Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

21-masala. 


Ishbay haq to`lash bo`yicha ishchi smenada 5 ta mahsulot yaratib, 15 dollar olgan. Teylor tizimi 
bo`yicha ishlashga o`tilishi bilan norma – 10 mahsulot birligi qilib belgilangan va ikki rastsenka 
belgilangan normani bajarganda – 4 dollar, bajarmaganda – 2 dollar. 
Agar ishchilarning 10% normani 100% bajarsa, qolgan ishchilar 80% bajarsa, normani 
bajarmagan ishchilar yaratgan mahsulot massasi va ularning ish haqining o`zgarishini aniqlang.
22-masala. 
Bir qator mamlakatlarda qo`llanilayotgan Xelsi tizimi bo`yicha ishni bajarish uchun belgilangan 
vaqt normasi – 150 soat, 1 soat uchun belgilangan stavka – 1,2 dollar, «mukofot» - 1 soatga 
belgilangan stavkaning 30% miqdorida belgilangan. Ishchi ish normasini 75 soatda bajarsa
mehnatning intensivligi va ish haqining o`zgarishini aniqlang.
23-masala. 
3 mlrd. so`m hajmdagi kapital yiliga 1,6 marta aylangan. Kapital 1 marta aylanish vaqtini va 1 
yilda aylangan kapital miqdorini aniqlang.
24-masala. 
Avanslangan kapital – 200 mln. so`m. Shundan bino va inshootlarning qiymati – 40 mln., mashina 
va jihozlar – 100 mln., asbob-uskunalar – 12 mln. (shundan tez yemiriladiganlari – 4 mln.), xom 
ashyo va yordamchi materiallar – 30 mln., yoqilg`i va energiya – 8 mln., ishchi kuchi – 10 mln. 
so`m. Doimiy va o`zgaruvchi, asosiy va aylanma kapital miqdorini aniqlang. 
25-masala. 
Ishlab chiqarish binolari va inshootlarini qurishga 90 mln., mashina va jihozlar sotib olishga 120 
mln. so`m sarflangan. Bino va inshootlar – 30 yil, mashina va jihozlar o`rtacha 10 yil xizmat 
qiladi. Asosiy kapitalning umumiy aylanish tezligini toping. Asosiy kapital aylanishining 
xususiyatlari nimalardan iborat? 
26-masala. 
Mashinaning qiymati – 5 ming dollar. Xizmat qilish muddati – 8 yil. Mashinaning yillikemirilish 
qiymati va amortizatsiya normasini aniqlang.
27-masala. 
3 oyga ssudaga berilgan 200 mln so`m 4 mln. so`m daromad keltirgan. Yana shu kapital 5% 
to`lash sharti bilan 6 oyga, so`ngra 2% to`lash sharti bilan 3 oyga ssudaga berilgan. Ssuda 
foizining yillik normasini aniqlang.  
28-masala. 
Aktsiyaning nominal bahosi 10000 so`m, dividend 1000 so`m, ssuda foizining normasi 2% bo`lsa, 
quyidagi hollarda aktsiya kursining o`zgarishini aniqlang: 
a) ssuda foizining normasi 3%gacha ortadi; 
b) dividend 3000 so`mgacha ko`payadi.

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling