Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Imom al-Buxoriy – buyuk muhaddis. Buyuk muhaddis va uning
ijodi haqida to‘xtalishdan oldin musulmon huquqining asosiy manba- laridan biri – sunnaning vujudga kelishi tarixini eslash o‘rinlidir. Arabcha «sunna» so‘zi odat, an’ana, xatti-harakat tarzi degan ma’nolarni ifodalaydi. Muhammad (s.a.v.)ning musulmonlar uchun ibrat hisoblangan so‘zlari, amallari va xatti-harakatlari islomda sunnani tashkil etadi. Sunna ko‘plab hadislardan tarkib topgan. «Hadis» so‘zi dastlab xabar, yangilik degan ma’nolarni anglatgan, so‘ngra maxsus ma’noni ifoda etgan, ya’ni Muhammad (s.a.v.)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlardan iborat bo‘lgan. Hadislarni naql qiluvchilar, rivoyatchilar, avvalo, payg‘ambarning sahobalari, uning vafotidan keyin 29 esa asosan Madinada yashagan qarindoshlari, safdoshlari va shogirdlari, chunonchi xalifa Umar ibn Hattob va uning o‘g‘li Abdulloh ibn Umar (693-y. v.e.); xalifa Ali ibn Abu Tolib; taniqli sahoba Talha ibn az- Zubayr; payg‘ambarning yaqin do‘sti Abu Hurayra (677-y. v.e.); Eronni fath etuvchilardan biri Abdulloh ibn Amir (679-y. v.e.); payg‘ambarning kotibi, Qur’on bilimdoni Zayd ibn Sobit; payg‘ambarning bevasi Oysha (678-y. v.e., aytishlaricha, 1210 ta hadisni rivoyat qilgan) shunday kishilar hisoblanadi. Qur’onni o‘rganish tufayli tafsir ilmi, hadislarni to‘plash va o‘rganish natijasida hadisshunoslik paydo bo‘lgan. Hadislarni to‘plash VII asrning o‘rtalarida boshlangan. Bir yarim-ikki asr mobaynida hadislar juda ko‘plab to‘plangan. Hadisshunoslikning «oltin asri» – IX asrga kelib, ular tartibga solinib, din, axloq va fiqhning asosiy manbasiga aylangan. Sahobalarning ismlari maxsus tartibga solingan va ular rivoyat qilgan hadislar jamlangan kitob «Musnad», mualliflarning keksalari «hurufi hijo» (alifbo) tartibiga qo‘yilib, har birining yo‘li bilan muallifga yetib kelgan rivoyatlarni to‘plagan kitob «Mu’jam» deyilgan. Islom olamida hadislarning «musannaf» (arabcha «tanlab olingan») turi keng tarqalgan. Musannafda hadislar mavzular bo‘yicha jamlangan bo‘ladi. Shu bois ma’lum soha yoki mavzuga oid hadisni musannaf to‘plamlardan qidirib topish osonroq kechgan. Tarixan musnad ilgariroq, musannaf esa keyinroq vujudga kelgan. Islom olamida hadis to‘plamlarining eng mashhuri oltita bo‘lib, ular «al-kutub as-sitta» («olti kitob») deb ataladi. Sunniylik yo‘nalishi musulmonlari orasida bu to‘plamlar keng tarqalgan. Ular quyidagilar: 1) «Al-jome’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam») yoki qisqacha «as- Sahih». Uni Abu Abdulloh Muhammad al-Buxoriy tuzgan. Shu bois u «Sahihi Buxoriy» ham deb ataladi. To‘plam islom olamida katta dovrug‘ qozongan va Sharqda juda ko‘p marta nashr etilgan; 2) «Sahihi Muslim». Tuzuvchisi Muslim an-Nishopuriy (817–875). U 300 mingga yaqin hadisni o‘rganib chiqib, ulardan 12 mingi, ya’ni to‘rt foizini haqiqiy deb topgan; 3) «As-sunan» («Sunnalar»). Tuzuvchisi Ibn Mojja (886-y. v.e.); 4) Abu Dovud as-Sijistoniy (888-y. v.e.)ning to‘plami; 5) Muhammad at-Termiziy (802-y. v.e.)ning «Al-jome’ al-kabir» («Katta to‘plam») nomli to‘plami; 6) Abu Dovudning shogirdi Nasoiy (915-y. v.e., hozirgi Ashxabod yaqinidagi Niso shahridan) tuzgan «As-sunan» to‘plami. 30 Ta’kidlaganimizdek, Abu Abdulloh Muhammad al-Buxoriyning «Al- jome’ as-sahih» to‘plami ahamiyatiga ko‘ra islom olamida birinchi o‘rindadir. Islom olamida bu to‘plam boshqa muhaddislar tuzgan to‘plamlar orasida eng ishonarli va mukammalidir. Unda Muhammad (s.a.v.) hadislaridan tashqari yana fiqh, islom urf-odatlari, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, shuningdek o‘sha davr tarixi va etnografiyasiga doir ko‘plab ma’lumotlar berilgan. Unga 600 ming hadisdan saralangan 7275 ta eng sahihlari kiritilgan. Mazkur to‘plam Misr va boshqa mamlakatlarda juda ko‘p marta chop etilgan hamda unga yirik ulamolar ko‘plab sharhlar yozganlar. Buyuk muhaddisning to‘liq ism-sharifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‘ira ibn Bardizboh al-Ju’fiy al-Buxoriy (810–870)dir. Imom al-Buxoriy hijriy 194 yilning shavvol oyida Buxoroda tavallud topgan. Otasi Ismoil o‘sha davrning yetuk muhaddisi Molik ibn Anasning shogirdi va yaqini bo‘lib, tijorat bilan shug‘ullangan. Onasi ham taqvodor, diyonatli va oqila ayol bo‘lgan. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi bilan volidasi shug‘ullangan. U 5–6 yoshidan islomiy ilmlarni o‘zlashtirishga, Muhammad (s.a.v.)ning hadislarini o‘rganish va yodlashga kirishgan. Taniqli muhaddislar al-Doxiliy, Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy kabilardan saboq olgan. Muhaddislar azaldan safarlarga chiqishdan oldin o‘z yurtlaridagi roviylardan barcha hadislarni yozib olgan bo‘lishlari shart edi. Shundan keyin boshqa shahar yoki mamlakatga safar qilishlari mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha o‘z yurtidagi mashoyixlardan ko‘plab hadislarni tinglab, yozib olgan, so‘ngra xalifalikning turli viloyatlariga safarga chiqqan. Buxoriy 825-yilda onasi va Ahmad ismli akasi bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etgan. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib yuborib, o‘zi Makkada qolgan. Bu yerdagi mashoyixlarning ilmiy yig‘inlarida qatnashgan, 827-yilda Madinaga borib, u yerdagi mashhur ulamolar Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza kabilar bilan hamsuhbatda bo‘lgan, ulardan hadislarga doir saboqlar olgan. O‘sha vaqtlarda Muhammad (s.a.v.)ning sahobalari, ularning izdoshlari ham turli mamlakatlarga tarqalib ketgan edilar. Bunday vaziyatda payg‘ambarning hadislarini to‘plash undan turli shahar va mamlakatlarga borishini taqozo qilgan edi. Tarixnavislarning ta’kidlashlaricha, Buxoriyning Hijoz, Makka, Madina, Toif va Jiddaga qilgan turli safarlari olti yil davom etgan. So‘ngra u Basra, Kufa va Bag‘dodga safar qilgan. Shom va Misrda bo‘lgan. Buxoriy yana, 31 Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray va Jibol kabi shaharlarda ham bo‘lib, u yerlardagi olimlardan ham saboqlar olgan va hadislar to‘plagan. Xorijiy safarlardan keyin Buxoroga qaytib, hadislarini targ‘ib etishga kirishgan. Uning bunday savobli sa’y-harakatlari Buxoroning o‘sha davrdagi hukmdori Xolid ibn Ahmad az-Zuhliyga ma’qul kelmagan. Shu sababli Buxoriy o‘z yurtini tark etib, Poykend, keyinchalik Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘iga kelib, muqim yashashga majbur bo‘lgan va shu yerda vafot etgan. Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlagan. Tijoratdan topgan daromadining besh yuz dirhamini oyiga faqiru miskinlarga, ilm toliblariga hadya qilgan. Shaxsiy hayotida dabdabaga berilmagan, sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymagan. Buxoriy umri davomida hadislarni to‘plash va tizimga solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga ajratgan. Bu vazifa hadischi roviylarning hayot va yashash tarzi, tug‘ilgan va vafot etgan sanalari, ularning o‘zaro muloqotlarini chuqur o‘rganish hamda tahlil qilish orqali amalga oshirgan. Buxoriy noyob qobiliyati, o‘tkir zehni, quvvai hofizasining kuchliligi bilan o‘sha davr ilm ahllarini lol qoldirgan. Uning atoqli alloma bo‘lib yetishuvida oila va madrasa ta’limidan tashqari, ustozlarining xizmatlari va ta’siri katta bo‘lgan. Turli mamlakatlardagi mashhur diniy ulamolar – Makkada Abdulloh ibn Zubayr al-Xo‘jandiy, Ahmad ibn Muhammad Azraqiy, Abdulloh Muqriy; Madinada Abdulaziz Uvaysiy, Mutrif ibn Abdulloh; Basrada Abu Osam an-Nabil; Balxda Yahyo ibn Basr, Utayba ibn Said; Kufada Abu Naim al-Fazl; Bag‘dodda Sarih ibn an-Nu’mon, Ahmad ibn Tanbal; Shomda Muhammad al-Forobiy, Odam ibn Abu Ilyos; Misrda Ahmad ibn Shuayb, Ahmad ibn Solih; Marvda Ahmad ibn al-Hasan; Nishopurda Is’hoq ibn Ibrohim Rohvayh al-Hamzamiy, Muhammad ibn Yahyo Zuhaliy, Yahyo ibn Yahyo Tamimiy, Bashr ibn al-Hakim kabilar Buxoriyning ustozlari edilar. Buxoriyga hadis ilmidan saboq bergan ustozlar sal vaqt o‘tmay, o‘zlarining qobiliyatda unga shogird darajasida ekanliklarini e’tirof eta boshlaganlar. Ustozi Is’hoh ibn Rohvayh ishonch bilan Buxoriyga bolalik chog‘idayoq: «Siz (hadis) aytib turing, boshqalar yozib olsin», – deya tayinlar ekan, ustozi Abdulloh ibn Munir esa kamtarlik bilan: «Men al-Buxoriyning shogirdlaridanman», – der ekan. Unga zamondosh muhaddis Abdulloh ibn Abdurahmon Samarqandiy: «Ikki haramaynda (Makka va Madinada), Hijozda, Shomda va Iroqda ko‘p olimlarni ko‘rdim, lekin Muhammad ibn Ismoildek (ko‘p va sahih) hadis jamlaganni ko‘rmadim. Ul kishi bizdan ko‘ra 32 bilguvchiroq, faqihroq va talabchanroqdir», – degan. Imom Buxoriyning shogirdlari ham son-sanoqsiz bo‘lgan. Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Forobiy: «Birgina «Al-jome’ as-sahih»ni ul zotdan eshitgan kishilarning sanog‘i to‘qson ming kishi bo‘lgan», – deb yozgan. Hadis ilmining ravnaqiga o‘ta fidoyilik, aql-zakovatini baxshida etish Buxoriyga shon-sharaf keltirdi, u islomning eng buyuk allomalaridan biri sifatida dunyoga tanildi. Buxoriy umri davomida yozib olgan va yod bilgan 600000 hadisdan 7275 ta sahihlarini ajratib, «Al-jome’ as-sahih» to‘plamiga kiritgan. Unda Muhammad (s.a.v.)ning hadisi shariflari «Iymon», «Tahorat», «Namoz», «Zakot», «Haj», «Nikoh», «Taloq», «Savdo-sotiq kitobi», «Ichimliklar», «Vakolat kitobi», «Hadyalar», «Guvohliklar kitobi», «Sulh kitobi», «Vasiyat kitobi», «Maloikalar haqida» kabi 100 bobga ajratilib, tartib bilan bayon qilingan. Har qaysi bobda mavzuga doir hadislar ishonchli roviylarning isnodlari (manbalari) bilan keltirilgan. Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih» to‘plami shunday ulkan ma’naviy qudratli xazinaki, undagi hadislar o‘z zamonasida va keyinchalik ham musulmon huquqi, kalom va fiqh ilmlarida Qur’oni karim oyatlaridan keyin shar’iy hukmlarga asos bo‘lgan. Undagi ba’zi hadislarda zamonaviy tabiatshunoslik fanlarining ham negiziga doir ma’lumotlar borligini ta’kidlash mumkin. Masalan, «Suv haqidagi hikmatlar» kitobida barcha o‘simliklar va jonzotlar suvdan paydo bo‘lgani haqida qudsiy hadis keltirilgan1. Vaqf mulklari, merosxo‘r- larning haqlari, ilm-ma’rifat o‘rganishning barcha musulmon erkak va ayollarga farzligi haqidagi hadisi shariflar muhim hayotiy muammolarni hal etishda musulmon huquqidagi hukmlar, qozilarning fatvolariga tayanch manba bo‘lgan. Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih» asari tomonidan fiqh ilmi bo‘yicha dasturilamal ekanligini zamondoshlari tan oldilar va X asrga kelib sunniylik to‘plamlari orasida Muslimning «as-Sahih»i kabi asosiy o‘rinni egalladi1. Buxoriyning ko‘plab asarlari orasida «Tafsir al-Qur’on» («Qur’on tafsiri») ham alohida muhim ahamiyatga ega. Uning asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida Muhammad (s.a.v.) sunnasiga doir asosiy darslik hamda qo‘llanmalar hisoblanadi. Jamoat arboblari, ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlarining mohiyatiga tayanib ish ko‘radilar. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Buxoriyning o‘lmas merosiga munosabat tamoman o‘zgardi va uning o‘z yurtdoshlariga bag‘riga qaytarildi. Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish, targ‘ib qilish va xotirasini abadiylashtirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. 1998-yil 33 23-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga binoan Samarqandda imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yillik yubileyi tantanalari o‘tkazildi. Alloma dafn etilgan Chelak tumanidagi Hartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov imom al-Buxoriy yodgorlik majmuining ochilishiga bag‘ishlangan marosimda so‘zlagan nutqida: «Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun musulmon olamining faxr-iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma’nodagi ilmiy va insoniy jasorat, bukilmas iroda, so‘nmas e’tiqod timsolidir. Olti buyuk muhaddisning ikkinchisi hisoblangan Imom Muslimning al-Buxoriyga qarata: «Ey, ustozlarning ustozi, muhaddis- larning sultoni, hadislarning tabibi! Poyingizni o‘pishga ijozat bering!» deya qilgan xitobi ahli islomning ulug‘ bobomizga hurmat va e’tirofi naqadar yuksakligini ko‘rsatadi» 1 , – deya ta’kidlagan edi. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling