Иқтисодиёт назарияси фанининг предмети ва билиш услуби


Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)


Download 25.44 Kb.
bet4/10
Sana29.10.2023
Hajmi25.44 Kb.
#1732639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1- MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)


Iqtisodiy qonunlar -- iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi ichki, barqaror, doimiy takrorlanib turadigan sabab-oqibat bog‘liqliklarini va aloqadorliklarini ifodalaydi.
Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki teskari bog‘liklik bo‘lishi mumkin. Masalan, talab qonuni narx bilan sotib olinadigan mahsulot miqdori o‘rtasidagi teskari, taklif qonuni esa mahsulot narxi bilan uning chiqariladigan miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlarning ob'ektiv xarakteri -Ularning amal qilishi kishilarning xoxish-irodasiga bog‘liq emasligini bildiradi. Shu bilan birga, ular insoniyat jamiyati mavjud bo‘lganda va takror ishlab chiqarish ro‘y berganda amal qiladi hamda kishilarning maqsadli iqtisodiy faoliyati orqali namoyon bo‘ladi.

Iqtisodiy qonunlar tizimi


Maxsus iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, quldorlik,feodal, «kapitalistik», «sosialistik» taqsimot qonunlari, qo‘shimcha qiymat qonunlari va h.k
Oraliq yoki davriy iqtisodiy qonunlar -insoniyat jamiyat taraqqiyotining ma'lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga xos qonunlar (talab qonuni, taklif qonuni va x.k.
Umumiy iqtisodiy qonunlar—kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni, vaqtni tejash qonuni va h.k.

-


Ilmiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)
    • Iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasi bo‘lib, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning tub mohiyatini aks ettiradi. Masalan, talab, taklif, baho, raqobat, bozor, pul va hk. 

IQTISODIY KATEGORIYaLAR AMAL QILISh DAVRIGA KO‘RA QUYIDAGI GURUHLARGA AJRATILADI
Maxsus-alohida iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi.
Oraliq-jamiyat taraqqiyotining alohida bosqichlarida mavjud bo‘ladi.
Umumiy-jamiyat taraqqiyotining bosqichlarida amal qiladi.

Download 25.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling