Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
O`zbekistondagi ma`muriy islohotlarning asosiy yo`nalishlari
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchidan
3.4.O`zbekistondagi ma`muriy islohotlarning asosiy yo`nalishlari O`zbekistondagi ma`muriy islohotlarning asosiy yo`nalishlari quyidagilarda o`z ifodasini topadi: Birinchidan, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning rolini keskin cheklash, davlatning boshqaruv tuzilmalari va ularning vazifalarini qisqartirish, davlat boshqaruv organlarini saqlab turishga sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirish zarur. Davlat vazifalari va vakolatlarini tobora ko`proq jamoat, nodavlat tashkilotlarga, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlariga o`tkazish kerak. 1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. –Т.: Ўзбекистон, 2007, 11-12-бетлар. Ikkinchidan, boshqaruvni nomarkazlashtirish, ayrim vazifalarni esa hududiy boshqaruv bo``ginlariga keng ko`lamda topshirish, ortiqcha ma`muriy vertikal tuzilmalarni tugatish zarur. Barcha darajadagi hokimliklarning islohotlarni amalga oshirish, joylardagi ishlarning ahvoli, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, bandlik muammolarini yechish hamda aholi turmushini farovonlashtirish borasidagi mas`uliyatini kuchaytirish lozim. Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, ayrim tarmoq va hududiy boshqaruv tuzilmalarini qayta tuzish, birlashtirish, qisqartirish va tugatish asosida iqtisodiyotni boshqarish tuzilmalarining samaradorligini ta`minlash. Bugungi kunda nafaqat ayrim bo``ginlarni, balki qilinayotgan sarf-xarajatlarni deyarli oqlamayotgan ayrim idoralarni ham saqlab qolish qay darajada maqsadga muvofiq, degan masalani qayta ko`rib chiqish payti keldi. To`rtinchidan, boshqaruv tizimining samaradorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish. Qarorlarni tayyorlash va qabul qilish sifatini sezilarli darajada oshirish, ularning ijrosi ustidan ta`sirchan nazorat mexanizmini joriy etish zarur. Vazirlik va xo`jalik birlashmalarining mavjud boshqaruv shakli, usul va metodlarini ma`muriy-buyruqbozlikdan xalos qilish, ularning korxonalar xo`jalik faoliyatiga aralashib, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning iqtisodiy mustaqilligini cheklashiga yo`l qo`ymaslik uchun tegishli chora-tadbirlarini amalga oshirish lozim. Beshinchidan, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, keraksiz hisobotlarni va qo`gozbozlikni qisqartirish asosida davlat boshqaruvi tizimini bosqichma- bosqich modernizatsiya qilish hisobidan uning samaradorligini oshirish. Ma`muriy islohotlarni amalga oshirishda oldimizga qo`yilayotgan eng asosiy vazifa, birinchidan, davlat, jamoat va xo`jalik sub`ektlarini boshqarishning butun tizimini demokratlashtirish va erkinlashtirishni ta`minlash, ikkinchidan esa, ularni mamlakatni isloh va modernizatsiya qilishning hozirgi bosqichi talablariga mos holatga keltirishdan iborat. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling