Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
2) ta’lim markazlari sonining ko‘payishi. Shimoliy Afrika va
Ispaniya davlatlari (Ummaviy shahzodalardan biri Abdurahmon ibn Muoviya mo‘jiza tufayli Abbosiylar qo‘lida o‘lim topishdan qutulib qolib, Ispaniyaga qochib borib, 756-yilda Kordovoda Ummaviylar qirolligiga asos solgan) Abbosiylar imperiyasidan ajralsa-da, Abbosiylar davlatining chegaralari kengayib, Eron, Hindiston, Movarounnahrni o‘z tarkibiga kiritgan, uning poytaxti esa Bag‘dodga ko‘chirilgan. Ta’lim markazlari va mazhablarining ham soni ortgan. Turli markazlardan olim-sahobalar va tobeinlar o‘z bilimlarini musulmon davlatining boshqa qismlaridagi zamondoshlari chiqargan xulosalar bilan boyitish maqsadida bir hududdan boshqasiga qatnay boshlagan. Bunga misol sifatida Abu Hanifaning mashhur shogirdlaridan Muhammad ibn Hasan Molikiy mazhabining asoschisi imom Molikdan saboq o‘rganish, uning «Al-Muvatto» nomli hadislar kitobini yod olish uchun Iroqdan Madinaga qilgan sayohatini keltirish mumkin. Imom Shofi’iy (Shofi’iy mazhabining asoschisi) hamda imom Molikdan tahsil olish maqsadida Hijozga, keyin Muhammad ibn Hasandan saboq olish uchun esa Iroqqa va nihoyat Misrga borgan. Bu jahongashtaliklar, birinchi navbatda, ulamolar o‘rtasida paydo bo‘lgan asosiy farqlarning yo‘qolishiga hamda musulmon huquqi maktablaridan ba’zilarining butkul birlashib ketishiga olib keldi. Masalan, imom Shofi’iy Hijoz fiqhini Iroq va Misr fiqhi bilan birlashtirdi va yangi huquq maktabi – Shofi’iy mazhabini yaratdi. Shu o‘rinda ilk imomlarning fiqhga nisbatan moslashuvchan yondashuvlarini yana bir bor esga olish maqsadga muvofiqdir; 3) fikrlar almashuvi – munozaralar tajribasining yoyilishi. Ulamolar yoki ularning shogirdlari har doim uchrashganlarida, turli masalalar yuzasidan fikrlar almashar edilar. Qabul qilgan qarorlarida keskin farqlar bo‘lsa, ular yagona fikrga kelmagunlaricha yoki fikrlar turliligi 66 ma’qullanmagunicha, munozarani tugatmay, uni yangidan boshlab, davom ettiraverganlar. Bunday tortishuvlar yozishmalar tarzida ham amalga oshirilar edi. Masalan, imom Molik va imom Layloning Madina urf-odatlari masalasidagi (imom Laylo imom Molikning Madina aholisining fikri musulmon huquqi manbalaridan biridir, degan fikriga qo‘shilmagan) yozishmalari shular jumlasidan. Turli mazhab vakillari (ularning asoschilari va shogirdlari) o‘rtasidagi bahslarning yozishmalar yoki shaxsiy uchrashuvlar tarzida ko‘payishi ba’zi muhim masalalarga oydinlik kiritilishiga va musulmon huquqidagi mavjud yanglish nuqtai nazar va fikrlarning bartaraf etilishiga sabab bo‘lgan. Mazhablar taraqqiyoti ilk bosqichidagi ulamolar va ularning shogirdlarida mutaassiblik va aqidaparastlik qarashlari yo‘q bo‘lgan. Masalalar odilona tahlil etilgan, xulosalar dalillarning xolisligiga qarab chiqarilgan. Imomlar Abu Hanifa va Shofi’iy agarda biror hadis sahihligiga ko‘ra mashhur bo‘lsa, u uning mazhabi hisoblanishi kerakligini ta’kidlab o‘tganlar. Xamr va boshqa mast qiluvchi ichimliklarga oid taqiq bunga o‘rinli misoldir. Hanafiy mazhabining asoschisi imom Hanifa xamrning taqiqlangani faqat uzum sharbatining achitilishidan hosil bo‘luvchi mahsulotga tegishli ekani, boshqa mast qiluvchi moddalarga esa taalluqli emasligi haqida fatvo chiqargan. Ushbu fatvo bilan boshqa mahsulotlardan tayyorlangan mast qiluvchi ichimliklarning mast qilmaydigan miqdorda iste’mol qilinishiga ruxsat etilgan. Biroq Abu Hanifaning uch nafar eng mashhur shogirdi (Abu Yusuf, Muhammad ibn Hasan va Zufar) keyinchalik ustozining bu fatvosini Muhammad (s.a.v.)ning xamrga mast va sarxush qiluvchi barcha mahsulotlar kirishi to‘g‘risidagi sahih hadisiga asoslanib, rad etdilar. Bunday erkin fikr almashishlar, ya’ni hatto mazhablar asoschilari chiqargan fatvolarni o‘zgartirishgacha borish, afsuski, keyingi davrlar mazhablarida uchramagan. Kichik ulamolar davri, ya’ni turli mazhablarning ikkinchi avlodi vakillari davrida (850–950-yillar) fiqhning rivojiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi: Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling