Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neoklassik modeli
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neoklassik modeli Neoklassik yo`nalishdagi iqtisodchilar, asosan, davlatning jamiyatdagi daromadlarni odilona taqsimlash va allokatsion, ya`ni iqtisodiyotdagi resurslarni samarali joylashtirish maqsadidagi vazifalarni tadqiq qiladilar. Bozor iqtisodiyotini mikroiqtisodiy tahlil qilish neoklassik modelning tadqiqot ob`ekti hisoblanadi. Bunda iqtisodiyotning alohida iste`molchilar va firmalarning o`zaro aloqadorlikdagi faoliyatining aniq holati o`rganiladi. Neoklassiklar rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo`lgan mamlakatlarda davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish, uning iqtisodiyotni tartibga solishini cheklashni talab qiladilar. Ammo ular umuman iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishini butunlay inkor etmaydilar. Ularning fikricha, bozorning baho mexanizmi, regulyatori ko`p hollarda resurslarning optimal, samarali ishlatilishini ta`minlaydi. Ammo ba`zi holatlarda bozor ulardan samarali foydalanishga erishishni ta`minlay olmaydi. Xuddi ana shunday holatlarda davlat allokatsiya (taqsimlash)ni yaxshilab, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni ta`minlashda ijobiy rol o`ynashi mumkin ekan. Ushbu neoklassik modelning asosini ratsional kutish nazariyasi tashkil qiladi. Unga ko`ra kishilar o`zlarini ratsional tarzda tutadilar. Ular o`zlarining pulli manfaatlariga muvofiq keladigan narsalar bilan bo`gliq kutishlarining shakllanishidagi axborotlarni yi`gadilar va ularni o`rganadilar. Ushbu axborotlarga muvofiq ravishda o`z hayotlarini yaxshilashga qaratilgan qarorlar qabul qiladilar. Kutish bozor talabining kengayishiga (yoki qisqarishiga) 1 Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: принципы, проблемы и политика. В. 2 Т.Пер.с англ. 11-го изд. Т1.- М.: Республика, 1992.- С. 328. 1 Ўша жойда, 328-329-бетлар. 2 Ўша жойда, 327-бет. olib keladi. Bu o`zgarishlar, o`z navbatida, tovarlar va xizmatlar baholarining ular hali ishlab chiqarilmasdan va sotilmasidan oldin o`sishi (yoki pasayishi)ni belgilab beradi. Ratsional kutish nazariyasi yangi axborotlarning talab va taklif egri chiziqlarida tezda o`z aksini topishini, shuning uchun ham muvozanat baholari va ishlab chiqarish hajmlarining bozordagi yangi holatlarga, davlat iqtisodiy siyosatidagi o`zgarishlarga tezda moslashuvchan bo`lishini ifodalaydi 1 . Bu o`zgarishlar mohiyati Paretoning samaradorlik kriteriyalari asosida tushuntirilishi mumkin. Unga ko`ra jamiyat biron-bir a`zosining farovonligi boshqasining turmushini yomonlashuvi hisobiga yaxshilanishi mumkin bo`lmaydigan holatni vujudga keltiradigan resurslarning taqsimlanishi optimal hisoblanadi. Ayirboshlash munosabatlariga erkin kirishish imkoniyati bozorda muvozanat holatiga erishishni ta`minlaydi. Bu muvozanatda mavjud baho darajasida tovarlarga talab miqdori ularning taklifi miqdoriga tenglashadi. Bu shunday holatki, bironta ham sub`ekt yangi ayirboshlash operatsiyalari natijasida bir-birlari hisobiga yutuqqa erisha olmaydi. Bunda resurslarning taqsimlanishi optimal bo`ladi, chunki iqtisodiyotda muvozanatlashuv sodir bo`ladi. Demak, mukammal bozor resurslarning samarali alokatsiyani (taqsimlanishini) yaxshi ta`minlay olmaydi. Xuddi shu hol neoklassiklar nazarida bozor mexanizmiga davlatning aralashuvi uchun potentsial imkoniyatlar yaratadi 2 . Ushbu oqim tarafdorlari jamoatchilik ne`matlarini ishlab chiqarishni tashkil etishni davlatning eng muhim iqtisodiy vazifasi deb qaraydilar. Bu ne`matlarga milliy mudofaa, jamoatchilik tartibotini saqlash, atrof-muhitni nazorat qilish, ta`lim, so`gliqni saqlash va boshqalar uchun zarur bo`lgan tovar va xizmatlar kiradi. Bunday ne`matlarni ishlab chiqarish davlat korxonalarida to`planishi yoki ularni iste`mol qiluvchilardan soliq olish orqali to`plangan mabla`glarni xususiy korxonalarga buyurtma berishga, ularni ishlab chiqarishni subsidiyalashtirishga yo`naltirilishi mumkin. Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga bo`gliq bo`lmagan, undan tashqarida bo`lgan atrof- muhitning yomonlashuvi bilan bo`gliq munosabatlar ham neoklassiklar nuqtai nazariga ko`ra davlat tomonidan tartibga solinishi lozim. Neoklassik yo`nalish tarafdorlari kapitalning erkin oqib turishi uchun ham to`siqlarni bartaraf etish maqsadida davlatning tartiblash mexanizmi zarur ekanligini ta`kidlaydilar. Ularning nuqtai nazarlariga ko`ra davlat kichik biznes, fermer xo`jaliklari hamda qo`shma korxonalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish; yangi tashkil topgan firmalarga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar berish, imtiyozli soliq solish, litsenziya, patentlar, iqtisodiy faoliyatning ma`lum turi bilan shu`gullanish uchun mutlaq huquqlar berish; iqtisodiy yakkahokimlikka qarshi kurash mexanizmlari orqali davlat kapitalining erkin harakat qilishi uchun to`siqlarni bartaraf qilib iqtisodiyotda raqobat mexanizmining yaratilishini tartibga soladi. Demak, neoklassiklar davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash tarafdorlari bo`lishlariga qaramasdan, uning ma`lum, yuqorida bayon etilgan doirada iqtisodiyotni tartiblash borasidagi faoliyatini asoslab beradilar. Asosiy tushuncha va atamalar Klassik siyosiy iqtisod, iqtisodiy liberalizm, merkantilizm, fiziokratlar, iqtisodiy inqiroz, keynschilik, neokonservatorlar, monetarizm, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o`rni haqida merkantilistlar qarashlarini izohlb bering? 1 Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. C. 331. 2 Ширяева Л., Мамедова Н. Неоклассическая модель государственного регулирования рыночных отношений. – Российский экономический журнал. – 1992. -№4. С. 100-101. 2. Iqtisodiy rivojlanishda davlatni roli haqida fiziokrat maktabi namoyondalarining qarashlarini tavsiflab bering? 3. Iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlatning o`rni haqida klassik siyosiy iqtisod kontseptsiyasi mazmunini yoriting? 4. Iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli haqida ratsional kutish maktabi namoyondalarining fikrlarini aytib bering? 5. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlarda Keyns inqilobini tavsiflab bering? 6. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o`rni haqida Monetar nazariyani tushuntirib bering? Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling