Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Musulmon huquqining asosiy mazhablari
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
4.2. Musulmon huquqining asosiy mazhablari
Hanafiylik mazhabi unga asos solgan olimning nomi bilan atalib, uning asl ismi Nu’mon ibn Sobit bo‘lgan. U 702-yilda Kufada (Iroq) tug‘ilgan. Otasi ipak bilan savdo qilgan, kelib chiqishi fors bo‘lib, Xularo Rashidun hukmronligi davrida islomni qabul qilgan. 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ɀʆɡɠɨɧɢɣ Ⱥ.ɒ. ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɲɭɧɨɫɥɢɝɢ: Ԟɚɧɚɮɢɣ ɦɚɡԟɚɛɢ ɜɚ ȸɪɬɚ Ɉɫɢɺ ɮɚԕɢԟɥɚɪɢ. – Ɍ., 2002. – Ȼ. 76–81. 48 Abu Hanifa dastlab «Ilm ul-kalom» deb nomlanuvchi falsafa va dialektikani o‘rganishni boshlagan. Bu sohadagi turli fanlarni o‘zlashtirgan va hadislar hamda fiqhni chuqur o‘rganishga kirishgan. Hadis ilmida zamonasining eng buyuk ulamolari safidan o‘rin olgan Hammod ibn Zaydga shogird tushib, o‘n sakkiz yil davomida undan ta’lim olgan. U mudarrislik ilmini ham o‘zlashtirgan, ammo ustozining vafotiga qadar (742-y.) uning shogirdi bo‘lib qolavergan. Qirq yoshga yetgach, Abu Hanifa mudarrislik lavozimini egallagan va Kufadagi eng mashhur olimga aylangan. Ummaviylar sulolasining xalifalari unga Kufaning qozisi lavozimini taklif etganlar, biroq u rad etib, buning uchun Amir Yazid ibn Umar tomonidan kaltaklangan. Abbosiylar hukmronligi davrida ham u qirollik taklifini rad etgani uchun xalifa Abu Ja’far al- Mansur (754–775-yillarda hukmronlik qilgan) tomonidan Bag‘dod zindoniga tashlangan. U o‘limiga qadar (767-yil) mahbuslikda hayot kechirgan. Abu Hanifani ikkinchi avlod tobeinlar qatoriga qo‘shadilar, chunki u ba’zi sahobalar bilan shaxsan uchrashgan va ularning og‘zidan bir nechta hadislarni eshitgan. Hanafiy mazhabining shakllanishi. Imom Abu Hanifaning dars berish usuli sho‘ro (jamoaviy muhokama, kengash) tamoyiliga asoslangan. U shogirdlariga birorta huquqiy muammoni munozara mavzusi sifatida tanishtirar va hamma bir fikrga kelgach, ularga barcha holatlarda qabul qilgan qarorlarini yozib, qayd etishni buyurgan. Fatvo chiqarishga bunday yondashuv, aytish mumkinki, Hanafiy mazhabi vakillarining sa’y- harakatlari natijasi sifatida paydo bo‘lgan. Faraziy fiqhga asoslangan muhokamalar «Agar bunday bo‘lganida, nima bo‘lardi?», degan savol bilan boshlanganligi bois, bu maktab vakillari Ahl al-ra’y nomi bilan shuhrat qozondilar. Hanafiy mazhabi qo‘llagan huquq manbalari. Mazkur mazhabning birinchi huquqshunoslari huquqiy normalarni quyidagi manbalarga tayanib chiqarar edilar: Qur’on. Ular Qur’onni musulmon huquqining birlamchi va inkor etib bo‘lmaydigan manbai hisoblar, undan boshqa manbalarning to‘g‘riligini baholashda foydalanar edilar. Shundan kelib chiqib, Qur’onga zid keluvchi har qanday boshqa manba noto‘g‘ri hisoblanar edi. Sunnaga musulmon huquqining ikkinchi muhim manbai sifatida murojaat qilinardi, lekin uni qo‘llashning muayyan shartlari bor edi. Ular, agar biror hadisdan huquqiy nuqtai nazardan dalil sifatida foydalanish kerak bo‘lsa, bunda ushbu hadisning sahih ekanligining o‘zi kamlik qiladi, bundan tashqari u keng tarqalgan, ya’ni mashhur ham bo‘lishi 49 shart, degan fikr tarafdori edilar. Bu shart mashhur sahobalarning (Ali va ibn Mas’ud) ayrimlarigina yashash uchun ko‘chib borgan hududlarda keng tarqalgan to‘qima hadislarga chek qo‘yish niyatida kiritilgan edi. Muhammad (s.a.v.) izdoshlarining ijmolari. Musulmon huquqida ahamiyati bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadigan manba Qur’on yoki sunnada tilga olinmagan har qanday huquqiy masala bo‘yicha sahobalarning yagona fikri hisoblangan. Bu shuni anglatganki, islom normalarini chiqarishda Muhammad (s.a.v.) izdoshlarining fikrlari Abu Hanifa va shogirdlarining fikrlaridan afzal ko‘rilgan. Hanafiy mazhabining vakillari har qanday davr ulamolarining o‘z kuchiga ega va musulmonlar uchun majburiy bo‘lgan ijmolarini ham tan olganlar. Muhammad (s.a.v.) izdoshlarining (sahobalarning) shaxsiy fikrlari. Agar muayyan huquqiy masala bo‘yicha sahobalarning fikrlari har xil bo‘lib, ijmoga erishilmagan bo‘lsa, Abu Hanifa mazkur holat uchun eng mos keluvchi nuqtai nazarni tanlagan. Buni o‘z mazhabining eng muhim tamoyillaridan biri sifatida o‘rnatar ekan, Abu Hanifa sahobalarning fikrlarini o‘zining shaxsiy fikridan ancha ustun qo‘ygan. Biroq, turli nuqtai nazarlardan birini tanlashda, ma’lum ma’noda o‘zining shaxsiy mulohazalariga tayangan. Qiyos. Abu Hanifa yuqoridagi muhim manbalarning hech birida isboti aniq bo‘lmagan sohalarda sahobalarning shogirdlari (tobeinlar) chiqargan xulosalarga qo‘shilish shart emas, deb hisoblardi. U o‘zini tobeinlarga teng qo‘yar hamda o‘zi va shogirdlari tomonidan o‘rnatilgan qiyos tamoyili asosida o‘z ijtihodi bo‘yicha qaror qabul qilar edi. Istihson (afzal ko‘rish, yaxshi deb hisoblash). «Istihson» atamasi bir dalilning muayyan vaziyat uchun ko‘proq mos kelishi, bir dalil boshqa dalilga nisbatan zaifroq bo‘lishiga qaramay, muayyan sharoit uchun undan afzal ekanligini anglatadi. Masalan, aniq ma’noga ega bo‘lgan biror hadisning ma’nosi umumiyroq bo‘lgan boshqa hadisdan yoki muayyan vaziyat uchun ko‘proq qo‘l keladigan normani qiyos usuli bilan chiqarilgan boshqa normadan afzal ko‘rish. Urf (mahalliy urf-odatlar). Islom tomonidan hech qanday majburiy qoidalar o‘rnatilmagan sohalarda mahalliy urf-odatlarga ko‘proq ahamiyat berilgan. Ushbu tamoyilni amalda qo‘llash hisobiga islom dunyosidagi har xil madaniyatlarda uchraydigan turli-tuman urf-odatlar bir qator mamlakatlarning huquqiy tizimiga kirib borgan 1 . 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ɂɫɯɚɤɨɜ ɋ.Ⱥ. Ȼɭɪԟɨɧɢɞɞɢɧ Ɇɚɪԑɢɧɨɧɢɣ ɜɚ ɮɢԕԟ ɢɥɦɢ. – Ɍ., 2000. – Ȼ. 22. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling