Dars Dars maqsadlari
Darsni umumpedagogik jihatdan tahlil
Download 451.44 Kb. Pdf ko'rish
|
qMPEjtjB8WY5J1CShi2y2eJ2z9cBuqtxcA0d9CPj
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsni psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish tizimi
Darsni umumpedagogik jihatdan tahlil qilishda darsning hamma jihatlari hisobga
olinadi. O‘qituvchining kiyinishi, nutqi, bolalar bilan munosabatlari, muomalasi, shu mavzuni bilish darajasi, dars berish usullarining to‘g‘ri tanlanganligi,o‘quvchilarni yangi mavzuni o‘zlashtirganlik darajasi, dars maqsadiga erishganligi va shu bilan birgalikda sinf xonasining tozaligi va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinganligi o‘rganiladi. Darsni umumpedagogik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish o‘rinli bo‘ladi: - o‘quv yoki dars xonasining dars o‘tishga tayyorgarlik holati(dars jihozlari); - o‘quv xonasining sanitariya-gigiyena holati; - o‘qituvchining dars mavzusi bo‘yicha ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadi; - o‘qituvchining mazkur darsga ilmiy-metodik va umumiy pedagogik jihatdan qanchalik tayyorlanganlik darajasi; - o‘qituvchining dars bosqichlaridan to‘g‘ri foydalanganligi; - o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda pedagogik jihatdan namunalilik darajasi; - o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan bahoning adolatli va izohli bo‘lishi; - o‘quvchilarning darsdagi faolligi,intizomi, mustaqil fikr yuritishi hamda mazkur fan asoslarini o‘zlashtirib olganlik darajasi; - o‘quvchilarning o‘qituvchi darsiga munosabati va hurmat bilan qarashi; - o‘qituvchining darsdagi rahbarlik roli va ish uslubi, ta’limni tarbiyaga bog‘lashi; - dars jarayonida o‘lkashunoslik,ekologiya va tabiatni muhofaza qilish materiallaridan foydalanishi; - o‘qituvchining darsda asosiy maqsadiga erisha olganligi kabilar. Darsni psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish tizimi I. Darsning aniq maqsad va vazifalarga bog‘liq ravishda tuzilishiga psixologik baho berish. a) darsning mavzusi, maqsad va vazifalari: b) darsning tuzilishi va uning psixologik jihatdan maqsadga muvofiqligi. II. Darsning mazmuniga psixologik jihatdan baho berish: a) o‘quv materiallarining sifati (tasvirlovchi, tushuntiruvchi, ko‘rgazmalilik, aniqlik, mavhumlik va umumlashganlik darajasi); b) o‘quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish, o‘quv axborotini idrok etishi (obrazli, og‘zaki mantiqiy xotirani, xayoliy tafakkurni, hayotini). U qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otadi? v) mazkur material o‘quvchilar bilish faoliyatining yosh xususiyatlariga, ularning hayotiy tajribasi va bilimlari darajasiga mos kelishi; g) o‘qituvchining murakkab o‘quv materialini mazkur yoshdagi o‘quvchilarning idrok etishi uchun qulay, tushunarli va qiziqarli uyushtirish (bayon qilishning ravshanligi va od- diyligi, yorqin misollar, o‘xshatishlar, qiyoslashlarning mavjudligi, ko‘rgazmali material- lardan foydalanishi, hayot bilan bog‘lashi). d) o‘rganilayotgan materialning tarbiyaviy ta’siri (axloqiy, estetik va h.k.). O‘qituvchi uning tarbiyaviy imkoniyatlarini qay darajada amalga oshiradi? Buning uchun eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi: - ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash; - o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish;. - ilg‘or ish usullari va metodlarini o‘rganish va ommalashtirish;. - o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi; - o‘quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash; - ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish - o‘quvchilarning bilish faoliyatini o‘rganish; - dars jarayonida yuzaga kelashi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarning oldini olish o‘qituvchiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish; - ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar psixologik xususiyatlarinng - tomonlarida o‘ziga xosligini e’tiborga oliish; - darsdao‘quvchilarni faollashtirish va mavzuni o‘zlashtirishlari e’tiborga olinganligi. Download 451.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling