1). Ma’lumot yig‘ish. Bu bosqichda o‘qituvchi ta’lim oluvchilarga kerakli barcha manbalarni va savollar va topshiriqlar varag‘ini beradi. Ushbu varaqda ta’lim oluvchilarga ma’lumotlarni bosqichma-bosqich yig‘ish tartibi savollar yoki topshiriqlar shaklida berilishi kerak.
Ta’lim oluvchilar o‘zlariga berilgan ish topshirig‘ini tahlil qilib, darsliklar, o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, sxemalar va jadvallar, texnik hujjatlar asosida ish bosqichlari yoki kerakli jihozlar xaqida ma’lumot yig‘adi. Buning uchun ular yo‘naltiruvchi savollar yoki topshiriqlardan berilgan vazifa ta’rifi va o‘quv maqsadlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |