Dars Dars maqsadlari


Download 451.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana26.01.2023
Hajmi451.44 Kb.
#1129447
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
qMPEjtjB8WY5J1CShi2y2eJ2z9cBuqtxcA0d9CPj

Darsni ilmiy tahlil qilishda o‘qituvchi darsni ilmiy asoslangan holda olib bora 
yotganligi kuzatiladi.O‘qituvchining har bir so‘ziga e’tibor qilinadi, o‘qituvchi tomonidan 
ilmiy asoslanmagan, noto‘g‘ri iboralar ishlatilmayotganligi o‘rganiladi.Shu bilan birgalik- 
da o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va darsning maqsadga erishuvi hisobga olinadi. 
1. O‘qituvchining ilmiy jihatdan (o‘zi mutaxassis bo‘lgan fanni ilmiy asosda chuqur 
bilishi) qurollanganligi.
2. Shu kungi darsga ilmiy jihatdan tayyorgarlik holati.
3. O‘z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy –nazariy axborotlar bilan qurollanib borishi.
4. Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to‘g‘ri bayon etilishi hamda ilmiy 
atamalarning o‘quvchilarga singdirib borilishi. 
5. Dars davomida, yangi mavzuni bayon etish jarayonida ta’lim- tarbiya bilan bog‘lanishi. 
Darsni didaktik jihatdan tahlil qilishda o‘qituvchining darsni olib borish uchun 
zarur bo‘lgan ko‘rsatmali vositalar, tarqatma materiallar, texnika vositalaridan to‘g‘ri foy- 
dalanilayotganligi o‘rganiladi. 
- Darsni didaktik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish o‘rinli bo‘ladi: 


- o‘qituvchi bayonining g‘oyaviy jihatdan ta’lim-tarbiya talabiga mosligi, o‘qituvchi 
fikri ning sinf o‘quvchilari jamoasiga to‘la tushunarli bo‘lishi va bu bayonning izchil 
ravishda o‘quvchi ongiga yetib borishi, barcha o‘quvchilarning o‘qituvchi berayotgan 
materialni
ongli ravishda o‘zlashtirishlari, o‘qituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli 
ta’lim ning mavjudligi, o‘qituvchifikrining izchilligi.
Darsni didaktik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarga alohida e’tibor berish 
lozim: 
1. Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda ko‘rsatmali qurollardan, tarqatma 
materiallarva texnika vositalaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi yoki 
nomuvofiqligi.
2. Ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlarning maqsadga yo‘naltirilgan holda 
o‘tishga erishilganligi.
3. Darslik bilan ishlashning to‘g‘ri bo‘lishi. 
4. Misollarning ta’lim-tarbiya birligi mazmunida yo‘nalishi.
5. Darsni ma’lum bir tizimda olib borilishi kabilar.

Download 451.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling