Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Qur’on – Alloh tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga yuborilgan. Unda:
«Ey mo‘minlar, adolat bilan turuvchi hamda o‘zlaringning yoki ota-ona va qarindosh-urug‘larning zarariga bo‘lsa-da, Alloh uchun to‘g‘ri guvohlik beruvchi bo‘linglar. Bas, adolat qilmasdan nafsi havoga berilib ketmanglar. Agar tillaringni burib (noto‘g‘ri guvohlik bersanglar) yoki (guvohlik berishdan) bosh tortsanglar, albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardor bo‘ladigan zotdir», – deyilgan («Niso» surasi, 135-oyat). Qur’on nasihatlar, targ‘ibotlar va rivoyatlardan iborat kitob bo‘lib, 114 sura, 6666 oyatdan iborat. Unda diniy, ya’ni ibodat qoidalari bilan birga, fuqarolik va jinoyatga oid 500 ta huquqiy norma ham oyatlarda ifodalangan. Sunna Muhammad (s.a.v.)ning hikmatlari va ma’qullagan harakatlari, ta’limi to‘plamidir. O‘lkalarda Qur’oni karim, sunna va ularning sharhlari, qisman fath etilgan xalqlarning islomga mos 22 keluvchi urflari asosida musulmon huquqi bunyod etildi. Musulmon huquqi diniy va huquqiy qoidalar majmui bo‘lib, musulmonlar ularga rioya etishlari lozim edi. Qur’on ayollar uchun monogamiya (bir er bilan yashash)ni belgilab, arablarning ko‘pxotinlik an’analarini mustahkamladi, dindorlarga bir vaqtda to‘rtta ayolga uylanish va hisobsiz cho‘rilar saqlash huquqini berdi. Nikohga kirishda Qur’oni karim er kishiga o‘z ayoliga nikohi uchun mahr 1 to‘lashni buyurdi. Musulmon meros huquqining asosi Qur’oni karim hisoblanib, «Niso» surasining 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17-hamda so‘nggi ikki oyatida meros huquqi yoritilgan. Ushbu oyatlar va sunnaga suyanib, musulmon huquqshunoslari faroiz – «meros ilmi»ni ishlab chiqqanlar. Unda birinchi navbatda, meros oluvchilar tabaqasiga kimlar kirishi, ularning ulushlari, ayol kishining yolg‘iz holda hamda farzandi bo‘lgani holda qancha ulush olishi, marhumning merosi ochilishi bilan uning ota-onalari ulushi miqdori aniq ishlab chiqilgan. Qur’onni tadqiq etish jarayonida jinoyat va jazo to‘g‘risidagi huquqiy normalar Muhammad (s.a.v.) va xalifalar davrlarida ham batafsil ishlanmaganligi namoyon bo‘ldi. Qur’onda jinoyat hisoblanadigan xatti- harakat va qilmishlar tizimsiz holda bayon etilgan. Ularni to‘rt guruhga ajratish mumkin, ya’ni: 1) dinga qarshi; 2) hokimiyatga qarshi; 3) mulkka qarshi; 4) shaxsga qarshi sodir etilgan jinoyatlar. Ilk musulmon davlatida sudlov va surishtiruv ishlari arablarning urf- odatlari, so‘ng esa Qur’on, sunna normalari asosida amalga oshirilar edi. Jazo tayinlash huquqi xalifaga, joylarda esa uning noiblariga tegishli bo‘lgan. Jazo tayinlash diniy asosda amalga oshirilgan. Islomning dastlabki o‘n yilliklardagi harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar Muhammad (s.a.v.) va «taqvodor» xalifalarning o‘zga din vakillariga nisbatan diniy murosada bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Musulmon huquqining evolut- siyasiga nafaqat islomgacha yashagan arablarning urf-odatlari, balki Arabiston yarim orolida keng tarqalgan turli diniy aqidalarning ham ta’siri bor. VIII asrda, ya’ni arablarning O‘rta Osiyoni istilosi vaqtida mazkur hududda islom dini va u bilan birga musulmon huquqi tizimini singdirish avj oldi. Arabistonda paydo bo‘lgan musulmon huquqi hozirgi 1 ɆɚΣɪ – ɮɚԕɚɬ ɚɺɥɧɢɧɝ ɯɭɫɭɫɢɣ ɦɭɥɤɢ ɛʆɥɢɲɢ ɲɚɪɬɢ ɛɢɥɚɧ ɛɟɪɢɥɚɞɢɝɚɧ ɦɨɞɞɢɣ ɬʆɥɨɜ. ɍɧɢɧɝ ɚɧɢԕ ԕɢɣɦɚɬɢ ԟɚԕɢɞɚ ɫɭɧɧɢɣ ɜɚ ɲɢɚ ɨԕɢɦɥɚɪɢ ʆɪɬɚɫɢɞɚ ɛɢɪɨɡ ɬɚɮɨɜɭɬ ɛɨɪ. 23 O‘zbekiston hududida ham katta mavqega ega bo‘lib, o‘n ikki asrdan ko‘proq vaqt mobaynida amal qildi. Musulmon huquqining asosiy qoidalari va me’yorlaridan asrlar mobaynida hech bir o‘zgarishsiz foydalanildi. Zero, musulmon huquqi islom dini bilan uzviy bog‘liq bo‘lgani bois, islomning qabul qilinishi bilan musulmon huquqining ham joriy etilishi muqarrar edi. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling