Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Musulmon huquqining ratsional manbalari
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
3.3. Musulmon huquqining ratsional manbalari
«Ijmo» so‘zi ittifoq va kelishuv ma’nosini anglatadi. Ijmo fiqhiy atama bo‘lib, odillik sifati va mujtahidlik malakasini egallagan bitta davr olimlarining muayyan hukmlar borasidagi kelishuvidir. Ijmo – sunnadan keyin musulmon huquqshunosligining uchinchi asosiy manbai bo‘lib, unda belgilangan hukmlarga amal qilish vojib bo‘lgan. G‘azzoliyning fikricha, ijmo mazhablarga doir masalalar bo‘yicha Muhammad (s.a.v.) ummatining ittifoqi – kelishuvidir. Ijmo ikki qismga bo‘linadi: a) ijmo ul-umma (ummat ijmoi), ya’ni islom jamosining kelishuvi; b) ijmo ul-aimma (imomlar – olimlar ijmoi), ya’ni ummat imomlari sanalgan fiqh ilmining buyuk olimlari kelishuvi. Ijmo ul-ummaga haj ibodati marosimidagi amallarning barcha musulmonlar tomonidan bir xilda bajarilishi misol bo‘ladi. Olimlar ijmoni ikkiga bo‘lganlar: birinchisi, oyat yoki hadislarni izohlash borasidagi kelishuv. Masalan, vafot etgan kishining zimmasida qolgan qarzlari. Marhumdan qolgan mol-mulk (taraka)ni vorislarga taqsimlab berishdan ilgari uning qarzlarini to‘lash zarurligi ta’kidlangan oyatlar borasida kelishuv. Ikkinchisi, huquqiy usul va qoidalarni ifodalovchi bir necha mo‘jaz va qisqa iboralar majmui borasidagi kelishuv. Ularning biror oyat yoki hadisga asoslanganiga ishora qilinmasa ham, ular ishonch bilan qabul qilingan. Masalan, vaqf qiluvchining irodasi musulmon huquqida hukm hisoblanadi, ya’ni o‘z mulkini vaqf qiluvchi kishi vaqf qilish orqali shunday doimiy mulkka asos soladiki, bunda vaqfdan keladigan foydalarni ma’lum tashkilotga o‘tkazish va undan foydalanish huquqi abadiylashtiriladi. Ammo mulkning o‘zi 44 saqlanib qoladi, uni hech kim sotish, sotib olish va unga egalik qilish huquqiga ega bo‘lmaydi. Vaqf tizimi musulmon huquqiga xos tarmoq bo‘lib, boshqa huquqiy tizimda mavjud emas. «Az-zarurotu tubihul-mahzurot» (ya’ni, zarurat chog‘ida noravo narsalarning ravo bo‘lishi). Ushbu tamoyilga ko‘ra, insonning hayoti xavf ostida qolganda, deylik, boshqa oziq mahsuli bo‘lmaganda, taqiqlangan mahsulotlar, masalan, cho‘chqaning yoki o‘zi o‘lgan hayvonning go‘shtini iste’mol qilish mumkin. Ijmo qachon kerak bo‘ladi? Qachonki qonun «sukut» qilganda, ya’ni biror masala borasida ahli sunna mazhablarida nass mavjud bo‘lmaganda, avvalo ijmodan foydalaniladi. Hanafiy mazhabining buyuk faqihlaridan biri, «Usul ush-Shoshiy» asari muallifining ta’kidlashicha, ijmo amalda to‘rt xil bo‘ladi: a) sahobalar ijmoi – ya’ni sahobalar biror masala to‘g‘risida o‘zaro yaqin fikrlarni ochiqdan-ochiq bildirgan bo‘lsalar, bu ijmo ahamiyati jihatidan Qur’on oyatlariga yaqin turadi; b) o‘rtaga qo‘yilgan masalani sahobalarning bir guruhi tasdiqlab, qolganlarining tortishuv (ixtilof)dan keyin qabul qilingan qarorni inkor qilmay, jim turishlari holati (ijmoi sukutiy) mutavotir hadis darajasida turadi; d) sahobalardan rivoyat qilinmagan masala borasida tobein ijmoi xabari mashhur o‘rinda turadi; f) keyingi davr olimlarining sahobalarning ba’zi so‘zlari haqidaga ijmoi xabari vohid o‘rnida turadi 1 . Shuni ta’kidlash zarurki, ijmoni amalga oshirishda ijtihod vakolatiga ega kishilarning kelishuvi e’tiborga olinadi. Oddiy odamlar, mutakallimlar, muhaddislar va fiqh usullari borasida yetarli bilimga ega bo‘lmagan kishilarning kelishuvlari esa ahamiyatsiz hisoblanadi. Shialikda ijmo. Shialarning o‘zlariga xos tashri’ manbalari mavjud. Ular uchun ijmo hujjat emas. Lekin «qavli imom» (ya’ni imomning so‘zi) muhim, u vahiy orqali har qanday narsani bilib oladi, shu bois uning so‘zlariga amal qilish majburiydir. Shia mazhabida ijmo imomning fikriga asoslanadi. U hujjat va islom fiqhining manbalaridan biri hisoblanadi. Ushbu nuqtai nazardan ijmo bo‘yicha shialikda uchta maktab mavjud: Ijmoi duxuliy deb atalgan birinchi maktabning aqidasiga binoan, ijmo ummat (islom jamosi) faqihlarining ittifoqi bo‘lgani bois imom ham faqih deb tan olinib, jamoaning tepasida turadi. Shunga ko‘ra, imom tanilmagan bo‘lsa ham, ijmo qiluvchilar orasida bo‘lishi shart. Agar barcha 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ɇɢɡɨɦɭɥ-ɦɢɥɥɚ Ⱥɛɭ ɂɛɪɨΣɢɦ ɂɫΣɨΙ ɢɛɧ ɂɛɪɨΣɢɦ ɚɲ-ɒɨɲɢɣ. ɍɫɭɥ ɭɲ-ɒɨɲɢɣ. – Ⱦɟԟɥɢ, 1935. – Ȼ. 78. 45 kelishuvchilar «ma’lum un-nasab» (ya’ni tanilgan faqihlar) bo‘lsalar-da, imom ularning orasida bo‘lmasa, bunday ijmo hujjat hisoblanmaydi. Ushbu maktabning aqidasiga ko‘ra, kelishuvchilar orasida bitta tanilmagan (ya’ni imom bo‘lib tanilish ehtimoli bor) kishi bo‘lishi shart. Ijmoi lutfiy deb tanilgan ikkinchi maktab vakillarining fikricha, ijmo – biror fiqhiy masala borasida olimlarning kelishuvi va ittifoqi. Bunda, olimlar lutfu marhamatlari va o‘z vakili (imom) orqali har qanday kelishuvni buzib, ularni to‘g‘ri yo‘lga solishlari zarurdir. Uchinchi maktab ijmoi kashfiy deb ataladi. Ularning fikricha, agarda biror fiqhiy masalada ittifoq hosil bo‘lsa, o‘sha kelishuv to‘g‘risidagi fikrni imom kashf qildi deb tan olinadi. Ushbu maktabning muxoliflari esa bunday istidlol, imom hozir bo‘lgandagina to‘g‘ri, imom g‘oyib bo‘lgan chog‘da, to‘g‘ri emas, degan fikrni bildiradilar 1 . «Qiyos»ning lug‘aviy ma’nosi solishtirish yoki taqqoslashdir. U huquqiy atama sifatida hukmi aniq bo‘lmagan masalani nass orqali hukmi aniq bo‘lgan boshqa masala bilan solishtiradi, oradagi mushtarak sabab mavjud bo‘lsa, ikkinchi masala hukmini hukmi aniq bo‘lmagan masalaga ko‘chiradi. Bunday holatda har ikkala masala ham islom qonuniga muvofiq bo‘ladi. Masalan, xamr (uzum yoki xurmodan tayyorlangan ichkilik) Qur’onda qat’iy harom deb hukm qilingan 2 , ammo aroq, boshqa mevalar yoki o‘simliklardan tayyorlangan ichkiliklar haqida nass mavjud bo‘lmagani sababli, ularning hukmi (ya’ni, halol yoki harom ekanligi) aniq emas edi. Qiyosda har ikkalasi ham ichuvchini mast, irodasiz qilish xususiyatiga egaligi tahlil etilgani bois, xamrning hukmi, ya’ni haromligi aroqqa ko‘chirilib, u ham xamr kabi harom deb hukm etildi. Edvard Saxov fikricha, «ra’y» sahobalar zamonida yuzaga kelib, undan keyin qiyos darajasiga ko‘tarilgan, Go‘ld Ziher fikricha, islom fiqhida «ra’y»dan foydalanish hayot jarayonida sud ishlarini yuritish uchun yuzaga kelgan jiddiy zaruratdan kelib chiqib rivojlangan va qiyos shaklini olgan. Yana E. Saxovning ta’kidlashicha, ra’yga asoslangan fiqh Abu Hanifagacha bo‘lgan davrlarda taraqqiyot pog‘onalariga ko‘tarila olmadi. U fiqhning boshqa qoidalari qatorida qiyos prinsipini birinchi bo‘lib ishlab chiqdi. 1 ɍɲɛɭ ɦɚɫɚɥɚɞɚ ɤɟɧɝɪɨԕ ɦɚɴɥɭɦɨɬ ɨɥɢɲ ɭɱɭɧ ԕɚɪɚɧɝ: ɀɚɴɮɚɪɢɣ Ʌɨɧɝɪɭɞɢɣ. Ԟɭԕɭԕ ɬɟɪɦɢɧɨɥɨɝɢɹɫɢ. – Ɍɟԟɪɨɧ, 137 ԟ.ɣ. 2 Ԕɭɪɴɨɧɢ ɤɚɪɢɦɧɢɧɝ «Ɇɨɢɞɚ» ɫɭɪɚɫɢ, 90-ɨɹɬ. 46 Istihson. Qiyos ikki tur, ya’ni qiyosi zohir (yoki ja’liy) va qiyosi hafiy (yoki istihson)ga bo‘linadi. Istihson – qiyosi ja’liydan voz kechib, nass yoki urfga amal qilishdir. Al-Bazdaviy ta’riflaganidek, «tarkul-usri lil- yusri», ya’ni og‘ir holatni tark etib, odamlar uchun qulay va yengil bo‘lgan holatni tanlab olishdir. Manbalarda istihsonning uch holati qayd etilgan: birinchisi, qiyosi zohir (qiyosi ja’liy) jarayonida ba’zi bir juz’iyotga tatbiq etish lozim topilmasa, boshqa illat qidiriladi. Muayyan illat (sabab)ga asoslanib, ish ko‘rish, «Usul ush-Shoshiy»da yozilishicha, «qiyosi hafiy» deb ataladi; ikkinchisi, qiyosi ja’liy (qiyosi zohir) biror nassga (Qur’on oyati yoki hadis iborasi) zid bo‘lsa, nassga amal qilinib, qiyosdan voz kechiladi. Qachonki, nass mavjud bo‘lmaganda, qiyosga amal qilinadi; uchinchisi, qiyosi ijmo yoki urfga zidlik. Bunday holatda ijmoga yoki xalq hayotiga singgan urf-odatga amal qilinadi. Xullas, istihson qiyosdan voz kechib, mukallaf kishi uchun qulay bo‘lgan nass yoki urfga amal qilishdir. Ushbu uslubdan Hanafiy mazhabida keng foydalanilgan. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling