Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov


Download 4.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/70
Sana10.11.2023
Hajmi4.5 Mb.
#1761199
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
Bog'liq
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...

Ja’fariy mazhabining tarafdorlari Ali va uning avlodlaridan 
tarqalgan o‘n ikkita imomning borligiga ishonadilar. Shu bois ular 
«Isnoshariya» (o‘n ikki imomlik) deb ham ataladilar. Ularning aqidasicha, 
o‘n ikkinchi imom tug‘ilgan bo‘lsa ham, hozircha u g‘oyib, ya’ni 
namoyon bo‘lmagan. Bir kun kelib, u zohir bo‘ladi, ko‘rinadi va dunyo 
ahlini adolat va imonga yo‘llaydi. Bu mazhab Eron Islom 
Respublikasining rasmiy mazhabidir. 
Ja’fariy shialar «mut’a»
1
nikohini qonuniy deb hisoblaydilar, lekin 
Zaydiy va Fotimiy (Ismoiliy) shialar sunniylar kabi unday nikohni 
noqonuniy, deb biladilar.
Fotimiylar uchun mut’a yoki vaqtincha nikoh qonuniy emas. Bu 
haqida Sayid Idris Imodiddinning «Uyunul-axbor» asarida shunday 
rivoyat keltirilgan: «undan (imom al-Muiz Lidinillohdan) mut’a haqida 
so‘ralganda, imom undan: «O‘zingga yaqin qarindoshlar (ya’ni 
uylanishing harom bo‘lgan kishilar) bilan mut’a nikohi amalga 
oshirilishiga rozimisan?», – deb so‘raganda, o‘sha odam: «Xudo guvoh 
bo‘lsinki, rozi emasman», – deb javob beradi. Imom unga qarab: «Shu 
sen uchun yetarli, o‘zing uchun tanlamagan qonunni boshqalar uchun 
tanlamagin», – degan ekan». 
Eron Islom Respublikasi konstitutsiyasiga ko‘ra, barcha ichki va 
tashqi siyosat, ayniqsa, qonunchilik ishlari islom va ushbu mazhabning 
normalari asosida olib boriladi. 
Ismoiliy mazhabi. Ushbu mazhab vakillari Alidan boshlab yettita 
imom borligiga va yettinchi imom Ismoil oltinchi imom (Ja’far 
Sodiq)ning o‘g‘li bo‘lib, hozirgacha yashirin ekanligiga ishonadilar. 
Ushbu firqa tarafdorlari Fotimiylar rahbarligida Misrni bosib olib, 
Shimoliy Afrika Fotimiylar (909–1171-m.y.) davlatiga asos soldilar va 
1
ɂɡɨԟ: Ɇɭɬɴɚ ɧɢɤɨԟɢ ɚɺɥɝɚ ɦɭɚɣɹɧ ɜɚԕɬɝɚ ԕɚɞɚɪ ɭɣɥɚɧɢɲɧɢ ɚɧɝɥɚɬɚɞɢ,
ɛɨɲԕɚɱɚ ɚɣɬɝɚɧɞɚ, ɜɚԕɬɢɧɱɚ ɧɢɤɨԟɞɢɪ.


63
o‘sha yerdan turib Ismoiliy mazhabini Eron, Xuroson va boshqa joylarga 
tarqatishga urindilar. 
Ismoiliylardan bir guruhi – Nasiriylar «g‘ulot» – mubolag‘a 
qiluvchilar jumlasidan bo‘lib, Alini Xudo darajasiga ko‘tarib, imom va 
uning qilmishlari, so‘zlari va fikrlari haqida haddan oshirib so‘zlaydilar, 
ushbu haddan oshgan guruh boshqa shia guruhlari, ayniqsa, Ja’fariylar 
tomonidan musulmon ekanliklari inkor qilinadi. 
Islomiy mazhabiga mansub Botiniy va Qarmatiy firqalari islomda 
paydo bo‘lgan ilk ekstremistik guruhlardan bo‘lib, qurol ishlatish va 
terrorizm yo‘li bilan hokimiyatga erishish uchun kurash olib borib, juda 
ko‘p din va davlat arboblarini o‘ldirganlar. Abu Mansur Moturidiy ularga 
qarshi g‘oyaviy kurash olib borib, bir qator kitoblar yozgan. Ismoiliylar 
Hindiston, Pokiston, Eron, Afg‘oniston va tog‘li Badahshonda 
yashaydilar. 
Zaydiy mazhabi imomlar sonini kamaytiradi. Ularning fikricha, 
beshinchi imom Zayd ibn Ali Zaynun-Obiddin bo‘lib, undan keyin 
imomlar xatolarga yo‘l qo‘yganlar. Ular huquqiy masalalarda sunniylarga 
ancha yaqin bo‘lib, Qur’on va sunnadan keyin qiyosni musulmon 
huquqining asoschisi deb biladilar, ra’y, ijtihod va istihsonni huquqiy asos 
sifatida qabul qiladilar. 
Mazhabning asoschisi imom Zayd ibn Ali faqih va muhaddis edi. 
Uning fiqhiy uslubi ibn Abu Laylo va Abu Hanifa uslubiga yaqin bo‘lgan. 
Abu Hanifa unga xayrixohlik bildirib, urush olib borgan davrida unga 
moddiy yordam ko‘rsatgan edi. Yaman o‘lkasi ularning asosiy markazi 
hisoblanadi. 

Download 4.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling