«ittifoq kubogi-2023»


VI. G‘oliblarni taqdirlash


Download 1.24 Mb.
bet4/5
Sana20.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1215293
1   2   3   4   5
Bog'liq
«Zakovat» nizomi (2) (4)

VI. G‘oliblarni taqdirlash
6.1. Intellektual turnir yakunida ishtirok etgan barcha jamoalarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
6.2. Har bir turda g‘olib bo‘lgan jamoalarga diplom va estalik sovg’alari topshiriladi.
6.3. Har bir davra g’olibligini qo‘lga kiritgan jamoa a'zolari diplomlar bilan taqdirlanadi.
6.4. Har bir davrada ikkinchi va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar diplomlar bilan taqdirlanadi.
6.5. Final bosqichida chempion bo‘lgan jamoaga maxsus kubok topshiriladi.


VII. Tashkiliy guruh va hisob-komissiyasi.
7.1. Turnirni saviyali o‘tkazish maqsadida tashkiliy guruh shakllantiriladi.
7.2. Tashkiliy guruhga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- turnirni sifatli savollar bilan ta'minlash;
- savollarning maxfiyligini kafolatlash;
- turnirdagi fors-major holatlarini odilona qaror qabul qilish;
- turnir nizomiga bo‘ysunmagan jamoalarni qoida bo‘yicha jazolash huquqiga
ega bo‘ladi.
7.3. Turnirda jamoalar tomonidan berilgan javob variantlarini hisoblash maqsadida hisob-komissiyasi tashkil etiladi.
7.4. Hisob-komissiyasi jamoa tomonidan berilgan javob variantini aniq javobga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini mustaqil baholab, jamoaga ochko berish masalasini hal qiladi va turnir natijalari hisobini olib boradi.
7.5. Hisob-komissiyasining qarori apellyatsiya natijasida o‘zgartirilishi mumkin.


VIII. Yakuniy qoidalar.
8.1. Turnir davomida mazkur Nizomda nazarda tutilmagan holatlar yuz bersa, bunday holatlar tashkiliy guruh tomonidan ijtimoiy adolat nuqtayi nazaridan hal etiladi.
8.2. Mazkur Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bu haqida turnir boshlangunga qadar barcha jamoalar ogohlantirilishi kerak.
IX. Zakovat jamoasi
Zakovat intellektual klubi rahbari: M.J.Mirzayev
Turnir bosh hakami: Z.U.Berdinazarov
Hisob-komissiyasi raisi: Sh.Abdullayev

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling