«ittifoq kubogi-2023»


III. Savol-javob jarayoni


Download 1.24 Mb.
bet2/5
Sana20.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1215293
1   2   3   4   5
Bog'liq
«Zakovat» nizomi (2) (4)

III. Savol-javob jarayoni


3.1. Jamoalarga har turda 12 ta savol beriladi .
3.2. Savollar o‘zbek tilida, mantiqiy mazmunga ega, “Nima? Qayerda? Qachon?” o‘yinlarining xalqaro standartlariga javob beradigan ko‘rinishda bo‘ladi. Savollar orasidan turli fanlarga oid mantiqiy savollar ham o‘rin egallaydi.
3.3. Jamoalarga bir paytda bir xil savol beriladi, jamoalar o‘z javoblarini maxsus javob blankalariga yozib berishlari lozim bo‘ladi. Maxsus javob blankining yuqori qismida albatta jamoa nomi, tur va savol raqami ko‘rsatilishi kerak. Ushbu ma'lumotlar hamda jamoaning javob varianti maxsus javob blankning bir tomonida bo‘lishi kerak.
3.4. Har bir savolni o‘ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Boshlovchi 50 soniya bo‘lganda vaqt tugashiga 10 soniya qolgani haqida ogohlantiradi.
3.5. 1 daqiqa vaqt tugagach, jamoalar o‘z javoblarini maxsus javob blanklariga yozishlari uchun yana qo‘shimcha 10 soniya beriladi. Bunda boshlovchi 10 dan 1 gacha ovoz chiqarib sanaydi.
3.6. Jamoalar savol berilib, “vaqt ketdi” ishorasi bildirilgan so‘ng jami 1 daqiqayu 10 soniya ichida javob variantlarini yozib, maxsus javob blankni baland ko‘targan holda turishlari lozim.
3.7. Jamoalarning javob variantlari oldindan maxsus tayinlangan sekundantlar tomonidan yig‘ib olinadi va hisob-komissiyasiga topshiriladi. Javob blanklarini jamoa a'zolari tomonidan mustaqil olib kelinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3.8. O‘z vaqtida javob blankini ko‘tarishga ulgurmagan jamoaning javobi qabul qilinmaydi. Bunda jamoaning javobi garchi to‘g‘ri bo‘lsa ham, ochko berilmaydi. Kechikkan jamoaning javob blankiga kechikkanligi to‘g‘risida maxsus belgi qo‘yiladi.
3.9. Javob varianti tushunarli husnihat bilan yozilgan bo‘lishi va aniq javobni ko‘zlashi lozim. Mantiqiy tugallanmagan javob varianti qabul qilinmaydi.
3.10. Javob blankida faqat 1 ta javob varianti aks etishi lozim. Ikki yoki undan ortiq variant yozilgan javob variantlari, garchi ulardan biri to‘g‘ri bo‘lsa ham, qabul qilinmaydi va jamoaga ochko berilmaydi.
3.11. Ustiga chizilgan, ustidan bo‘yalgan yoki qavsga olingan javob variantlari hisobga olinmaydi. Masalan, savolning to‘g‘ri javobi “Qulf va kalit” deylik. Bunday vaziyatda jamoa javob blankiga “qulf” so‘zini yozdi va qavs ichida “(kalit)” deya qo‘shib qo‘ydi. Bunday holatda jamoaning javobi aniq javob sifatida qabul qilinmaydi va ochko berilmaydi.
3.12. Jamoalar turnir davomida qo‘shimcha manbalardan (telefon, planshet, shpargalka va h.k.) foydalanishi taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday holat aniqlangan taqdirda jamoa a'zolari to‘liq tarkibi bilan turnirdan chetlatiladi va ularning barcha ochkolari bekor qilinadi.
3.13. Jamoa a'zolari savollarga javob izlash jarayonida ularga chetda turgan tomoshabinlar yoki boshqa shaxslar tomonidan javob variantlarini aytish qat'iyan taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday holat aniqlangan taqdirda javob variantini aytishga uringan tomoshabin turnir o‘tayotgan bino hududidan chiqarib yuboriladi, javob varianti aytilgan jamoaning esa ushbu savol uchun bergan javobi qabul qilinmaydi.
3.14. Savol-javoblar o‘ynalayotgan jarayonda jamoa a'zolarining o‘rnidan turishi, joy almashishi, boshqa jamoa vakillari yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishi, baland ovozda, boshqalarga xalaqit beradigan darajada shovqin qilishi va o‘yin jarayoniga oid bo‘lmagan boshqa xatti-harakatlar qilishi taqiqlanadi, favqulodda holatlar bundan mustasno. Bunday holat aniqlangan taqdirda jamoaga ogohlantirish berilishi yoki 1 ochkodan 3 ochkogacha jarima ochkosi ushlab qolinishi mumkin. Agar ogohlantirish va jarima ochkolaridan keyin ham ushbu holat takrorlanaversa, jamoa turnirdan chetlatiladi va ularning barcha ochkolari bekor qilinadi.



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling