Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
Ikkinchi bosqichda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va isloh etishni yanada
chuqurlashtirish, investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, shuning negizida iqtisodiy o`sishni ta`minlab, bozor munosabatlarini to`liq joriy qilish maqsad qilib qo`yildi. Shu maqsaddan kelib chiqib, birinchi prezidentimiz I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalarni ko`rsatib berdi: - iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish; - davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish; - iqtisodiy o`sishni va makroiqtisodiy mutanosiblik hamda barqarorlikni ta`minlash; - milliy valyuta – so`mni yanada mustahkamlash; - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o`zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o`tish, mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash. 1 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т., “Ўзбекистон”, 1995, 18-бет. 1 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. - Т.: Ўзбекистон, 2010, 4-бет. 2 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. –Т.: Ўзбекистон, 2007, 29-бет. O`tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta`minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko`rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo`l davom ettirildi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlab o`tganidek, mazkur bosqichda «erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir» 1 . Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko`zda tutdi: - iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o`tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; - xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish; - mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo`naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; - iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta`minlash; - yurtimizda transport kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish; - soliq yukini kamaytirish, faol investitsiya, faol eksport siyosatini yuritish; - aholi turmush darajasini oshirish, avvalo, qishloq joylarda kishilarning turmush sharoitini izchil yaxshilash; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o`rin egallashiga erishish; - mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko`lamda integratsiyalashuvini ta`minlash; - iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o`zgarishlarni izchil davom ettirish. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat: - mulkiy munosabatlarni isloh qilish; - agrar islohotlar; - moliya-kredit va narx-navo islohoti; - boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish; - tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; - ijtimoiy islohotlar. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish eng asosiy vazifamiz 2 . Mamlakatimizda olib borilayotgan isloxotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning xar tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda xayotning barcha soxalarini liberallashtirish bo‘yicha mutlaqo yangicha yondoshuv hamda tamoyillar ishlab chiqishdan iborat 3 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning mamlakatda olib borilayotgan barcha islohotlar to‘g‘ririsida shunday fikr bildiradilar “Islohot –islohot uchun emas inson manfaatlari uchun xizmat qilishi kerak” demak yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlarning barchasi insonlar uchun insonning manfaatlari uchun xizmat qiladi. 1 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. 8-ж -Т.: Ўзбекистон, 2000, 15-бет. 2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли “Ўзбекистон республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги фармони 3 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли “Ўзбекистон республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги фармони O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonini e’lon qilindi. Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda, yurtumizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo’yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. 1-yo‘nalish: Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish 2-yo‘nalish: Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 3-yo‘nalish: Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish 4-yo‘nalish: Ijtimoiy sohani rivojlantirish 5-yo‘nalish:Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling