Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
qoldirdim, modomiki ularga amal qilib yursangizlar, hech qachon
adashmaysizlar. Ular Allohning kitobi va mening sunnatimdir», – deb vasiyat qilgan edilar. Shubhasiz, Muhammad (s.a.v.) Alloh tanlagan vakil, buyuk elchi va targ‘ibotchi edi. Qur’oni karimda: «Ey payg‘ambar, Alloh tomonidan senga nozil etilgan (yuborilgan, tushirilgan) narsalarni tablig‘ qilgin (odamlarga yetkazgin)» 1 , – deyiladi. Tadqiqotchi olimlar, jumladan doktor Ahmad Shalabiy sunnani ikki qismga bo‘lib o‘rgangan: birinchisi, agar biror ish qilinmoqchi bo‘lsa, Yaratuvchi tomonidan o‘sha ishga tegishli fikr payg‘ambarga vahiy (vahiy hafiy) orqali bildiriladi. Payg‘ambar uni o‘z so‘zlari orqali bayon etadi. Bu vahiy, ya’ni vahiy hafiy Qur’on oyatlari, ya’ni vahiy jaliydan farqlanadi. Qur’on oyatlarining mazmuni, har bir iborasi Alloh tomonidan Jabroil orqali yuborilgan bo‘ladi. Ikkinchisi, agar musulmonlar hayotiga tegishli biror-bir yangilik kiritish zarurati sezilsa, lekin uni hal qilish uchun payg‘ambarga vahiy kelmasa, bunday holatda payg‘ambarga ijtihod qilish, ya’ni masalani o‘z shaxsiy fikri asosida yechish uchun ruxsat berilgan. O‘shanda payg‘ambar (s.a.v.) ijtihod qilib, sahobalar bilan kengash – maslahat o‘tkazib, bir to‘xtamga kelgan. Payg‘ambarning qarori yoki bildirgan fikri Qur’on orqali tuzatilsa, sunna (payg‘ambarning so‘zi yoki qarori) Qur’on orqali mansux bo‘ladi, ya’ni bekor qilinadi va Qur’onning hukmi amalga oshiriladi. Masalan, Badr urushida dushmanning 70 nafar askari asir olinib, urush tugamasidan muayyan tovon evaziga ular bo‘shatib yuboriladi. Ozod bo‘lganlar yana dushman safiga qo‘shilib, ularni kuchaytirgan. Shunda: «Biror payg‘ambar uchun, to yerda (dushmanlarga) zarba bermaguncha, asirlarga ega bo‘lish mumkin emas. (Siz – mo‘minlar) dunyo matoini istaysizlar. Alloh esa (sizlar uchun) oxiratni istaydi. Alloh qudratli va 1 «Ɇɨɢɞɚ» ɫɭɪɚɫɢ, 67-ɨɹɬ. 41 hikmatli zotdir» 1 , – degan oyat nozil bo‘lib, dushman ustidan batamom g‘alaba qozonilguncha, asirlarni qo‘yib yuborishga ruxsat yo‘qligi ta’kidlandi. Agar payg‘ambarning o‘zi inson sifatida ba’zi ishlarni bajarsa, bu harakat musulmon huquqi manbai yoki musulmon huquqida qonun hisoblanmaydi. Masalan, payg‘ambar biror narsani ustun qo‘ysa yoki biror libosni yoqtirsa, bunday holatlar tashri’ emas, ya’ni ular musulmon huquqining hukmlariga kirmaydi. Musulmonlar payg‘ambarda yuz beruvchi bunday ikki holatni bilardilar. Masalan, Badr urushi bo‘lib o‘tadigan joy haqida sahobalardan Hubob ibn Munzir: «Bu Allohdan vahiy bo‘lganmi yoki o‘zingizning ijtihodingizmi?», – deb so‘raganida, payg‘ambar: «O‘zimning ijtihodim», – deb javob bergan. «Gap shunday bo‘lsa, menimcha Badr qudug‘i yoniga joylashsak, yaxshiroq bo‘lardi», – deydi Hubob ibn Munzir. Boshqa musulmonlar uni ma’qullagach, Badr qudug‘i yoniga joylashishga ruxsat berilgan. Sunnaning qonun tuzish salohiyati. Payg‘ambar (s.a.v.) Qur’onning sharhlovchisi sifatida tashri’ qilish (qonun tuzish) vakolatiga ega bo‘lgan. Shunga binoan, sunna tashri’ (qonun tuzish) bo‘yicha ikki asosiy sohani qamrab oladi: birinchisi, Qur’onda zikr etilgan hukmlarni yoritib berish; ikkinchisi, Qur’onda ko‘rsatilmagan hukmlarning tashri’i (qonuniy shaklda chiqarish)ga bog‘liq. Birinchi sohada sunna Qur’oni karim oyatlarini tafsir va ta’vil qiladi, mujmal iboralarni izohlaydi, umumiy ma’noga ega bo‘lganini xoslashtiradi, mutlaq, ya’ni qaydu shartsiz oyatlarga qaydu shart qo‘yadi. Masalan, Qur’onda «Namoz o‘qinglar», deb amr qilinadi, ammo namoz o‘qishning tartibi, rak’atlari sonini faqat payg‘ambarning o‘zi belgilab va amalda ko‘rsatib bergan. Bu esa Qur’ondagi amrning izohlanishidir. Yana bir misol: Qur’onda meros tizimi umumiy ma’noda izohlangan, lekin payg‘ambar meros olish uchun din birligi, qotil yoki va qul bo‘lmaslikni shart qilib qo‘yib, uni xoslashtirgan. Masalan, otasini o‘ldirgan yoki nohaq yo‘l bilan uning o‘limiga sabab bo‘lgan farzand otasidan meros olish huquqidan mahrum bo‘ladi va shu kabilar. Ikkinchi soha – sunnaga tegishli bahslardan tashkil topadi. Zarurat tug‘ilganda Qur’onda aytilmagan biror-bir yangi hukmni sunna belgilab beradi. Bu o‘rinda hukmlarning ba’zilari payg‘ambardan vahiy (ilhomga o‘xshash holatlar) orqali va ba’zilari uning ijtihodi, shaxsiy fikridan hosil 1 «Ⱥɧɮɨɥ» ɫɭɪɚɫɢ, 67-ɨɹɬ. 42 bo‘lgan. Albatta, payg‘ambar (s.a.v.) ijtihod qilishda ham islom ruhi va falsafasini nazarda tutgan. Bunday hukmlarga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, jadda (buvi)ga merosdan oltidan bir hissa berish, nikoh bitimining to‘g‘ri tuzilishi uchun guvohlarning shartligi, badan (tana) a’zolari xuni, ya’ni bahosini belgilash, shuningdek urf asosida amal qilinganda, uning to‘g‘riligini tasdiqlash va hokazo. Hadis ilmi yoki hadisshunoslik. Hadis – sunnaning asosiy qismi, ya’ni payg‘ambar rivoyat qilgan fikrlarni ifodalaydi. Lekin ba’zi olimlar, jumladan Misrdagi al-Azhar islom universitetining vakili doktor al- Husayniy Abdulmajid Hoshim sunna, hadis, xabar va osarni bitta ma’noda, ya’ni payg‘ambar tomonidan asos solingan yo‘l-yo‘riqlar, uning so‘zlari, undan, sahobalar va tobeinlardan yetib kelgan barcha rivoyatlarni qamrab olgan ilm, deb ta’kidlaydi 1 . Arabiston, ayniqsa. payg‘ambarning shahri deb tan olingan Madinada sahobalar ko‘pligi tufayli hadis roviylari ham ko‘p edi. Iroq o‘lkasiga esa sahobalar Hazrat Umar davrida yuborildi va undan keyin Iroqda siyosiy hodisalar va urushlar ko‘paygani sababli, hadis roviylarini yetarli darajada jalb etishga muvaffaq bo‘lmadi. Iroq turlicha aqidalarga tayangan yo‘nalishlar va siyosiy harakatlar mintaqasi, cheksiz qarama-qarshiliklar markaziga aylandi. Natijada islomga qarshi guruhlar ko‘plab to‘qima hadislarni yaratib, payg‘ambarga nisbat bera boshladilar. Bunday murakkab vaziyat hadislarni saralash, ya’ni haqiqiylarni ja’liy (to‘qima)lardan ajratib olish zaruratini yuzaga keltirdi. Bu maqsadga erishish uchun bir necha usul va qoidalar ishlab chiqildi, bu bilan ilm ul-hadis, ya’ni hadisshunoslik ilmiga asos solindi. Hadis ilmi ikki turga bo‘linadi. Birinchisi, rivoyat ul-hadis – payg‘ambardan rivoyat qilingan so‘zlar, ya’ni uning amallari, tasdiqlari, axloqi, oliy fazilatlari va boshqa sifatlari, shuningdek sahobalar va tobeinga nisbat berilgan narsalarni o‘rganadi. Ikkinchisi, diroyatul-hadis – hadis va sunnani rivoyat qilishda foydalaniladigan usul va qoidalarni o‘rganadi. «Diroyat» – biror narsani tom ma’noda tushunib olish demakdir. Diroyat ul-hadis mustalah ul-hadis, usuli hadis ilmi yoki rivoyat ul-hadis ilmining usullari ham deb ataladi. Ya’ni roviylar va 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ɭɫɚɣɧɢɣ Ⱥɛɞɭɥɦɚɠɢɞ ɨɲɢɦ. ɍɫɭɥ ɭɥ-ԟɚɞɢɫɢɧ-ɧɚɛɚɜɢɣ, ɭɥɭɦɭԟɭ ɜɚ ɦɚԕɨɣɢɫɭԟɭ (ɉɚɣԑɚɦɛɚɪ ԟɚɞɢɫɥɚɪɢɧɢ ʆɪɝɚɧɢɲ ɭɫɭɥɥɚɪɢ, ɢɥɦɥɚɪɢ, ɦɟɡɨɧɥɚɪɢ). –Ԕɨԟɢɪɚ, 1988. – Ȼ. 23. 43 hadislar matnlarini osonroq o‘rganish uchun hadisshunoslar kelishib olgan qoida va usullardir. Hadis ilmida quyidagi atamalardan foydalaniladi: a) isnad – hadis roviylari va tashuvchilari silsilasi; b) matn – hadis mazmunini ifodalovchi iboralar – so‘zlar. Umumiy ma’noda hadislar uch tur – sahih, hasan, zaifga bo‘linadi. Sunna va payg‘ambar hadislarini to‘plash, ularni ja’liy (to‘qima) hadislardan ajratib olishda vatandoshimiz alloma Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (815–892-y.) mislsiz hissa qo‘shib, o‘zidan abadiy barhayot asarlar qoldirdi. Imom Buxoriyning shoh asari «Al-jome’ as- sahih» islom olamida Qur’ondan keyingi eng mo‘tabar, ishonarli kitob sifatida shuhrat qozongan. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling