Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
3.IQTISODIY ISLOHOTLAR VA IQTISODIYoTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISh MEXANIZMINING ShAKLLANIShI 3.1. O`zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilish strategiyasining yaratilishi O`zbekistonda mustaqillik e`lon qilingandan so`ng ijtimoiy yo`naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Yurtboshimiz rahbarligida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida mashaqqatli taraqqiyot yo`li bosib o`tildi. Birinchip prezidentimiz mustaqil taraqqiyot yo`li va galdagi vazifalarning mazmun-mohiyati, ahamiyati nuqtai nazaridan bu yo`lni ikki bosqichga bo`lish lozimligini asoslab berdi. Dastlabki bosqich - 1991-2000 yillar o`tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bo`gliq birinchi galdagi islohot va o`zgarishlarni o`z ichiga oladi. 2001 yildan to hozirgacha bo`lgan muddatni o`z ichiga olgan ikkinchi bosqich faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo`lib, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta`minlashda muhim rol o`ynadi 1 . Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish asosida uni chuqur tanazzuldan chiqarib, barqaror rivojlantirishga, aholi turmush farovonligiga erishishga qaratilgan tub o`zgartirishlar siyosatining strategik maqsadlari birinchi prezidentimizI.A.Karimovning “O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” nomli asarida quyidagicha izohlab berildi: 1. Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta`minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish. 2. Ko`p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo`lishiga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo`lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta`minlash. 3. Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo`jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma`muriy- buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va ra`gbatlantirish vositalaridan keng foydalanish. 4. Iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta`minlaydigan chuqur strukturaviy o`zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo`shilib borish. 1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. - Т.: Ўзбекистон, 2007, 4-5-бетлар. 5. Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o`zgartirish, har bir kishiga o`z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish” 1 . O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tish yo`li ijtimoiy-yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo`lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan: - iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustuvorligini ta`minlash; - o`tish davrida davlatning bosh islohotchi bo`lishi; - butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta`minlanishi; - bozor munosabatlariga o`tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish; - bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabridagi qo`shma majlisidagi ma`ruzasida “Biz islohotlarni inqilobiy usulda, ya`ni “shok terapiyasi” yo`li bilan amalga oshirishdan ongli ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo`lini tanlab olganimiz tufayli xalqimizni qanday o`gir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan iqtisodiy va ijtimoiy to`fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo`lganimizni bugun hayotning o`zi tasdiqlab bermoqda” 1 , - degan. Mamlakatni 1991-2000 yillar davomida isloh qilish va yangilash bosqichida milliy davlatchilikni shakllantirish respublikamizni barqaror rivojlantirishda mustahkam zamin bo`ldi. Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma`muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilikni shakllantirishning puxta huquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo`lga qo`yildi, iqtisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o`tkazish jarayoni amalga oshirildi 2 . Ushbu bosqichda, birinchi navbatda, qishloq xo`jaligi tubdan isloh qilinib, mamlakatimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga katta zarar yetkazgan paxta monopoliyasiga barham berildi. Qishloq xo`jaligi ekinlari tarkibi o`zgartirildi. Mamlakatda `galla mustaqilligiga erishildi. Buning natijasida O`zbekiston o`zining `gallaga bo`lgan ehtiyojini qoplabgina qolmasdan, qo`shni MDH mamlakatlariga, Af`goniston, Eron kabi davlatlarga `galla va un mahsulotlarini eksport qilmoqda. Mamlakatimizda yangi neft -gaz konlarini aniqlash, bu sohaga investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy sarmoyalarni jalb etish orqali yirik korxonalarning qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi natijasida neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990 yilga nisbatan 3 barobar ortdi. Respublika energetika mustaqilligiga erishdi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling