Иқтисодий таълимотлар тарихи


Download 285.88 Kb.
bet5/6
Sana26.10.2023
Hajmi285.88 Kb.
#1723429
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ITT-7-mavzu-(1)

Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) London universitetida matematika va ximiya fanlaridan tahsil olish bilan birga siyosiy iqtisodni ham qiziqib o’rgangan. 1863 yilda Manchester shahridagi kollejga siyosiy iqtisod o’qituvchisi bo’lib ishga kirdi. Oradan ko’p vaqt o’tmasdan iqtisodiy mavzudagi uning asosiy asarlari e’lon qilindi.

    • Ular quyidagilar: «Siyosiy iqtisod nazariyasi» (1871) va «Fan tamoyillari» (1874) va boshqalar.




  • XIX asrning oxirigacha U.Jevons va uning asarlari o’zining kuchli matematik ifodasi tufayli o’quvchilar tomonidan to’liq e’tibor bilan qabul qilinmadi. Lekin uning g’oyalaridagi subyektivizm asosiy ilmiy asarlarida aniq o’z o’rnini topgan edi. Masalan, iste’mol, talab, foydalilik haqida o’z holicha tushunchalar berish bilan birga U.Jevons tovarlar narxi uning me’yoriy foydaliligi bilan funksional bog’liqdir deb ko’rsatadi.

Shuningdek olim klassiklarning raqobat haqidagi fikrlarini qo’llab, sotuvchi va oluvchi o’zaro muloqatda bo’lib U. Jevons kerakli ma’lumotni bir-biridan olishi mumkin deb ko’rsatadi. Natijada u quyidagi qisqacha xulosalar keltirib chiqaradi: bozordagi sotuvchilar (subyektlar) insonlar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan tovarlarni muhayo qilib, ularning iste’mollarini to’laroq qondiradilar. Shu fikri bilan U. Jevons dastlabkilardan bo’lib me’yoriy tahlilni maydonga tashlayda va marjinalizm asoschilaridan biriga aylandi.


Leon Valras (1834-1910)
marjinalizmning Lozanna (Shveysariya) deb ataluvchi maktabi asoschisi hisoblanadi. Unga keyinchalik Pareto, Italiyadan Borone, shvesiyalik Kassel, amerikalik Leontyev va boshqalar qo’shildi.

L.Valrasning «Sof iqtisodiy fan elementlari» (1874) asari iqtisodiyot bilimlari olamida matematikaning shaxdam qadamlariga asos soldi. Shu sababli u matematik maktabning davomchisi hamdir. Har qanday iqtisodiy tahlilni matematik izohlashga intilish bu maktab va uning izdoshlarining xarakterli xususiyati hisoblanadi.


Valrasning fikricha, har qanday iqtisodiy nazariyani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq isbotlash mumkin. Uning o’zi matematikani yaxshi bilgan va Kurnoni o’zining ustozi deb hisoblagan holda undan ilhomlangan. Keyinchalik «eng yuqori foydalilik» (naf) deb atalgan tushunchani L.Valras «noyoblik» (rarete) deb izohlaydi. Buni u miqdor iste’molning kamayuvchi funksiyasidir deb ifodalaydi (ya’ni biror noz-ne’matning iste’mol soni oshishi bilan uning noyoblik miqdorining ko’rsatkichi tobora pasayadi).
L.Valras shuni aniqladiki, eng yuqori foydalilik - bu iste’molchi tomonidan (mazkur daromad doirasida) sarflanayotgan mablag’larning so’nggi porsiyalari (ulushi) uning uchun iste’mol qilinayotgan barcha noz- ne’matlardan bir xil qoniqish hosil qilishidir. Shu bilan birga iste’molchi
Download 285.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling