlanishi bilan uzviydir. Musulmon huquqi ilk amal qilish davridan boshlab musulmonlarning yakka va jamoa bo‘lib yashashlarini tartibga solish vazifasini bajargan. Jamiyat hayotining muhim sohalari mutanosiblashtiriladigan sharoitlarda yangi qabul qilingan qonunlar tufayli an’anaviy musulmon huquqi birmuncha cheklandi. Biroq, ta’kidlash kerakki, yangi qabul qilinadigan qonunlar aksariyat hollarda ilgarigi tartib-qoidalarni qabul qiladi, shu bois hayotning muayyan sohalari (oila, meros, huquq va h.k.) ba’zi mamlakatlarda an’anaviy musulmon huquqi ta’sirida rivojlanib, tartibga solinib kelmoqda. Hatto, ayrim mamlakatlar (Eron, Liviya, Pokiston)ning huquqiy tizimlarida musulmon huquqining mavqei ancha yuksalib, siyosiy va mafkuraviy hayotdagi o‘rni kuchayib bormoqda. Turkiston 1917-yilgi Oktabr to‘ntarishigacha bir necha yuz yillar mobaynida islom va musulmon huquqi keng tarqalgan va rivojlangan mintaqa edi. 1928-yilda Xalq komissarlari kengashining buyrug‘iga asosan shariat sudlari bekor qilindi. Unga qadar fuqarolik ishlari ushbu sudlarda ko‘rib chiqilar edi. Respublikamiz aholisining hayot tarziga singgan islom dinining tartiblarini o‘rganish hozirda ham dolzarbdir. Demak, bunday sharoitda musulmon huquqini huquqiy fanlar sirasida o‘rganish markaziy o‘rinni egallamoqda. Ushbu o‘quv fanining bahs mavzui haqida so‘z yuritganda, musulmon huquqining boshqa huquq fanlaridan tafovutlanadigan ayrim prinsiplariga to‘xtalib o‘tish zarur. Eng 12 avvalo, ta’kidlash kerakki, qaysi davlatda yashashlari, qaysi millatga mansubligidan qat’i nazar, barcha musulmonlar umumiy qonunchilik majmuiga, ya’ni musulmon huquqi qoidalariga tayanib, o‘z hayot tarzlarini tuzadilar. Ba’zan ayrim qoidalarda tafovut bo‘lgan taqdirda ham, lekin musulmon huquqining bosh qoidalari ular uchun umumiy hisoblanadi. Musulmon huquqshunosligi nuqtai nazaridan ular xudoga ma’qul bo‘lgan huquqiy arkonlardir. Aniqrog‘i, musulmonlar o‘z hayotiy aqidalarida fransuzlar yoki inglizlarga o‘xshab turli kodekslarga emas, balki yagona ma’naviy-huquqiy qonunga rioya etib yashaydilar. Ta’kidlaganimizdek, musulmon huquqi huquqning boshqa tizim- laridan mohiyatiga ko‘ra tamoman farq qiladi. Musulmon huquqining tamoyillarini Yevropa qonunchiligining tushunchalari va tamoyillari asosida muhokama qilib bo‘lmaydi. Musulmon huquqi bilan tanishish uchun islomning diniy aqidalari to‘g‘risida qisqa bo‘lsa ham, lekin aniq ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Musulmon fuqarolik qonunlari diniy prinsiplarga bo‘ysunadi. Musulmon huquqida G‘arbiy Yevropa kodeks- larida mavjud bo‘lmagan (masalan, vaqf va zakot to‘g‘risidagi) qoidalar uchraydi. Shunday qilib, musulmon huquqi asoslarini o‘rganishga kirishgan har qanday shaxs eng avvalo hozirgi zamon Yevropa fanining «huquq» to‘g‘risidagi tushuncha va tamoyillari musulmon qonunchiligi tizimiga muvofiq kelmasligini yodda tutishi zarur. Musulmon huquqi shaxslar va ashyolarga aloqador munosabatlar, jinoyat va jazo, hokimiyat va unga bo‘ysunish shakllari, davlatni boshqarish kabi ko‘plab qoidalar to‘g‘risida bahs yuritsa-da, lekin undagi tushunchalar ilohiy asosga bog‘lanadi, unda inson aqli, tarixiy mavjudlik ikkinchi darajali hodisa sifatida talqin etiladi. Diniy prinsiplarga asoslangan musulmon fiqhi real dunyoda ma’naviy poklanish va u dunyoda rohat-farog‘atda bo‘lish yo‘llari bayon etilgan ilohiy qonunlar tizimidir. U musulmonlarning diniy, oilaviy, ijtimoiy va davlatga oid munosabatlarini muvofiqlashtiradi. Aytish kerakki, musulmon huquqi – turli sohalardagi inson huquqlariga taalluqli yo‘l-yo‘riq va qoidalarning to‘plami emas, balki din, oila, fuqarolik, jinoyat va jazoga oid huquq tarmoqlarining umumiy «qomusi»dir. Musulmon huquqi – qat’iy man- tiqqa asoslangani, musulmon faqihlari to‘plagan behisob materiallarda diniy, oilaviy, fuqarolik va jinoyat huquqlarining muhim qoidalari ixcham tarzda ifoda topgani bilan boshqalardan keskin ajralib turuvchi g‘oyat o‘ziga xos hodisadir. Musulmon huquqi tizimiga xoslik shundaki, unda sof diniy qonunlar musulmonlarning asosiy majburiyatlari: namoz, ro‘za, zakot, haj bilan 13 bog‘liq usullar yordamida yoritiladi. Bundan so‘ng esa nikoh va oilaviy munosabatlar, qasam, savdo, vafotdan so‘ng mulk taqsimoti, hadya qilish, yollash, qarzlar, kafolatga olish, vaqf, mast qiluvchi ichimliklar, ovchilik, hayvonlar, sudlov, guvohlar, tinch kelishuv bitimi, jazolar, o‘g‘rilik, muqaddas urush (jihod), vasiyat to‘g‘risidagi qoidalarning bayoni o‘rin olgan. Mazkur munosabatlarda sotib olish, pul qo‘yish, qarz berish, ijara to‘lovi, vakolat berish, kafolatlash, kelishuv bitimlari ustuvor maqomga ega. Xususan, meros huquqiga alohida e’tibor berilgan. Meros huquqi, Muhammad (s.a.v.) payg‘ambardan bizgacha yetib kelgan tartibga ko‘ra, ushbu huquqning yarmini tashkil etadi, u alohida tadqiqot obyekti hisoblanib, «ilm-ul-faroiz» deb yuritiladi. Musulmon huquqi sunniylik mazhabi qonunchiligida maxsus fan – fiqh, ya’ni qonunshunoslik deb nomlanadi. Lekin ushbu fanning mohiyati faqat qonunshunoslikdan iborat bo‘lmay, ayni paytda u insonning islom diniga mansubligi borasidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi ta’limot hamdir. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling