35
Xulosa
Pedagogik texnologiya – bu butun o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish
jarayonida
o`z oldiga ta`lim shakllarini samaradorligini oshirish vazifasini qo`yuvchi texnik hamda
shaxs resurslari va ularning o`zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo`llash va
belgilashning tizimli uslubidir. Ushbu bitiruv ishida ta`lim jarayonida zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo`llashning afzalliklari haqida fikr yuritilgan bo`lib,
«Iqtisodiy bilim asoslari” fanini ni o`tishda yangi texnologiyalarni qo`llash xususiyatlari
yoritib berildi.
Kirish qismida mustaqillik davrida ta`lim sohasiga qo`yilgan talablar va olib
borilayotgan islohotlar haqida fikr yuritilgan.
Jumladan, ta`lim sifatini oshirish,
zamonaviy talablarga moslashgan o`qitishning shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalarini
qo`llash tadbiqi haqida fikr yuritilgan. Bitiruv ishining
asosiy qismida Ukuvchilarni
zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish uchun o`qituvchi yangi bilimlarni o`zlashtirgan
bo`lmog’i kerak. Ukuvchilarni yangilikka intiluvchan va bunyodkor inson sifatida esa
tarbiyalash uchun esa o`qituvchilarga yangi darsliklar, o`quv va uslubiy qo`llanmalar
hamda fanni o`qitishning zamonaviy texnologiyalari zarur bo`ladi.
Bitiruv ishi Buxoro
engil sanoat va pedagogika kasb-hunar kolleji misolida bajarildi va kollejdagi dars
berish holatlari tahlil qilindi.
Bitiruv ishining asosiy qismida “Iqtisodiy bilim asoslari” fanining maqsadi va
vazifalari, maxsus fanlarni o`qitish metodikasi, “
Ish haqi va mehnat munosabatlari”
mavzuning
dars maqsadlari, mavzuni o`qitish metodikasini ishlab chiqishda dastlabki
shart-sharoitlar, mavzuni o`qitishda interaktiv usulning mohiyati,
mazmuni va
afzalliklari, shu mavzuni o`qitishda “Klaster” metodini qo`llanishi, nazariy mashg’ulot
texnologik xaritasi va dars ishlanmasi, uquvchilarning bilim va ko`nikmalarini baholash
mezonlari va materiallari yoritib berildi.
Hayot faoliyati xavfsizligi bo`limida kollejlarda pedagog xodimlarning mehnat
jarayonidagi xavfsizlik masalalari yoritib berildi.
Umuman, bitiruv ishini bajarish mobaynida men o`zimning mutaxassislik fanlaridan
va pedagogik fanlardan olgan bilimlarimni yanada chuqurroq o`rganib,
kollejlar
amaliyotida qo`llashni bilib oldim. O`ylaymanki, bitiruv ishini bajarish mobaynida
o`rgangan va mustahkamlab olgan bilimlarim mening kelajakdagi pedagogik
faoliyatimga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: