Dars Dars maqsadlari


Download 451.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana26.01.2023
Hajmi451.44 Kb.
#1129447
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
qMPEjtjB8WY5J1CShi2y2eJ2z9cBuqtxcA0d9CPj



 
Mavzu: Mahorat (ochiq mashg‘ulot) darslarini tashkil etish va ularning tahlili 
Reja 
1. Darslarni kuzatish va tahlil qilishning maqsadiva vazifalari

2.
i
Dars tahlili turlari 
3. Dars tahlili bosichlari
.Dars
Dars maqsadlari. Tinglovchilarni mahorat (ochiq mashg‘ulot) darslarini tashkil 
etish va ularning tahlili bilan tanishtirsh
hlil turlariDars tahlil turlari3
Darslarni kuzatish va tahlil qilishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad quyidagilar- 
dan iborat: 
1. O‘quv dasturlarining dars (pedagogik jarayon)da qay tarzda bajarilayotganligini 
nazorat qilish.
2. Dars jarayonida DTS talablarining bajarilishini aniqlash.
3. Mavzularning o‘qituvchi tomonidan qay darajada to‘g‘ri bayon qilinishini 
kuzatish.
4. Darsda yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha o‘qituvchiga 
aniq maslahatlar va yo‘nalishlar berish.
5. O‘qituvchining yaxshi tajribalarini o‘rganib, maktabdagi boshqa o‘qituvchilar 
o‘rtasida ommalashtirish.
6. O‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malaka, shuningdek ularning 
shaxsiy sifatlarini nazorat qilish.
7. Maktab rahbariyatida darslarni kuzatish bo‘yicha aniq reja hamda puxta 
ishlangan peda gogik tizimning mavjud bo‘lishi, ularning bu tadbirga tayyorgarlik 
ko‘rishi, darsning sa- maradorlik darajasini nazorat qilishi, uni borishi haqida aniq 
xulosalar chiqarish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha o‘qituvchilarga 
takliflar berish malakasi bo‘lishi lozim.
8. Darsni kuzatgandan keyin tegishli xulosalar chiqarish va o‘qituvchiga uning 
atroflicha qilingan tahlilini do‘stona munosabatda taqdim etish kerak.
9. Tajribali o‘qituvchilarning bir necha darslarini kuzatgandan keyin, unga kuzatish 
nati- jalarini umumlashtirgan holda, tahlil qilib berish mumkin.
10. O‘quvchilardan nazorat ishlari olinganda, kuzatuvchi tomonidan uning 
natijalarini aniqlagan holda, dars tahlilini bir kundan keyin berish maqsadga muvofiqdir.
11. Darsni kuzatish va uni to‘g‘ri tahlil qilish o‘qituvchiga o‘z xatolarini anglab 
yetish va bartaraf qilish imkonini beribgina qolmay, balki, uning keying darslarga 
tayyorgarlik ko‘rishdagi mas’uliyatini oshiradi. Natijada o‘quvchilar chuqurroq bilim 
egallashlariga imko- niyat yaratiladi.
12. O‘qituvchining darsi bo‘yicha xulosa chiqarishda, uni tashkil etishga 
mo‘ljallangan ballarga asosan yakuniy baho berish maqsadga muvofiqdir. Agar o‘qituvchi 
to‘plagan ball 100 bilan 85 oralig‘ida bo‘lsa, uning faoliyati namunali, 84 bilan 75 
oralig‘ida ijobiy, 74 bilan 60 oralig‘ida qoniqarli, 60 dan past bo‘lgan holda esa qoniqarsiz 
bahoga ega bo‘ladi (2.1.1.-jadval). 193


13. O‘qituvchilar bir-birlarining darslarini kuzatish rejasini monitoring xonasida 
tashkil etilgan “Ekran”ga joylashtirish va havoda
kuzatish soni va sifati bo‘yicha 
yig‘ilishlarda hisobotlar berib borish tavsiya etiladi.
14. Maktab rahbarlari qachon, qaysi o‘qituvchining darsini kuzatganligini dars 
tahlili daf- tariga belgilab boradi. 
Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim 
olishdagi faoliyati, o‘quv faniga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jad- 
val, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. 
Shu bilan birga o‘qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o‘qituvchining 
o‘quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy 
fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars 
maqsadini to‘g`ri qo‘yishi, dars jarayonini to‘g‘ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka eri- 
sha olishi, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, o‘quvchilar bilan yakka 
va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va 
pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi. 
O‘qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish, uning pedagogik 
mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy 
layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi. 
Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilish lozim. Shundagina natijasi 
samarali bo‘ladi va o‘quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarishga yordam beradi. Dars 
tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo‘qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chu 
qur tahlil qila olmaslik, o‘qituvchiga amaliy yordam ko‘rsata olmaslik esa darslar sifati- 
ning va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi. Dars o‘quv jarayonining juda ko‘p ta’- 
lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko‘ra darsga kuzatuvchi va 
tahlil qiliuvchilardan maxsus tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi 
Darsni tahlil qilish maqsadlari shartli ravishda 5 turga bo‘linadi: 
Ilmiy tahlil,metodik tahlil,didaktik tahlil,umum pedagogik tahlil, umum psixologik 
tahlil. 

Download 451.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling