Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


 O`zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirishning


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
4.2. O`zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirishning 
maqsadi va bosqichlari 
O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlarning asosiy negizini mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtirish tashkil 
etadi. Amalda bu O`zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o`tishida mulkchilik masalalarini hal etish 
hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo`li hisoblanadi. 
Ana shu yo`nalishlarda keng ko`lamda chora-tadbirlarni amalga oshirishning asosiy 
tamoyillari va strategik vazifalari mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 
asoslab berilgan
2
. Unga ko`ra xususiylashtirish jarayonida ikkita muhim strategik vazifa hal 
etilishi ko`zda tutilgan:
Birinchi strategik vazifaning asosiy mazmuni – bu davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va 
xususiylashtirilayotgan mulkning haqiqiy mulkdorlar qo`liga berilishi iqtisodiy munosabatlarni 
tubdan o`zgartirish uchun real shart-sharoit yaratishga imkon tu`gdiradi. 
Xususiylashtirishning ikkinchi strategik vazifasi esa iqtisodiyotda ko`p ukladlilikni hamda 
ra`gbatlantiruvchi kuchga ega bo`lgan raqobat muhitini yaratish, shu orqali davlatni mulkka 
2
И.А.Каримов. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1995. 246– б. 


bo`lgan monopol huquqini tugatish, xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalarni barpo 
etishdir.
Ana shu modelga asoslangan holda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonlari shartli 
ravishda o`zaro bo`gliq uch bosqichga bo`linadi.
Dastlabki, birinchi boskich “kichik xususiylashtirish” davri deb nomlandi va 1992-1993 
yillarda amalga oshirildi. Unda aholi yashaydigan davlatga tegishli uy-joylar, savdo, maishiy 
xizmatlar ko`rsatish, dorixona va shu kabi 53,9 mingta mayda davlat korxonalari 
xususiylashtirildi. Ularning negizida 28,8 mingdan ortiq nodavlat korxonalari tashkil etildi. (.2.1-
jadval). 
Ushbu bosqichning o`ziga xos tomonlari shundan iborat bo`ldiki, unda davlat mulkiga 
asoslangan korxonalarni xususiylashtirish shakllarini tanlash va xususiylashtiriladigan mulkni 
baholash bo`yicha tegishli tajribalar to`plandi. 
Xususiylashtirishning keyingi - ikkinchi bosqichi „ommaviy xususiylashtirish” davri deb 
nom oldi va u 1994-1998 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davrda mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat 
sanoati, qurilish, avtomobil transporti, agrosanoat kompleksi va boshqa tarmoqlarning o`rta va 
yirik korxonalari ochiq aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi va xususiylashtirildi. Shu bilan bir 
vaqtning o`zida qimmatli qo`gozlar, ko`chmas mulk bozorlarini shakllantirish boshlandi. Bundan 
asosiy maqsad xususiylashtirish jarayoniga aholining keng qatlamlari hamda chet el sarmoyalarini 
jalb etish va shu orqali mamlakatimiz iqtisodiyotining nodavlat sektorini jadal rivojlantirishni 
ta`minlash bo`ldi. Ushbu bosqichda 21361 xususiylashtirilgan davlat korxonalari negizida 5747 ta 
ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari, 3903 ta mas`uliyati cheklangan jamiyat va 11711 ta xususiy 
mulkchilikning boshqa shaklidagi korxonalar tashkil etildi. 
Xususiylashtirishning uchinchi bosqichi 1999 yildan boshlanib hozirgi kungacha davom 
etmoqda. Bu bosqich “yakka tartibda xususiylashtirish” davri hisoblanadi. 
Xususiylashtirishning ushbu davri avvalgi bosqichlardan bir qator jihatlari bilan farq qiladi. 
Birinchidan, ushbu davrda iqtisodiyotning yonil`gi-energetika, metallurgiya, kimyo, temir yo`l 
transporti va shu kabi boshqa strategik tarmoqlarning yirik korxonalarini chet el investitsiyalarini 
keng jalb etgan holda yakka loyihalar asosida xususiylashtirishga kirishildi. Ikkinchidan, ilgari 
xususiylashtirilgan korxonalar negizida tashkil etilgan ochiq aktsiyadorlik jamiyatlaridagi 
joylashtirilmagan, shu jumladan, davlatga tegishli aktsiyalar paketlari hamda ayrim korxonalarni 
butunlay yoki ular mulkining bir bo`lagini birja yoki birjadan tashqaridagi bozorlarda turli 
yondashuvlar va usullarni qo`llash asosida sotish yo`lga qo`yildi. Uchinchidan, iqtisodiy nochor, 
zarar bilan ishlovchi hamda istiqbolsiz korxonalar va ular mulkidagi davlat ulushlari nol qiymat 
bilan chet el yoki mamlakatimiz sarmoyadorlariga investitsiya kiritish hisobiga bepul berish tartibi 
joriy etildi va amalga oshirilmoqda. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling